Pateganezi. Kasallikning qaysi yo'sinda shakllanishi va ketishi bir tomondan shigellalarnnng xususiyatiga borg'iq bo'lsa ikkinchidan bemor organizmining holati va xususiyatlari bilan borliq. Dizenteriyada asosiy patologik o'zgarishlar yo'g'on ichakning ohirgi qismlari sig'masimon va to'g'ri ichakda rivojlanadi. Shu bilan bir qatorda butun me'da-ichak yo'llarida ro'y beradigan o'zgarishlar toksinning ichak nerv-tomir sistemasiga ko'rsatadigan ta'siri bilan bog'liq. Qon tomiri devorlari o'tkazuvchanligining ortishi tufayli, ichak shilliq qavati qizaradi (gaperemiya), shilliq qavati bo'rtib chiqadi. Mahalliy qon aylanishi buzilinsh oqibatida to'qimaning ayrim joylarida nekroz yuz beradi. Uning ustidaga parda tushib ketgach, yara hosil bo'ladi. U 1-2 hafta ichida bitadi. Amalda yaralar paydo bo'lishi kam uchraydi. Ko'p hollarda shilliq qavat yallig'lanishiga xos alomatlar, ba'zan, mayda qon quyilishi -gemorragiyalar uchraydi (5-rasm).
Keyingi yillarda shigellalarning epitliy xujayrasi ichiga kirish qobilyati borligi aniqlandi.
Klinikasi. Dizenteriyaning yashirin davri o'rta hisobda 2-3 kun (1 kundan 7-kungacha) davom etadi. Kasallik to'satdan boshlanadi. Dastlab et uvishib, lohaslik paydo bo'ladi. Ko'p vaqt o'tmay isitma ko'tariladi. U odatda 38-390S dan oshmaydi. Ishtaha yo'qoladi. Oradan 1-2 soat o'tgach qorinda og'riq paydo bo'ladi. Og'riq doimiy bo'lmay, vaqti-vaqti bilam burab og'riydi, keyin biroz kamayadi. Ichbururda og'riq asosan kindikdan pastda, ko'proq, chap yonboshda his etiladi. Shu bilan bir vaqtda yoki biroz kechikib hojat kistaydi.
Ko'pincha dastlab ich suyuq xolda ko'p keladi va patologik aralashmalar bo'lmaydi. Vaqt o'tgan sari xojat istashi tezlashadi najas oz miqdorda, kuchanish bilan keladi. Hojatdan so'ng bemor yengil tortmaydi. Kasallik avjiga chiqqan davrda xojat juda tez qistaydi. Bunda najas massasi g'oyat kamayib ketadi, unga shilliq va qon aralashish, ayrim hollarda xatto yiringli bo'ladi. Ushbu hollatda bemor xalovatini yo'qotadi. Xojatxonadan qaytib ulgurmasadan, qaygadan xojat qistayda. Ba'zan borganida xech narsa kelmaydi. U sohta hojat his qilish deyiladi Shuningdek, ich kelishi g'oyat qiyinchilik bilan sodir bo'ladi. Bemor uzoq vaqt kuchanib o'tiradi. Bu alomat tenezm deyiladi va dizenteriyaga xos xisoblanadi. Og'ir xollarda, ayniqsa go'daklarda kuchanish zo'ridan orqa teshik yiriq bo'lib qoladi.
Kasallikning kaday og'irlikda kechishiga qarab, yengil turlarida kuniga 5-8-10 marta ich surishi kuzatilsa, og'ir hollarda 25-30 marta va undan ortiq bo'lishi mumkin. Ba'zan bemor xisobdan adashib ham ketadi. Hojatni tuta olmay qolgan hollar ham bo'ladi. Umuman olganda, ichburug' o'rta og'irlikda kechadigan hollar ko'proq qayd etiladi. Bunda ich surishi kuniga 10-15 martaga borada.
Xastalik avj olgan davrda bemorni ko'zdan kechirilganida uning yuzida iztirob alomatlari seziladi. Bemor kupincha yonboshlab, ikkala qulini qorniga qo'ygan holda yotadi. Qorindaga og'riq zo'raygan vaqtda yuzi tirishib ketadi, dodlab yuborgudek bo'ladi. Ko'pincha tana harorati ko'tariladi. Tomir urishi tezlashadi.
Bemorni ko'zdan kechirganda tili biroz qurishgan, karash qoplagan bo'ladi. Yurakda taxikardiya eshitiladi. Bemorning qorni taranglashgan, paypaslab ko'rilganda yo'g'on ichak yo'nalishi bo'yicha og'riq seziladi. Ko'pincha og'riq chap yonbosh sohasi va qovuq ustida kuchli bo'ladi. Chap yonbosh sohasida qorin mushaklari ostida tarang tortilgan sig'masimon ichakni paypaslab ko'rish mumkin. Tekshirish vaqtida u qattiq og'riyda. Qonda ba'zan biroz leykotsitoz, ECHT ortgani kuzatiladi.
Dizenteriyaning avj olish davri ko'pincha 3-4 kundan oshmaydi. So'ngra isitma 1-2 kun ichida me'yoriga keladi. Ich kelishi kamaya boshlab, dastlab suyuq holda bo'ladi. Keyinchalik, najas odatdagi tusda bo'lib, kuniga 1-2 marta keladi. Ich qotishidan 1-2 kun oldin undagi patologik elementlar (qon, shilliq) aralashmasi yo'qoladi. Qornidagi og'riq ham kamayib, ich yaxshilanishi bilan yo'kola boradi.
Bolalar va keksaklarda ichburug' kasalligi ko'pincha og'ir utadi. Intoksikatsiya alomatlari yaqqol ifodalangan bo'ladi. Ich buzilishi davri 10-12 kungacha cho'zilib ketishi mumkin. Sog'ayish ham ancha sekinlik bilan ro'y beradi.
Shiga mikroblari ekzotoksin ishlab chiqarishi tufayli, ular qo'zg'atgan dizenteriya ko'pincha og'ir kechadi. Bunda ichak alomatlaridan ko'ra, umumiy intoksikatsiya kuchli rivojlanadi. Uniig ta'sirida yurak-tomir sistemasi faoliyati sezilarli darajada buziladi. Qon bosimi pasayadi. Ba'zan kollaps ro'y beradi. Intoksikatsiya ta'sirida o'tkir buyrak yetishmovchiligi hollari ham uchrab turadi.
Zonne mikroblari qo'zg'atgan kasallik asosan qisqa qusish boshlanishi bilan ifodalanadi. Deyarli bir vaqtda yoki biroz keyin ich surishi boshlanadi. Najas ko'pincha suvdek suyuq, shilliq va biroz qon aralash bo'ladi. Bemorni ko'zdan kechirganda tananing suvsizlanish alomatlari aniqlanadi. Korinni paypaslab ko'rganda og'riq ikkala yonbosh sohasi va kindik atrofida ham seziladi. Umuman olganda, Zonne shigellalari sababchi bo'lgan ichburug'ni klinik alomatlariga ko'ra ovqat toksikoinfeksiyalaridan farqlash oson emas.
Tashxisi. Ichburug' kasalligiga tashxis qo'yishda kasallikning o'ziga xos gemokolit simptomlari (qon va shilliq aralash ich ketishi) mavjudligi katta ahamiyatga ega. Shuningdek, epidemiologik ma'lumot ham e'tiborga olinadi. Bemor bilan muloqotda bo'lish, ichish uchun oqar suvlardan foydalanish, turar joylarning sanitariya holati yomonligi, pashshalar ko'pligi ichburug' tashxisish qo'yishda muhim o'rin tutadi.
Laboratoriya tashxisi. Dizenteriya tashxisini qo'yishda laboratoriya usullaridan bakteriologik tahlil va najasni koproskopik tekshirish natijalari hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Najasni bakteriologik tekshirish uchun dezinfeksiyadan so'ng yuvib, qaynoq suv bilan chayib tashlangan tuvakdan simli ilgakcha vositasida 2-3 gr. najas olib,Tiga, Ploskirev muhitlariga ekiladi. Yaxshi natija olish uchun shilliq va yiring aralashmasi bir joydan olib ekiladi. Sterillangan tamponni orqa teshik orqali kirg'azib ham tahlil olish mumkin. Tekshirish kasallikning dastlabki kunlarida va antibiotik qo'llashdan oldin tashkil etilsa, ijobiy natija (koprokultura) olish imkoni ortadi.
Dizenteriyada najasni bakteriologik tekshirish xar doim ham ijobiy natija beravermaydi. Shu sababli bakteriologik tekshirish ijobiy natija bermasligi dizenteriya yo'q degan ma'noni bildirmaydi. Kasallikning klinik namoyon bo'lishi o'ziga xos bo'lgan xollarda, najasdagi o'zgarishlar yaqqol aniqlanganda, ichburug' tashxisini bakteriologik tasdiqsiz xam ko'yish mumkin.
Shunga ko'ra dizenteriya dignostikasida koproskopik tahlil muxim axamiyatga ega. Bu tekshirish klinik laboratoriyada amalga oshiriladi. Avvalo, najasni ko'zdan kechirganda uning konsistensiyasi, ko'zga tashlanadigan qon shilliq, yiring aralashmalari bor-yo'qligaga e'tibor beriladi. Surtma tayyorlab mikroskop ostida tekshirilganda ko'rish maydonida 10 tadan ortiq leykotsit va eritrotsitlar bo'lishi dizenteriyada ko'p uchraydi. Bazi xollarda ko'rish maydoni eritrotsit, leykotsit, shilliq bilan to'lib yotgan bo'ladi.
Ilgari ichburug' tashxisini qo'yishda rektoskopiya usuli keng qo'llanar edi. U temirdan yasalgan, uzunligi 25-30 sm li nay vositasida amalga oshiriladi. Rektoskopiyaga tayyorlash uchun bemorga kechqurun va ertalab tozalovchi xuqna qilinadi. Ertalab tekshirishdan o'tguncha bemor ovqatlanmasligi kerak. Rektoskopda tekshirishda bemor stol ustiga ma'lum holatda cho'kkalatib 20-25 sm gacha ichkariga ehtiyotlik bilai yuboriladi. Bunda to'g'ri va sig'masimon ichak shilliq qavatini ko'rish mumkin. Rektoskop ichidagi kichik lampochka shilligq qavatini yoritib turadi. Ichakning ko'rilayotgan joyida shilliq qavatlarning yaltirab turishi, bo'rtganligi, qizarib turishi dizenteriyaga xos hisoblanadi. Ayrim hollarda bunga qo'shimcha ravishda qon talashish (gemorragiya) lar, xatto yaralar borligi aniqlanada.
Keyingi yillarda rektoskopiya kam qo'llanmoqda. Klinik va laboratoriya tekshirishlari dizenteriyaga xos natija berganida rektoskopiyaga hojat dam qolmaydi. Diagnostika uchun qiyin hollarda yoki ichakda xavfli o'smalar borligiga shubxa qilinganida, hozirgi davrda kolonofibroskopiya usullaridan foydalaniladi. Kolonofibroskopni yo'g'on ichakka 1.5-2 sm masofagacha kiritib, uning xamma qismlarini ko'rish mumkin. Bu asbob tolali optika yutuqlari asosida yasalgan bo'lib, egiluvchan plastmassa bilan koplangan. Uning uchidagi ko'rish linzasi vositasida ichakning xoxlagan qismida shilliq qavat holatini o'rganish mumkin. Lozim bo'lgan hollarda, fotoapparat ulab, kerakli joyning rasmi xam olinadi.
Dizenteriyaga tashxis qo'yishda passiv gemagglutinatsiya reaksiyasi (PGAR) qo'yiladi. Buning uchun kasallikning 3-4 kunidan boshlab, bilakdan 1-2 ml qon olib, dazenteriya eritrotsitar diagnostikumi bilan serologik reaksiya qo'yiladi. Reaksiyaning diagnostik titri 1:100. Oradan 4-5 kun o'tkazib tekshirish takrorlansa, reaksiya titri ortib boradi.
Bir vaqtlar dezanteriyaga tashxis qo'yishda allergik sinovidan ham foydalanilar edi. Uni Suverkalov sinovi deyilada. Reaksiya ko'yish uchun bilak terisi orasiga 0.1 ml dizenterin yuborib, 24 soatdan so'ng natijasi ko'riladi. Hozirga vaqtda amaliyotda undan foydalanilmaydi.
Davolash. Ichburug' bilan og'rigan bemorlar odatda shifoxonaga yotqizib davolanada. Kasallik yengil ko'rinishda kechgan xollarda, katta yoshdagi bemor xonadonida sanitariya-gigiyena tadablariga javob beradagan sharoit bo'lsa, unda xam davolanishi mumkin. Bunda joriy dezinfeksiya vaqtida o'tkazib turilishi lozim. Oziq-ovqat korxonalari, do'konlari, bolalar muassasalarida ishlaydigan bemorlar, kasallik qanday og'irlikda kechishidan qatyiy nazar, shifoxonaga yotqizib davolanadi.
Bemorni davolash har tomonlama asoslangan bo'lishi lozim. Kasallik avj olgan davrda osonroq xazm bo'ladigan taomlar buyuriladi (Pevzner bo'yicha 4-stol). Sut qo'shilgach ovqatlar tavsiya etilmaydi. Ichak shilliq qavatini qittiqlovchi hom piyoz, sarimsoq piyoz, qalampir, o'rik ham to'g'ri kelmaydi. Asal yeb turish foydali xisoblanadi.
Kasallik o'rta og'irlikda va og'ir kechgan hollarda etiotrop davolash maqsadida antibiotiklar qo'llash mumkin. Jumladan, levomitsetin (0.5 g dam kuniga 4 mahal), tetrasiklin (0.5 g dan kuniga 4 maxal), intetriks (2 kapsuladan kuniga 3 maxal) kabi dorilardan birortasi 5 kun davomida beriladi. Zarurat bo'lganida bularga ko'shimcha ravishda ftalazol yoki sulgin 1.0 g dan kuniga 4 maxal 5 kun davomida ichiriladi. Antibiotiklar bo'lar-bo'lmas hollarda tayin qilinishi, davolash kursi ko'pincha oxiriga o'tkazilmasligi tufayli, keyingi paytlarda shigellalar orasida antibiotik ta'sir etmaydigan mikrob shtammalri ko'payib bormoqda. Shu holatni yodda tutib, antibiotik faqat zarurat bo'lgandagina qo'llanilishi lozim. Qolaversa, antibiotiklar ta'sirida ichak disbakteriozi kuchayishini xam unutmaslik kerak.
Etiotrop davolash vositasi sifatida furazolidon (furadonin) xam keng qo'llanadi. Uni 0.1 g dan kuniga 4 maxal 5 kun davomida ichirilada. Keyinga paytlarda dizekteriyani davolashda pentinning 5% li (bolalar uchun 3% li) eritmasini 3-4 kun ichirish yaxshi naf bermoqda. Bu preparat shigellalar bakteritsid ta'sir ko'rsatib, ichakning normal mnkroflorasnga eiyon yetkazmasligi isbotlangan.
Ichburug' og'ir kechgan hollarda intoksikatsiyani kamaytirish maqsadida 5% li glukoza, 0.9% li osh tuzi, Ringer eritmalariga askorbin kislotasi (5% li 5 ml) qo'shib tomirga tomchilab yuboriladi. Bemorning axvoliga qarab, kuniga yuboriladigan suyuqlik miqdori 500-1500 ml ni tashkil etadi. Yurak faoliyatini yaxshilash uchun kordiamin, strofantin qo'llanadi.
Qorindaga og'riqni kamantirishga 2% li papaverin (2.0 ml), I no-shpa (2,0 ml), baralgin (5.0 ml) eritmalaridan muskul orasiga yuboriladi. Bemor axvoli ko'targan hollarda bu preparatlarnn tabletka holida berish mumkin. Qoringa issiq suv solingan rezina xaltachann vaqti-vaqti bilan qo'yib turish ham og'riqni kamaytiradi.
Yo'g'on ichakda gemorragiya, yaralar bo'lganda davolash huqnasi qilinadi. Bu maqsadda 0.2% li furatsilin eritmasi, giyohlar damlamasi, kunjut moyi ishlatiladi. Davolash huqnasi ichak tozalanganidan so'ng 100 ml dan ortiq bo'lmagan miqdorda yuboriladi. Uni yuborgandan keyin bemor 1-2 soat yotishi kerak.
Ich uzoq vaqt suyuq kelishi davom etgan hollarda vismut bilan tannalbin aralashmasi (0.5 g dan) kukun holida yoki smekta preparati suyultirib ichiriladi.
Bemor shifoxonadan ich kelishi meyoriga qaytgan, najasni klinik laboratoriyada tekshirganda patologik elementlar yo'qolganidan so'ng, umumiy axvoli yaxshi bo'lgan, isitmasi tushgan holda ketishiga ruxsat etiladi. Bu orada antibiotik bilan davolash tugaganidan so'ng bir marta koprokulturaga olingan (nazorat) tahlili manfiy natija bergan bo'lishi kerak. O'rta hisobda ichburug' bilan og'rigan bemor shifoxonada 9-10 kun yotadi.
Profilaktikasi. Dizenteriyaning profilaktikasida aholining suv ta'minotini yaxshilash, turar joylarni ozoda tutish muhim ahamiyatga ega. Oziq-ovqat tayyorlaydigan korxonalar, sut kombinatlari, bolalar muassasalarida ishni sanitariya-gigiyena talablariga qat'iy rioya qilgan holda tashkil etish lozim. Kasallik oldini olishda pokiza bo'lish juda ahamiyatlidir. Shuning uchun aholi orasida keng tushuntirish va targ'ibot ishlari olib borish zarur.
Bemor shifoxonaga jo'natilganidan so'ng xonadonida yakunlovchi dezinfeksiya o'tkaziladi. Bemor atrofidagi oziq-ovqat tizimi yoki unga tenglashtirilgan korxonada ishlaydigan muloqotda bo'lgan kishilar ustidan 7 kun muddatga tibbiy nazorat o'rnatiladi. Bu davr ichida najasi bir marta bakteriologik tahlil uchun olib tekshiriladi.
Dizenteriya muttasil ko'p qayd etiladigan qishloqlarda yoz fasli davomida bakteriofag vositasida fagoprofilaktika olib boriladi. Dizenteriya bakteriofagi suyuq yoki tabletka holida bo'ladi. Tabletka kattalarga har 3 kunda bittadan ichirib turilada. Bolalarga esa suyuq bakteriofag shu muddatlarda 5-10 ml dan ichiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |