Shifokor kelguncha shoshilinch yordam
1. Bemorni ortiqcha sovib ketishdan asrash, issiq kiyintirish.
2. Oyoqlariga xantalmali issiq vanna qilish.
3. Iliq ichimlik berish.
Xalq tabobati vositalari yaxshi ta’sir ko’rsatadi: pishgan kartoshkali idish tepasida bug’ bilan nafas olinadi.
Uy ingalyatsiyasi: evkalipt barglarini maydalab (1 choy koshik), qaynoq suv bilan damlanadi, qalin qog’ozdan voronka yasab, damlama solingan idish keng uchi bilan yopiladi va tor uchi bilan 10— 15 daqiqa mobaynida bug’ bilan nafas olinadi.
Fitonsid xususiyatlarga ega o’simliklarni ishlatish (piyoz, sarimsokpiyoz): 10 ta piyoz va sarimsoq piyozni mayda to’g’rab, sutda yumshaguncha pishiriladi, so’ngra ozgina yalpiz sharbati va asal qo’shiladi; kun mobaynida har soatda 1 osh qoshiqdan ichiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |