Quruq yo’talni yumshatuvchi vosita: 1 osh qoshiq shakarni olib, shakar to’q jigarrang tusga kirguncha olov ustida ushlab turiladi va issiq sut solingan idishga qo’shiladi, hosil bo’lgan massani to’liq so’rilguncha og’izda ushlab turiladi.
Asalli terapiya: sabzi sharbati asal bilan yaxshilab aralashtiriladi (1:1), kuniga 2—3 mahal 1— 2 osh qoshiqdan ichiladi.
Balg’am yaxshi ko’chmaganda: 1 osh qoshiq qora andiz ildizi 1 stakan qaynoq suvga qo’shiladi, 30 daqiqa qaynatiladi, suzgichdan o’tkazilib, kuniga 2—3 mahal 1х4 stakandan ichiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |