Muolaja. Burun shilliq qavatini moylash
Maqsad: po’stloqlarni yumshatish, shilliq qavatni namlash, shilliq qavatni qurib qolishdan himoyaqilish.
Tayyorgarlik: bemorga muolajaning mohiyatini tushuntiring.
Jihozlar: tayoqchalarda paxtali sharchalar, dorivor moddalar, salfetka.
Bemorning holati: o’tirib yoki yotib.
Bajarilishi:
1. Qo’lingizni yuving.
2. Paxta shariklarini (taralgan paxta bo’lagi) chap qo’lning ko’rsatkich barmog’i do’mboqchasiga joylashtiring; uning ustiga qattiq sterjenni (qirqmali zond, o’ymali yog’och tayoqcha) qo’yib, soat millari bo’yicha aylantiring. Paxtani o’ragan vaqtda u sterjenda mustahkam turishini va surtish vaqtida burunning orqa bo’limlarida qolib ketmasligini kuzating, chunki bu holat paxtaning traxeya va bronxlarga tushishiga olib kelishi mumkin.
3. Paxtali sharchani dorivor eritma bilan ho’llang va to’qimalarni shikastlamaslik uchun o’rtacha chuqurlikka kiritib, burun yo’llarining shilliq qavatini arting, kerak bo’lsa muolajani takrorlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |