1. Gemokultura olish uchun qonni tekshirish. U erta tashxis qo'yish usullaridan hisoblanadi. Amaliyotda, kasallik notipik kechadigai hollarni ham inobatga olib, tana harorati biror sabab bilan bog'liq bo'lmagan holda 3 kundan ortiq yuqori bo'lib tursa, gemokulturaga qon olib tekshiriladi. Bu maqsadda katta yoshdagalarda bilak venasidan 5-10 ml qon olib, steril sharoitda (spirt lampasi alangasi ustida) safroli suyuqlikka yoki Rapoport muhitiga ekiladi. Kasallik mikroblari yaxshi o'sishi uchun qon miqdori bilan ozuqa muhit nisbati 1:10 bo'lishi zarur. Demak, 50 ml safroli sukaushkka solingan idishga 5 ml qon ekiladi. Gemokultura olish uchun qonni tana harorati yuqori bo'lgan davrda, kasallikning qaysi kuni ekanligidan qatyiy nazar, olish mumkin. Qonni gemokulturaga tekshirish uchun kech muddatlarda olinganida, uning miqdori 10-15 ml, hatto undan ortiq bo'lishi lozim. Ekilgan qonni termostatda 37°S haroratda saqlanadi. 4 kundan so'ng dastlabki, 7 kunda esa yakuniy natija olinadi. Qonda ichterlama mikrobi – salmonella tifi topilishi ijobiy natija hisoblanadi. Bunday natija, kasallik qanday klinik ko'rinishda kechishidan qat'iy nazar, ichterlama tashxisini to'la tasdiqlaydi.
To'sh suyagidan punktat olib ekkanda ham tif mikroblarini topish mumkin.
Bemor antibiotik bilan davolansa, qondagi kasallik mikroblarini topish extimoli kamayadi. Shu sababli qonni antibiotik tayin qilinishidan oldin olib tekshirish zarur.
2. Najas va siydikni bakteriologik tekshirish uchun ekish. Kasallikning haftasidan boshlab (ba'zan dastlabki kunlaridan) kasallik mikrobi najas va peshob bilan ajralib chiqa boshlaydi. Odatda siydik sterillangan idishga 50 ml miqdorida olinib, laboratoriyada uning cho'kmasi Ploskirev, Myuller yoki Kaufman muhitlariga ekiladi. Najasni esa 2-3 gr. mikdorida bo'limning o'zida laboratoriya tayyorlab bergan 10 ml li (penitsillin idishda) yuqorida nomi ko'rsatilgan muhitlardan biriga ekiladi. Tekshirish natijasida siydikda ichterlama mikrobi topilsa, ijobiy urinokultura, najasda topilsa — koprokultura deyiladi. Urino- va koprokultura ko'proq kasallikning tuzalish davrida ijobiy natija beradi.
Bemorda kasallik alomatlari tugaganidan keyin ham koprokultura (ba'zan urinokultura ham) olinishi bakteriya tashuvchilik holati shakllanganidan darak beradi. Respublikamiz sharoitida ich terlamadan tuzalgan bemorlarning 3-5 foizida bakteriya tashuvchilik yuzaga kelishi aniqlangan.
3. Safroni bakteriologik tekshirish. U faqat bemor tuzalganidan so'ng, bakteriya tashuvchilik holati bor-yo'qligini qo'shimcha isbotlash maqsadida o'tkaziladi. Tekshirish uchun duodenal zond vositasida 12 bormoq ichakdan safroning A, V va S qismlari sterillangan idishga olinib, laboratoriyada tekshiriladi. Safroda mikrob topilishi bilikultura deb ataladi va bakteriya tashuvchilik mavjudligidan darak beradi.
4. Vidal reaksiyasi. U serologik reaksiya hisoblanadi, ya'ni qonda paydo bo'lgan antitelolarni aniqlashga asoslangan. Antitelolar, odatda, kasallikning 6-7 kunidan paydo bo'ladi. Shunga ko'ra Vidal reaksiyasi uchun qonni ana shu muddatlardan so'ng olinadi va har hafta takrorlab teriladi. Reaksiya ko'yishga O-, N-, Vi-antigenlaridan foydalaniladi. 1:200 nisbatda yoki undan ko'proq suyultirilgan, qon zardobi bilan hosil bo'lgan agglutinatsiya reaksiyasi ijobiy hisoblanadi. Kasallik davomida keyingi haftalarda olib tekshirilgan qon zardobida reaksiya titri ortib boradi. U 1:800,1:1600, hatto 1:3200 natija berishi mumkin. Vidal reaksiyasi uchun bilakdan 2-3 ml qon olinishi yetarlidir. Laboratoriyada uning zardobi ajratib olinib, reaksiya qo'yiladi.
Passiv gemagglutinatsiya reaksiyasi (PGAR). Vidal reaksiyasiga nisbatan sezgirroq hisoblanadi. U kasallikning 3-4 kunlaridan so'ng ijobiy natija bera boshlaydi. Reaksiya qo'yish uchun bemor bormog'idan olingan qon ham yetarli bo'lishi mumkin. PGAR Vi -antigen bilan yuqori titrda natija berishi bakteriya tashuvchilikdan darak beradi.
Lavolash. Ich terlama bilan og'rigan bemorlarni davolash jarayoni puxta tashkil etilishi lozim. Bemorning to'la sog'ayib ketishida faqat dori-darmon emas, shuningdek, parxez va rejimning axamiyati katta. Bemor yotgan xona ozoda va shinam, tez-tez xavosi yangilanib turadigan, 1-2 bemorga mo'ljallangan bo'lishi lozim. Tana xarorati ko'tarilgan butun muddat davomida va me'yorigacha tushganidan so'ng bir xaftagacha; bemor yotib davolanish rejimiga rioya qilishi kerak. Shu muddat tugagach, 2-3 kun bemorga krovatda o'tirishga ruxsat etiladi. So'ngra asta-sekin palatada yura boshlaydi. Ushbu rejimga rioya qilinganida bemorning tuzalishi osonlashadi, asoratlar, ayniqsa, ichakdan qon ketishi va ichak yarasi teshilib ketishi, kasallikni zo'rayishi va qaytalanishining oldi olinadi.
Bemor uzoq vaqt yotishga majbur bo'lganida, uning parvarishiga e'tiborni kuchaytirish kerak. Tez-tez turli suyuqliklar (gazi va shirasi yo'qlaiya) ichirib turiladi. Umumiy qismda bayon qilingan usullarni qo'llab, yotoq, yaralarning oldini olish tadbirlari ko'riladi. Og'iz, burun shilliq qavatlari yuvib turiladi. bilan bemorni yonboshiga yotqizib, orqasi asta silab turiladi. Ich qabziyati kuzatilganida xar kuni tozalovchi xuqna qilinadi. Qorin dam bo'lib, yel to'plansa orqa teshikka gazni xaydovchi naycha kuyiladi. Harorat baland bo'lib, bosh qattiq og'riganda, peshonaga dam-badam (xar 15-20 daqiqa) muz solingan rezina xaltacha qo'yib turiladi. Bemor badani xar kuni ilik suvda ho'llangan sochiq bilan artiladi.
Ichterlama bilan og'rigan bemorlar, antibiotik bilan davolangan bo'lsa, xarorat ma'yoriga tushganidan so'ng 21 kun o'tgach, o'zini yaxshi his qilsa shifoxonadan chiqib ketishiga ruxsat atiladi. Antibiotik olmasdan davolangan bemorlar, umumiy axvoli yaxshilanganidan so'ng, normal haroratning 14-kunidan keyin uyiga ketishlari mumkin.
Bemorning xarorati me'yoriga tushganidan so'ng, shifoxonadan chiqib ketishi oldidan, najas va peshobdan 3 marta (4-5 kun oralatib) sinama olib, kaufman yoki Myuller muxitiga ekiladi. Diagnos gik ekmalardan farqli o'laroq, bu davrda olingan ekmalar nazorat (kontrol) ekmalar deb ataladi. Shuningdek, bemor uyiga ketishiga 4-5 kun qolganida bir marta duodenal zond orqali olingan safro ekmasini xam tekshirib ko'riladi.
Kasallikdan tezroq tuzalish ma'lum parhyezga rioya qilishga ham bog'liq. Bemorga tayin qilinadigan taom oson xazm bo'ladigan, vitaminlarga boy, kaloriyali, yumshoq holda bo'lishi kerak. Bir kun davomida bemor qabul qiladigan taomning kuchi 2500-3000 kaloriyani tashkil qilishi lozim. Ovqatga shilliq qavatlarni qitiqlovchi qalampir, piyoz, sarimsoq piyoz kabi maxsulotlar qo'shilmasliga kerak. Ovqatning o'zi xam issiq yoki sovuq bo'lmasligi, iliq holda iste'mol qilingani ma'qul. Kuniga 4-5 maxal ovqatlantirish maqsadga muvofiqdar.
Taom tayyorlash uchun ishlatiladigan maxsulotlar maydalanib (ezib, kukun qilib), keyin pishirilishi talab etiladi. Go'sht faqat qiyma holida, dumaloqlab (frikadel'ka), guruch aralashtirib (tefteli) qaynatib yoki bug'latib pishiriladi. Eziltirib pishirilgan shirguruch, manniy bo'tqasi, qaynatib ezilgan kartoshka, ilitilgan tuxum parhyezga to'g'ri keladi. Qaynatib pishirilgan baliq uning tuxumi (ikra) tayinlanishi mumkin. Sutli ovqatlardan shirxo'rda, qatiq, suzma (chakka), qaymoq, sariyog' bersa bo'ladi. Yaxna choy, olma, olxo'ri, pomidor sharbatlaridan ichib turishi mumkin. Ayniqsa na'matak damlamasi juda foydali. Bemor kuniga, umumiy xisoblaganda, 1,5-2 litr suyuqlik ichishi lozim. Kasallik avj olgan davrda bemorga yumshoq non o'rniga suvi qochgan yoki qotirilgan non beriladi.
Dori-darmon bilan davolash. Ichterlamani spetsifik davolash maqsadida antibiotiklardan levomitsetin yoki ampitsillin qo'llanadi. Levomitsetin katta yoshdagilarga 0,5 g dan kuniga 4, ba'zan 6 maxal (2-3 g) beriladi. Uni imkoni boricha kasallikning dastlabki kunlaridan qo'llanadi. Ko'rsatilgan dozada levomitsetin bemorning isitmasi ma'yoriga tushguncha va undan so'ng 3 kun davomida beriladi. Normal xaroratning 4-8 kunlari 0,5 g dan kuniga 3 mahal, 9-12 kunlari 0,5 g dan kuniga 2 maxal beriladi va to'xtatiladi. Dori ovqatlanishdan 30 minut oldin ichiriladi.
Levomitsetin ichirilganidan so'ng bemor qayt qilsa yoki ichakda disbakterioz alomatlari kuchayib ketsa, dorini inyeksiya yo'li bilan yuboriladi. Bu maqsadda levomitsetin suksinat qo'llanadi. Uni novokain eritmasida suyultirib, 1 g dan kuniga 2-3 marta muskul orasiga yuboriladi.
Ampitsillin bilan davolaganda uni 1 g dan kuniga 4 marta (4 g) ichiriladi yoki inyeksiya qilinadi. Davolash kursi 14 kun.
Antibiotiklar bilan davolaganda intoksikatsiya alomatlari ertaroq yo'qoladi. Isitma 5-6 kunda tushadi, asoratlar kam uchraydi. Lekin kasallikning zo'rayishi yoki qaytalanishi (retsidiv) va bakteriya tashuvchilik shakllanishi antibiotiklar bilan davolashga xar doim xam bog'liq emas.
Shuning uchun kasallik tashxisi aniq bo'lsa xam, yengilroq kechgan xollarda antibiotik qullash shart emas. Ba'zi olimlarning fikricha antabiotik olmasdan, simptomatik davollangan bemorlarda kasallikdan so'ng xosil bo'ladigan immunitet kuchliroq xisoblanadi.
Organizmning ximoya kuchlarini oshirish va kasallikdan so'ng yuzaga kelishi mumkin bo'lgan bakteriya tashuvchilik xollarini kamaytirish maqsadida antibiotiklarga qo'shimcha ravishda vaksina xam yuborish mumkin. Bu maqsadda ko'proq divaksina qo'llanadi. U ichterlama va B paratifi vaksinalari aralashmasidan iborat. Vaksina yelka sohasida teri ostiga 0,1 ml dozada kasallik avj olgan davrida yuborish bilan boshlanadi. Kun oralatib uning dozasi 0,1 ml dan oshirib boriladi. Jami 6-8 marta yuboriladi.
Ichterlamani davolashda vitamin preparatlaridan askorbin kislotasi, "V" guruxiga mansub vitaminlar va rutin keng ko'llaniladi.
Intoksikatsiyani kamaytirish maqsadida vena tomiriga tomchilab gemodez, poliglyukin, glukozaning 5% li eritmasi, Ringer eritmasi (jami kuniga 1-1,5 litr) yuboriladi. 10% li albumin, muzlatilgan qon zardobidan kuniga 100 ml dan quyib turish bemor quvvatini tez tiklashga yordam beradi.
Yuraq va qon tomirlari faoliyatini yahshilash uchun vena tomiriga 20-40% glukoza eritmasidan 20 ml (yaxshisi, 5-10 ml 5% li askorbin kislotasi qushib) yuboriladi. Kordiamin, kofein, sulfokamfokain kabi preparatlar ham shu maqsadda qo'llanadi.
Uyqusizlikda uxlatuvchi dorilar tavsiya etiladi. Ichakdan qon ketganida bemor qimirlamay yotishi kerak, 12-24 soat davomida unga ovqat berilmaydi. Qorin ustiga muz solingan xaltacha qo'yiladi (u og'ir bo'lmasligi kerak). Qon ketishini tuxtatish maqsadida aminokapron kislotasiniig 5% li eritmasidan 10 ml vena tomiriga yuboridadi. Vikasol (vitamin K) ning 1% eritmasidan 1-2 ml teri ostiga yuboriladi. Agar bu muolajalar yaxshi naf bermasa yoki qon ko'p ketayotgan bo'lsa, gemostatik dozada (100-125) ml qon quyiladi. Imkoni boricha, donorning qon guruhi bemorniki bilan bir hil va qon yangi tayyorlangan bo'lishi zarur. Oradan 1-1,5 kun o'tgach bemorga oz-ozdan, iliq holda ovqat yeyishga ruxsat etiladi. Suyuqliklar sovuq holda ichiriladi.
Ichak yarasi teshilgan hollarda faqat jarrohlik yo'li bilan davolanadi.
Kasallik zo'raygan yoki qaytalagan hollarda davolash muolajalari ichterlamaning o'tkir davrida olib boriladigan davolashdan farq qilmaydi.
Profilaktikasi. Ichterlamaning oldini olishda kasallikni erta aniqlash muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda 3 kundan ortiq isitmalangan bemorlardan ambulatoriya sharoitida qon olib gemokulturaga tekshirib ko'riladi. Kasallik qanday og'irlikda kechishidan qat'iy nazar, barcha bemorlar shifoxonaga yotqizib davolanadi. Bemorning uyida yakunlovchi dezinfeksiya o'tkaziladi. Bemor foydalangan ko'rpa-to'shak, kiyim-kechaklari dezokamerada zararsizlantiriladi. Idish-tovoqlar qaynatiladi. Hojatxonaga xlorli oxak yoki lizol eritmasi sepiladi.
Kasallik o'chog'ida yana qo'yidaga tadbirlar amalga oshiriladi.
1. Bemor bilan muloqotda bo'lganlar ro'yxati tuzilib, 21 kun davomida ertalab va kechqurun ularnint isitmasi o'lchab turiladi.
2. Isitasi ko'tarilgan bemorlar extiyotdan (provizor maqsadda) shifoxonaga yuborilib shifokor kuzatuvida bo'ladilar.
3. Bemor bilan muloqotda bo'lganlardan 2 marta najas ekmasi olib, laboratoriyada koprokultura olish uchun tekshiriladi.
4. Biror joyda kasallik avj olishi ro'y bersa, tibbiyot xodimlari xavlima-xovli yurib, bemorlarni aniqlab shifoxonaga jo'natiladi.
Kasallikning oldini olishda shaxsiy gigiyenaning axamiyati katta. Pokiza odamlarga ich terlamasi kam yuqadi. Ochiq suv havzalaridan olingan suvni faqat qaynatib ichish kerak.
Spetsifik profilaktika maqsadida ichterlama vaksinasi bilan emlash o'tkaziladi. Vaksina kurak terisi ostiga yuboriladi. Ko'p yillar davomida kasallik uchrab turgan xududda yashovchi axoli orasida aprel-may oylarida emlash o'tkaziladi. Ana shunda kasallik keng tarqaladigan muddat (iyun-sentabr oylari) gacha emlangan odamlarda sun'iy immunitet shakllanib bo'ladi.
Ichterlamaning tarqalishida surunkali bakteriya tashuvchilar muxim o'rin tutadi. Shuning uchun ushbu toifa odamlar tumaa SES lari ro'yxatida bo'ladilar va xar 3 oyda laboratoriya tekshirshshdan o'tkazib turiladilar. Uning atrofidagilar xar yili emlab turiladi. Shuningdek, kasallik uchrab turadigan, epidemik jixatdan nosog'lom maxalla, qishloqlarda yoz mavsumi davomida salmonellyoz bakteriofagi vositasida profilaktika olib borivd mumkin. Bakteriofag tabletka yoki suyuq xolda bo'ladi. Tabletka 1 donadan 3 kun oralatib xaftasiga 2 marta butun yoz oylari davomida berib boriladi.
Ro'yxatga olingan surunkali bakteriya tashuvchilar oziq-ovqat umumiy ovqatlanish korxonalari, do'konlari, bolalar muassasalari va vodoprovod inshootlarida ishlashiga ruxsat berilmaydi.
Jamoa profilaktikasida aholining sifatli ichimlik suv bilan ta'minlash katta axamiyatga ega. Axoli vodoprovod suvi bilan to'la ta'minlangan joylarda ichterlama juda kam uchraydi.
Turar joylarning sanitariya xolati yaxshi bo'lishi, maishiy chiqindilar maxsus joylarda to'planib vaqtida olib ketilishi xam, kasallik oldini olishda muxim axamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |