IYERSINIOZLAR
Iyersiniozlar g'uruxiga o'lat (chuma), soxta sil va ichak iyersinioz kasalliklari kiradi.
ICHAK IYERSINIOZI
Ichak iyersiniozi — asosan ichaklar va oshqozoning zararlanishi, intoksikatsiya va allergik o'zgarishlar bilan namoyon bo'luvchi o'tkir yuqumli kasallikdir.
Bizning respublikamizda bu kasallik dastlab 1979, 1980 yillarda (B.D.Matkarimov va b.) aniqlandi.
Etiologiyasi. Ichak iyersiniozning kuzg'atuvchisi —Yersinia entereocolitica kalta tayoqcha shakldagi, grammanfiy mikrob bo'lib, kapsula va sporalar hosil qilmaydi. Uning 1-6 ta xivchinlari bo'lganligi uchun xarakatchandir. Fakultativ aerob, oddiy ozuqa-muhitida yaxshi o'sadi. Uning 5 xil biokimyoviy turi mavjud bo'lib odamlarda kasallikni asosan II. III va IV biovarlari qo'zg'atadi. Iyersinioz qo'zg'atuvchisida ikki hil — "O" va "N" antigenlar mavjud. O-antigeni bo'yicha — 34 serovari ma'lum.
Ichak iyersiniyalari asosan endotoksin, ayrim shtammlari ekzotoksin ham ishlab chiqaradi. Shuni alohida takidlash kerak-ki — soxta sil va iyersiniozning qo'zg'atuvchilari past harorat ta'siriga chidamli bo'lib, -4+8°S (muzlatkich sharoiti) da xatto ko'payish qobiliyatiga egadirlar. Qaynatilganda esa 10 sek nobut bo'ladi. Odatdagi dezinfeksiyalovchi moddalar hamda ko'pchilik antibiotiklar ta'siriga chidamsizdir.
Epidemiologiyasi. Iyersiniozning qo'zgatuvchisi tabiatda keng tarqalgan. Uni tuproqda, suvda va ko'pchilik xayvonlar organizmida topish mumkin. Tabiatda iyersiniozning asosiy manbai mayda kemiruvchi hayvonlar bo'lib, ular tashqi muhitni (tuproq, suv, ozuqalarni) ifloslantirishi tufayli kasallik boshqa turli hayvonlarga va odamlarga tarqaladi. Odamlarga kasallik asosan uy hayvonlari (sigar, qo'y, echki, cho'chqa, ot va itlar) hamda mayda kemiruvchilardan (sichqon, kalamush va b.) orqali yuqadi, odamdan-odamga yuqishi juda kam kuzatiladi.
Kasallik asosan og'iz orqali, termik ishlov berilmaydigan zararlangan sabzavotlar (karam, sabzi, piyoz, ko'katlar), shuningdek, sut, go'sht maxsulotlari, baliq iste'mol kilish orqali sodir bo'ladi.
Kasallik suv vositasida ham yuqishi mumkin.
Kasallanish hamma yoshdagi odamlarda, ko'proq, kichik yoshdagi bolalarda kuzatiladi. U yilning sovuq mavsumida (kuz, qish, bahor ayniqsa, noyabr oyida ko'p uchraydi.
Klinikasi. Yashirin davri 6 soatdan 6 kungacha, o'rtacha 2,4 kun. Kasallikni cheklangan (lokalizatsiyalashgan) va tarqoq (generalizatsiyalashgan) turlari farqlanadi. Ichak iyersiniozi bemorlarning 65-70 % da cheklangan turda kechadi. Bunda asosiy oshqozon, ichak va mezenterial limfa bezlari jarohatlanadi (gasgroenterit, gastroenterokolit, enterokolit, enterit, mezenteriad limfadenit, o'tkir terminal ileit, o'tkir appenditsit). Generalizatsiyalashgan turi — 30-35 % bemorlarda toshmali, bo'g'imli sariqli, meningial, kataral va boshqa klinik ko'rinishlarda kechadi.
Bakteriya tashuvchilik o'tkir va surunkali bo'lishi, shuningdeq zo'riqish va qaytalanishlar kuzatilishi mumkin.
Iyersiniozning cheklangan turi barcha yoshdaga odamlarda uchrasada, ko'proq 10 yoshgacha bo'lgan bolalarda kuzatiladi xastalik ko'pincha to'satdan boshlanadi. Bemorning eti uvishib qaltiraydi, tana harorati 38-390S gacha ko'tariladi, boshi, muskullari, bo'g'imlari qaqshab og'riydi va u o'zini juda behol sezadi. Ushbu belgalar bilan bir vaqtda bemorni qorni og'riydi, ko'ngli aynib, ba'zan qusadi, ichi ketadi, jigari kattalashadi va badaniga toshma toshishi mumkin (6-rash). Ayrim bemorlarda aksirish, yo'tal, tomoq, og'rig'i kuzatiladi. Isitma bir necha soatdan 5-7 kungacha ayrim hollarda 2-3 hafta va undan ortiq davom etishi mumkin. Og'riq doimiy yoki vaqti-vaqti bilan g'ijimlab tutadi, ba'zan juda kuchli — "ichak sanchig'i" shaklida bo'ladi. Ichi suyuq, najasi yopishqoq, qo'lansa hidli bo'lib, bir sutkada 2-3 martadai to 15 martagacha keladi. Ayrim bemorlar najasida shilliq, ba'zan qon ham aralash bo'ladi. Ichak iyersiniozning cheklangan turida isitma, qorin og'rig'i va enterokolit alomatlari yetakchi simptomlar sifatida namoyon bo'ladi. Bulardan tashqari bug'imlarda, mushaklarda og'riq, ko'z sklerasi va konyunktivasi qon tomirlarining burtishi, yumshoq tanglaining qizarishi, tilning "malina" ko'rinishida bo'lishi va badanga toshma toshishi singari. toksik-allergik belgalar ham kuzatilishi mumkin.
Iyersiniozni bu turining davomiyligi 2-15 sutka bo'lib ko'pincha o'rta og'irlikda kechadi va tuzalish bilan yakunlanadi kasallikni kuchli intoksikatsiya va organizmni suvsizlaniish alomatlari bilan kuzatiladigan og'ir turlari kam uchraydi-Periferik qonda leykotsitoz, neytrofilez, ECHT ortishi, ba'zan eozinofiliya kuzatiladi.
Ichak iyersiniozi ayrim bemorlarda o'tkir terminal iyelit (ingichka ichak pastki qismi jarohatlanishi) yoki mezadenit, yoki appenditsit shaklida namoyon bo'ladi.
Kasallikning bu turlarida kuzatiladigan og'ir asoratlaridan biri ichakning teshilishi va qorin pardasining yallig'lanishi (peritonit) dir, Shuning uchun ham bunday bemorlar jarroh va yuqumli kasalliklar shifokori hamkorligidaga kuzatuvda bo'lishlari lozim.
Ichak iyersiniozning generalizatsiyalashgan turi ko'pincha o'tkir oldiniga tananing junjikishi, keyin qizishi, et qaqshashi, bo'g'imlarda va mushaklarda og'riq, bosh og'rig'i bilan boshlanadi, Tana harorati 37-380S gacha ko'tarilib remittik tipda 5-7 kun, og'ir kechganida, uzoqroq davom etada. Bemorning ko'pincha kungli aynib qusadi, ichi suyuq keladi va qorni og'riydi. Ayrim bemorlarning tanasi yoki oyoq-qo'llarining terisida simmetrik joylangan mayda donali yokn mayda dog'li toshmalar bo'lib, ular bir necha soatdan 3-4 kungacha saqlanadi. Ko'zning va tomoqning tarqoq qizariish ham ko'pchilik bemorlarda kuzatiladi. Periferik limfa bezlarn kattalashgan va og'riqli bo'ladi. Tomir urushi beqaror, arterial qon bosimi pasayishga moyil bo'ladi.
Kasallikni generalizatsiyalashgan turida ham barcha bemorlarda oshqozon-ichak tizimi a'zolarining zararlanishi kuzatiladi. Bu o'zgarishlar ishtahaning pasayishi, ko'ngil aynish, qusish, qorin og'rig'i va ich ketishi bilan namoyon bo'ladi. Kasallikning birinchi kunlarida oq karash bilan qoplangan til 5-7 kunlarda tozalanadi va qizarib xuddi "malina" ga o'xshab qoladi. Bemorning qorni biroz kepchigan, ileotsekal sohada og'riq va g'uldarish anniqlanadi. Jigarning jarohatlanishi barcha bemorlarda kuzatiladi. Ayrim bemorlarda taloq ham kattalashadi. Ba'zan bemorlarda seroz meningit alomatlari, ayrim hollarda "infeksion-toksik" buyrak simptomlari kuzatilishi mumkin. Qonda neytrofilli leykotsitoz, ba'zan eozinofiliya, ECHT ortishi kuzatiladi.
Iyersiniozning septik shakli, kasallikning eng og'ir turi bo'lib, ko'pincha qariyalar va go'dak bolalarda uchraydi. Kasallikning bu turi jigarning yiringlashi (abssess) yoki surunkali sepsis holida o'tishi ham mumkin.
Kasallikning 2-3-haftasida ayrim bemorlarda tanada va ko'proq yirik bo'g'imlar atrofida turli hil toshmalar, tugunchali eritema yoki poliartrit, shuningdek, yurak mushagining, buyrak va siydik yo'llarining, ko'zning va boshqa ichki a'zolarning yallig'lanish kuzatiladi. Iyersinioz artriti, meda-ichak sistemasi zararlangach, odatda 2 hafta o'tgadan so'ng boshlanib, bir necha xaftadan to bir necha oygacha davom etishi mumkin. Ayrim hollarda iyersinioz artriti bod kasalligiga, bo'g'im yallig'lanishiga o'xshash va surunkali 01shaklida kechishi mumkin.
30 % hollarda kasallik zo'riqish va qaytalanishlar bilan asoratlanib turadi. Tuzalish davrida ayrim bemorlarda 2-3 -haftalar davomida yuz va tana terisida kepaksimon, oyoq va qo'l kaftlarida esa po'stloqli teri ko'chishi kuzatiladi.
Kasallikni bunday yaqqol ifodalangan shakllari bilan birga, noaniq bilinar-bilinmas belgalar bilan o'tadigan subklinik shakli, shuningdek, sog'lom bakteriya tashib yuruvchilik holatlari ham mushkul ekanliga aniqlangan. Ko'pincha iyersinioz yengil va o'rtacha og'irlikda ketadi va bemorlar sog'ayib ketadilar.
Umuman kasallikni davomiyliga 1,5 oydan oshmaydi. Biroq ayrim xollarda kasallkk cho'zilgan (1,5 oydan 3 oygacha) yoki surunka shaklda (3 oydan ortiq) kechishi mumkin.
Tashxisi. Diagaozni uzil-kesil hal etilishi bakteriologak va serologik tekshirishlar natijasiga asoslanadi.
Bakteriologik tekshirish uchun bemor najasi, kusig'i, qoni, miya suyuqligi, kesib olingan timfatik yoki chuvalchangsimon o'sma bo'lakchalari tegishli ozuqa muhitiga ekiladi. Bunda natija 30-40 kundan so'ng olinadi. Serologik usullardan gemaglyutinatsiya va bilvosita gemaglyutinatsiya reaksiyalaridan foydalaniladi. Bu reaksiyalar "juft zardob" (ya'ni kasallik boshlanishida va uchinchi haftasida olingan qon zardobini tekshirish) usulida qo'llanadi. Barvaqt diagkostika maqsadida O-agregatgemagglutinatsiya reaksiyasi va immunoferment analiz usulidan foydalanishi mumkin.
Davolash. Ichak iyersiniozini davolashda levomitsetin (0.5 g. 1 kun da 4 mahal), tetrasiklin (0.3 g. 1 kunda 4 mahal) va boshqa preparatlar beriladi. Shuningdek. aminoglikozidlar (kanamitsin, gentamitsin, neomitsin), sulfanidamidlardan ko'proq biseptol qo'llanadi. Etiotrop davolash kasalligi lokalizatsiyalashgan turlarida 7-14 kun, generalizatsiyalashgan turlarida 14 kundan ortiq davom etadi.
Etiotrop davolash bilan bir qatorda patogenetik davolash, jumladan dezintoksikatsiyalovchi desensibilizatsiyalovchi va shuningdek, umumiy quvvatlantiruvchi dorilarni ham ko'llash yahshi samara beradi.
Kasallikning ayrim turlarida jarrohlik operatsiyasi o'tkazishga ham to'g'ri keladi.
Profilaktikasi. Iyesriniozga qarshi maxsus spetsifik profilaktika choralari xali ishlab chiqilmagan. Kasallik tarqalishini oldini odishda, sheningdek, ovqatlanish va suv ta'minoti ustidan olib boriladigan sanitariya nazoratini axamiyati kattadir. Xonadon sharoitida muzlatgichda sabzavotlarni tayyor oziq-ovqatlardan aloxida asrash lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |