YUQUMLI KASALLIKLAR
SHIFOXONASINING TUZILISHI VA ISH TARTIBI
Yuqumli kasallik bilan og'rigan bemorlarni, sog'lom odamlardan aloxidalash maqsadida, ko'p xollarda maxsus shifoxonaga yotqiziladi. Bemorni shifoxonaga yotqizish masalasi epidemiologik vaziyat nuqtai nazaridan xamda klinik nuqtai nazardan amalga oshiriladi.
Bemorning uy sharoiti kasallikning atrofdagalarga tarqalib ketishi uchun qulay bo'lsa yoki o'zi oziq-ovqat, bolalar muassasalari va vodoprovod inshootlarida ishlasa, atrofda ushbu kasallik bilan ilgari og'rimagan bolalar bor bo'lganida, kasallikning har qanday turida ham bemor albatta shifoxonaga yuborib davolanadi. Bu epidemiologik vaziyatni inobatga olib bemorni aloxidalash xisoblanadi.
Boshqa hollarda bemorning yashash sharoiti, sanitariya madaniyati darajasi sanitariya-gigiyena talablariga monand bo'lsa, faqat kasallik og'ir kechgan, uyda davolash nmkoniyatm bo'lmagan hollardagana bemor shifoxonaga jo'natiladi (gripp, qizamiq, tepki va x.k.). O'ta xavfli kasalliklar, ich terlamasi va toimali tif, difteriya, meningit, virusli gepatitlarda, kasallik qanday og'irliqla kechishidan qatyiy nazar, bemor shifoxonaga yotqizilib davolanadi.
Respublikamizdagi yuqumli kasaliiklar shifoxonalari 2 turli: maxsus yuqumli kasalliklar shifoxokasn va umumiy (somatik) shifoxonalarining yuqumli kasalliklar bo'g'imi. Yirik shaxar va tumanlarda yuqumli kasalliklar shifoxonalari mavjud. Kichikroq shaxar va tumanlarda, odatda, tuman (shaxar) markaziy shifoxonasining yuqumli kasalliklar bo'limi bo'ladi. Unisi ham bunisi xam maxsus loyiha asosida qurilgai bino bo'lishi yoki moslashtirilgan binoda joylashishidan qatyiy nazar, yuqumli shifoxonalarda bemorni aloxidalash, davolash ishini talab darajasida amalga oshirishga imkon beradigan va kasalxona ichi (noeokomial, gospital) infeksiyalari tarqalishiga yo'l qo'ymaydigan sharoit mavjud bo'lishi kerak.
Har bir yuqumli kasalliklar shifoxonasida aloxida qabulxona, davolash bo'limlari, yordamchi bo'limlar va xo'jalik qismlari bo'ladi. Uning xamma tomoni devor bilan o'ralgan, eshiklari yopiq turishi kerak. Qabulxona bo'limida xar bir kasallik guruxiga qarab aloxida qabul xonalari bo'liish kerak. Bu bo'limda, shuningdek, bemordan tashxis maqsadida taxlil olish uchun xonalar va yuvintirish bo'limi bo'lishi lozim. Yuvintirish bo'limi yechinish, yuvish va kiyinish xonalaridan iborat bo'ladi. Maxsus loyixa asosida qurilgan shifoxonalarda bemor maxsus bo'limda qabul qilinadi. Boks mustaqil kiriladigan va tashqariga chiqiladigan eshiklarga, ular orasida bemorni ko'zdan kechirish xonasiga ega bo'ladi. Har bir boks yoki xona aloxvda bir hil kasallikni qabul qilish uchun ajratiladi. Shu yo'l bilan kasallik bir bemordan boshqasiga tarqalishining oldi olinadi.
Yuqumli kasallik bilan og'rigan yoki unga shubxa qilingan bemor, tibbiy yordam uchun murojaat etganida, kasalligi aniqlangandan so'ng, uni shifoxonaga olib ketish uchun tez yordamning maxsus qismi yuqumli kasalliklar tashishga moslashgan epidperevozkaga telefon orqali talabnoma beriladi. Shuningdek, 58 e shaklli (ilova berilgan) yuqumli kasallik haqida shoshilinch xabarnoma to'ldirilib, tuman SENM iga jo'natiladi.
Epidiyerevozka transporti bemorni shifoxonaga keltirilganida xar bir kasallikning o'zi uchun ajratilgan xonaga olib kiriladi. Bir mashinada bir necha xil kasallik bilan og'rigan bemorlarni tashish taqiqlanadi. Epidperevozka xaydovchi, evakuator (feldsher) va kichik tibbiyot xodamidan tashkil topadi. Shifoxonaga keltirilgan bemor qoldirilishi aniq bo'lganidan so'ng, uni olib kelgan transport gadropul't yordamida 3% li xlorlik yoki lizol eritmasi bilan zararsizlantiriladi. Shundan keyingina qabulxona xamshirasi mashina raqami ko'rsatilgan ruxsatnoma qog'ozini to'lg'azib beradi. Bu ruxsatnomani oshfoxona eshigidan chiqib ketayotganda qorovulga ko'rsatiladi.
Ayrim xollarda tez yordam mashinasi bo'linmasi xonadonda bemorni ko'rgach, yuqumli kasallik tashxisi qo'ysa o'z transportida bemorni shifoxonaga eltib qo'yishi mumkin. Lekin, albatta 58 e shakli to'lg'aziladi va bemorni shifoxonaga topshirgandan so'ng transport dezinfeksiya qilinadi.
Qabulxona bo'limida xamshira bemorning isitmasini o'lchaydi, unga «kasallik bayoni» ning pasport qismini to'ldiradi va ichki qismida qabul qilinayotgan vaqtdagi bemorning tana xaroratini yozib qo'yadi. Har bir qabul qilingan bemorga «yuqumli kasalxonaga yotqizilgan bemor xaqida xabarnoma» (ilova berilgan)ni to'ldiradi. 24 soat mobaynida yig'ilgan xabarnomalar kelasi kuni ertalab maxsus darakchi xodim orqali tuman SENM lariga yetkaziladi.
Shifoxonaga bir vaqtning o'zida bir kasallik bilan og'rigan yoki ovqatdan zaxarlangan bir gurux odamlar yotqizilsa, xamshira tuman SENM iga bu xaqida darhol telefon orqali xabar beradi. So'ngra xar bir bemorga xabarnoma to'ldiriladi. Qabul qilinayotgan bemorlar to'g'risidagi ma'lumot, shuningdek, qabulxonaning daftariga yozib boriladi (daftardagi ma'lumotlar shakli ilovada keltirilgan). Daftardagi tartib soni ushbu bemor uchun to'ldirilgan "kasallik bayoni" raqami bilan bir xil bo'lishi kerak.
Qabulxonada shifokor bemorni ko'zdan kechirib bo'lgach, bemor yuvinish bo'limiga o'tkaziladi. Yechinish xonasida bemor tirnog'i olinadi, egnidagi kiyimlarini yechib, yuvinish xonasiga kiradi. Bu vaqtda u yerdagi kichik tibbiy xodim bemorning kiyimlari ro'yxatini yozib, aloxida xaltachaga joylaydi va dezinfeksiyaga jo'natish uchun hozirlab qo'yadi. Yuvinish xonasida bemor boshdan oyoqqacha sovunlab yuvinadi. Bu xonada xar bir infeksiya turiga qarab alohida vannalar ajratiladi. Bemor yuvinib bo'lganidan so'ng okava suv avval zararsizlantiriladi, keyin chiqarib yuboriladi. So'ngra vanna qaynoq suv bilan yuviladi. Bemor artinganidan so'ng kiyinish xonasiga o'tib, toza kasalxona kiyimini kiyadi. So'ngra uni boshqa eshikdan olib chiqib, kasallik turiga qarab aloxida bo'limga olib boriladi. Qabul vaqtida axvoli og'ir bo'lgan bemorlar cho'miltirilmaydi. Ularning qo'l-oyog'i iliq suvda xullangan sochiq bilan artiladi. So'ngra kiyimlarni shifoxona kiyimlari bilan almashtiriladi. Og'ir xolatdagi bemorga tibbiy yordam ko'rsatish qabulxonada boshlanadi shuning uchun qabulxona bo'limida bemorga shoshilinch yordam kursatishga zarur dori-darmonlar zaxirasi bo'lishi kerak. Og'ir xolatdagi bemor bo'limga zambilda xamshira xamroxligida olib boriladi. Qabulxonaga keltirilganda axvoli g'oyat og'ir bo'lgan bemorlar tez ko'rikdan o'tkaziladi va darxol reanimatsiya bo'limiga jo'natiladi. U yerda zudlik bilan zarur tibbiy muolajalar boshlab yuboriladi.
Qabulxona bo'limi qoshida 2-3 ta aloxida boks yoki palata bo'lishi maqsadga muvofiq. Qabul vaqtida tashxisi aniq bo'lmagan yoki bir vaqtning o'zida 2 xil infeksiya (mikstinfeksiya) bilan otrigan bemorlar vaqtincha shunday boks (palata) ga joylashgiriladi.
Yuqumli kasalxoia davolash bo'limlariiing har biri aloxida bitta infeksiyaga muljallangan bulishi kerak. Imkoniyat boricha ular aloxida binoda joylashgani ma'qul. Bo'limlar ko'p qavat binoda joylashsa, har bir qavatda aloxida bo'lim faoliyat ko'rsatishi mumkin. Zamonaviy loyixa asosida qurilgan bo'limdagi palatalarda o'rinlar soni 1-2 tadan oshmasligi lozim. Har bir bemor uchun kamida 7 m2 maydon ajratiladi. Xona xarorati 18°S dan past bo'lmasligi kerak. Bo'limda ishlaydigan tibbiyot xodimlari faqat bir xil kasallik bilan og'rigan bemorlarga xizmat ko'rsatishi lozim. Palatalardan tashqari xar bir bo'limda muolaja, ovqatlanish xonalari, shifokorlar va o'rta tibbiyot odamlari uchui aloxida xonalar, vanna (dush) xonasi, kiyim-kechak xonasi, xojatxona bo'lishi kerak. Bo'lim ishini tashkil etishda, davolash va diagnostika jarayonlaridan tashqari, dezinfeksiya, epidemiyaga qarshi tadbirlarga katta e'tibor teriladi. Bu maqsadda qo'yidagi talablarga qat'iy rioya qilinishi lozim.
1. Har bir palataga kasalligi bir xil, bir vaqtda kasallangan bemorlar yotqiziladi. Tuzalayotgan bemor yoniga yangi kasal bo'lib kelgan bemorni yotqizilmaydi.
2. Bo'limdagi o'rinlar soniga xos xolda har bir bemor uchun yetarli ravishda kamida 2 majmua kiyim-kechak, sochiq, ko'rpa-tushak bo'lishi kerak. U kamida 7 kunda bir marta, ifloslangan bo'lsa o'sha zaxrti almashtirilib turishi talab etiladi.
3. Har bir bemorga suyuq va kuyuq taomlar uchun aloxida idishlar, piyola, qoshiq ajratiladi. Ular foydalanilgandan so'ng ovqat qoldiqlaridan tozalaniladi. So'ngra yog'sizlantirish maqsadida 2% li ichimlik soda eritmasiga solib qo'yiladi. Keyin xloraminning 0.5% li eritmasida 30 minut zararsizlantirilib, qaynoq suv bilan chayiladi. Dezinfeksiyalovchi vositalar bo'lmasa, idish-tovoqlar qaynatiladi. Yuvilgan idish-tovoq sochiq bilan artmasdan quritiladi.
4. Bemor foydalangan yoki ifloslangan yumshoq jixrzlar dezinfeksiyalovchi eritma shimdirilgan qoplarda saqlanadi va kirxonaga topshiriladi. Kirxona ularni yuvish oldidan xlorli oxakning 3% li eritmasiga 30 minut ivitib qo'yiladi, so'ng sovunlab yuviladi.
5. Bo'limda xar kuni 2 marta pol 0.5% li xlorli oxak eritmasi bilan yuviladi, devor, krovatlar bir marta shukday eritma bilan artib chiqiladi. Bemorning uyiga berib yuboriladigan idish-tovoqlar uchun yo'lakda 0,5% li xloramin eritmasi solingan bak qo'yiladi. Dezinfeksiya muddati bir soat. Bemor oldiga oila a'zolari kelishi imkoniyat boricha cheklanadi.
6. Bemor foydalangan tuvaklar najasidan tozalanib, 3% li xlorli oxaq eritmasida bir soat dezinfeksiya qilinadi. So'ngra qaynoq suvda yaxshilab chayilganidan keyin qaytadan foydalanish mumkin bo'ladi.
7. Bo'lim xizmatchilari ish faoliyatida shaxsiy gigiyenaga katta e'tibor berishi lozim. Bemorga qilingan xar qanday muolajadan so'ng qo'lni sovunlab yuvib turish kerak. Ish vaqtida jomakor — oq xalat, qalpoq, shippak kiyib ishlanadi. Nafas infeksiyalari bilan ishlaganda doka niqob tutib olinadi va xar 3 soatda almashtirib turiladi.
Bemor yuqumli kasallik shifoxonasida emas, yuqumli bo'limda yotqizib davolangan xolda xam gigiyenik va epidemiyaga qarshi tadbirlar yuqorida ko'rsatilganidek amalga oshiriladi. Bunday xolda yuqumli bo'lim umumiy ishfoxonaning boshqa bo'limlaridan devor yoki boshqa to'siq bilan ajratilgan bo'lishi shart. Bo'limning o'zi uchun aloxida qabulxonasi va yuvinish xonalari ajratiladi. Bu qislarga xizmat ko'rsatadigan xodimlar xam, foydalaniladigan yumshoq va qattiq jixozlar xam umumiy bo'lishi mumkin emas.
Yuqumli kasalliklar shifoxonasida, albatta, yordamchi bo'limlar xam bo'ladi. Turli laboratoriyalar, rentgen kabinetn, fizioterapiya xonasi, tibbiy statistika bo'limi, murdaxona, kirhona, markazlashgan sterilizatsiyalash bo'limi, sijona va hokazolar shular jumlasidandar.
Yirik yuqumli kasalliklar shifoxonasi tarkibida bakteriologiya, virusologiya, radioimmunologiya, klinik va biokimyoviy laboratoriyalari bo'ladi. Bulardan tashqari, reanimatsiya bo'limi qoshidagi, uzluksiz ishlaydigan zkspress- laboratoriya xam mavjud.
Bo'limlarda ishlatilgan shpritslar sovuq suvda yahishilab chayilgandan so'ng ignasi, porsheni va silindri aloxidalanib, sirdangan idishda 30 minutga dezinfeksiya qilish uchun 0,5% xloramin eritmasiga solib qo'yiladi. So'ngra markazlashgan sterilizatsiyalash bo'limiga yetkaziladi. U yerda aloxida ajratilgan tibbiyot xodimlari maxsus belgilangan tartib bilan shpris va ignalarni yuvib, sterilizatsiya qilishadi va qaytadan bo'limga tarqatishadi. Shpatellar, zond, kateter, rektoskop, tomchilab dori yuborishda ishlatiladigan sistemalar, bog'lovchi materiallardan markazlashgan xolda sterillanadi. Keyingi yillarda yuqumli kasallik shifoxonalarida asosan bir marta foydalaniladigan shpris va sistemalar ishlatilmoqda. Ular juda qulay, qaytadan foydalanish esa mumkin emas. Ikkinchidan, bir martalik anjomlardan foydalanganda virusli gepatitlar va SPID kasalliganing parenteral yo'l bilan tarqalishiga yo'l qo'yilmaydi.
Yuqumli kasallik shifoxonalarida vafot etgan bemorlar murdasi shu yerning o'zidagi murdaxonada yorib ko'rilishi kerak. Patologoanatomik tekshirish jarayonida ham dezinfeksiya amallarini qatyiy bajarish talab etiladi.
Barcha shifoxonalarda bo'lganidek, yuqumli kasalliklar ishfoxonasi xududi xam obodonlashgirilgan, serdaraxt, ko'kalamzor bo'lishi kerak. Hovli xar kuni 2 marta supurib tozalab turiladi. Chiqindilar vaqtida olib ketiladi. Bemorlarning qarindosh-urug'lari, begona kishilar shifoxona xududida yurishlariga ruhsat berilmaydi. Darvozaxona yonida ma'lumot berish xonasi ajratilib, davolanayoggan barcha bemorlar to'g'risidaga ma'lumot har kuni ertalab u yerga yuborib turiladi. Ma'lumotxonada telefon o'rnatilib, u orqali bo'limdagi bemor bilan gaplashish mumkin. Bemordan xolaxvol so'rashga kelganlarning sovg'a salomini bo'limiga eltib berish uchun maxsus xodimlar ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |