Yuqumli kasalliklar avj olgan davrda tashxis qo'yish unchalik murakkab emas. Bu davrda xar bir kasalligining o'ziga xos bo'lgak klinik alomatlari yaqqol ifodalangan bo'ladi. Eslatib o'tilganidek, yuqumli kasalliklarga qarshi kurashishining asosiy tamoyillaridan biri-kasallikni erta aniqlash va tarqalib ketishiga yo'l qo'ymaslik. Bu ancha murakkab ish va ko'p jixatdan mutaxassisining tajribasi xamda malakasiga bog'liq. Yuqumli kasallikni aniqlashda boshqa soxalarda foydalaniladigan anyanaviy usullar bilan bir qatorda ba'zi maxsus usullardan xam foydalaniladi.
Anamnez. Albatta bemorning xayot anamnezi bilan bir qatorda ushbu kasallik anamnezi xam surushtiriladi. Imkon boricha, kasallik qachon va qanday alomatlar bilan boshlanganligi aniqlanadi. Keyingi kunlarda ularga qanday alomatlar qo'shilgani, dastlabki alomatlar qaysi yo'sinda rivojlangani so'raladi. Bemorning o'zi tibbiyot xodimi uchun anamnezda nimalar e'tiborga loyiq ekanini bilmasligi mumkin. Shu sababli savollar orqali undan kerakli ma'lumotni olish zarur. Jumladan, tana xarorati ko'tarilgani, necha darajaga borgani, kunining qaysi davrada qo'proq namoyon bo'lganini bilish axamiyatli. Bosh og'rishi, uyqu bo'zilishi faqat umumiy alomatlar bo'lmay, ayrim yuqumli kasalliklargagina xos bo'ladi. Xatto boshning qaysi joyi og'riyotganini bilish xam axamiyatga ega. Tanada toshmalar paydo bo'lishi, ularning ko'rinishi, qaysi tartibda toshgani, qancha muddat saqlanib turgani kabi ma'lumotlar ham kasallikning asl moxiyatini aniqlashga yordam beradi. Ichak infeksiiyalariga tashxis qo'yishda qorindagi og'riq, uning qaysi joyda ko'proq sezilayotgani, ko'ngil aynishi, ko'sish, ich buzilishi, bu alomatlarning takrorlanishi kabi ma'lumotlar tashxis qo'yishni osonlashtiradi.
Bemorning kasallik anamneziga yig'ganda, unda turli narsalar va dori- darmonlarga nisbatan o'ta sezuvchanlik (allergiya) holati bor-yo'qligini bilish xam zarur.
Yuqumli kasallik bilan og'rigan bemordan anamiyez yig'ishda kasallikning qaysi yo'l bilan yuqib qolgani ham surishtiriladi. Uni epidanamnezni yig'ish deyiladi. Bu maqsadda bemor yuqumli kasalligi bor odam bilan muloqotda bo'lganligini, u qachon ro'y berganini aniqlash muximdir. Ayniqsa, oila a'zolaridan birortasi shunday xastalik oldinroq boshlangan bo'lsa, uning atrofidagi oila a'zolariga kasallik yuqish extimoli yuqori bo'ladi. Bemorning turmushda yoki kasb sohasiga ko'ra kasal xayvonlar bilan muloqotda bo'lishi esa zoonoz kasalliklarga e'tiborni qaratadi.
Epidanamnezi yig'ishda bemorning kasallik yuqishi mumkin bo'lgan joylarga borib qaytganini bilish ham zarur. U yerda qachon va qancha muddat turganini aniqlash, o'sha yerdan biror yuqumli kasalligini ortirib kelganini gumon qilishga asos bo'ladi. Parenteral muolajalar vositasida yuqadigan kasalliklar (virusli V, S va D gepatitlar) ni aniqlashda ilgari turli inyeksiyalar jarroxlik operatsiyalar, qon quyish tishni davolash, akusher-ginekolog tekshiruvi kabi tadbirlar bo'lganini surishtirish zarur. Bemorning xayot tarzi, kasbni aniqlash ham tashxis qo'yishga yordam beradi.
Bemor ilgari boshidan kechirgan yuqumli kasalliklarni hamda qanday emlashlar olganini aniqlash xam, epidanamnez tarkibiga kiradi.
Yuqumli kasallik anamnezini yig'ayogganda gumon qilinayotgan xastalikning yashirin (inkubatsion) davrini xam esda tutish lozim.
Anamnezdan so'ng bemorni ko'rilayotgan vaqitdagi shikoyatlarga e'tibor beriladi.
Bemorni bevosita o'zdan kechirganda avvalo uning ruxly holatiga e'tibor beriladi. Bemor betoqat yoki aksincha atrofdagalarga befarq bo'lishi, shok yoki xushsiz (koma) holatda bo'lishi mumkin. Ba'zan ayrim mushaklarda tutash tirishish kuzatiladi (masalan, qoqsholda). Bosh orqaga tortib ketish hollari ham bo'ladi. Odatda shu alomatlarga tayanib, bemorning umumiy axvoliga baho beriladi. U qoniqarli, o'rta og'irlikda, og'ir va g'oyat og'ir bo'lishi mumkin.
Bemorni obyektiv ko'zdan kechirish e'tibor bilan amalga oshirilsq, kasallik tashxisini aniq qo'yishga yordam beradigan anchagina alomatlarni topish mumkin. Teri va ko'rinib turadigan shilliq qavatlarda ayrim kasallikka xos bo'lgan belgilar ko'rinadi. Ko'p yuqumli kasalliklarda intoksikatsiya ta'sirida teri oqaradi (ayniqsa tif-paratif kasalliklarida, difteriyada). Gripp, qizamiq kasalliklarida esa aksincha teri va shilliq qavatlarda giperemiya ro'y beradi. Tanada ko'p miqdorda suv va tuz yo'qotilganida esa teri
tarangliga pasayib, u bujmayib yoki burishib qoladi. Bu holat vabo va boshqa o'tkir diareya kasalliklarida kuzatiladi. Uzoq davom etgan yuqumli kasallikda bemor ozadi. Bu holat ham terini ko'zdan kechirganda aniq ko'rinadi. Asosan jigar xastalanishi bilan kechadigan yuqumli kasalliklarda teri va ko'zga ko'rinadigan shilliq qavatlar sarg'ayadi.
Gemorragik isitmalarda esa teri, ko'z va ko'rinadigan shilliq qavatlarida qon quyilishlar — gematomalar bo'ladi.
Ba'zi yuqumli kasalliklarda terida turli toshmalar paydo bo'ladi. Ular ekzantemalar deb umumiy nom bilan yuritiladi. Ichki a'zolar, yoki shillik qavatlardagi toshmalar enantema deb ataladi. Ekzantemalar quyidagi ko'rinishlarda namoyon bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |