Tibbiyot instituti talabalari uchun


Murdani sud tibbiyotida tekshirish usuli va tartibi



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet402/577
Sana14.02.2022
Hajmi6,49 Mb.
#448516
1   ...   398   399   400   401   402   403   404   405   ...   577
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

15.6.2. Murdani sud tibbiyotida tekshirish usuli va tartibi
Odatda murdani tekshirish sud tibbiyoti o’likxonasi yoki kasalxona 
patologoanatomik bo’limida o’tkaziladi. Bu erlarda buni uchun aniq va yaxshi 
sharoit yaratilgan bo’ladi. Ba’zan bunga imkoniyati bo’lmaganda, tekshirish 
vaqtincha moslashtirilgan xonalarda, yoz faslida hatto ochiq havoda amalga 
oshiriladi. Bunday holda tergov organlari murdani kesib ko’rish uchun kerakli 
sharoitni yaratib berishi zarur.
Murdani tekshirishda ekspertiza vaqtida tergovchining katnashgani ma’qul. 
Buning uchun bu tekshiruv o’tkazilish joyi va vaqti haqida ogohlantirilishi zarur.
457


Kasalxonada o’lgan kishilarni murdasini kesib ko’rishda odatda davolovchi 
vrachlar taklif qilinadi, chunki ular kasallikni kuzatishdagi belgilar, qilingan 
diagnostik va davolash muolajalari haqida ekspertga ma’lumotlar beradi.
«Murdani sud tibbiyotida tekshirish qoidasi» ga binoan odam o’lgach 12 
soat o’tgandan keyin murda kesib ko’rilishi kerak. Biroq ilmiy va ilmiy-amaliy 
maqsadlar uchun 12 soatgacha vaqtda kesib ko’rilishi mumkin, ammo o’lgandan 
keyin 30 minutdan kam vaqt o’tmasligi kerak. Bunday holda o’limni sodir 
bo’lganligini kamida uchta vrach tasdiqlashi kerak. Ular bu haqda murdani erta 
kesib ko’rish zarurligining sababini ko’rsatuvchi bayon tuzadilar.
Agar muzlagan murda keltirilgan bo’lsa murdani erigunicha kesib ko’rishga 
ruxsat etilmaydi. Murdada chirish o’zgarishlarining darajasi yoki uning emirilishi 
murdani kesib ko’rishni rad qilish imkoniyatini bermaydi.
Murdani tekshiruv boshlangunicha ekspert tergovchining qarori, sud ajrimi 
yoki militsiyaning yo’llanmasi, shuningdek boshqa taqdim qilingan hujjatlar bilan 
tanishib chiqadi.
O’limning sodir bo’lish holati va o’zining oldiga qo’yilgan savollar bilan 
tanishib chiqqach, ekspert bo’lguvsi tekshirish rejasi va taktikasini belgilaydi, 
ya’ni uning usullari, kesib ko’rish texnik yo’llarini aniqlaydi. Keyinchalik 
belgilangan reja asosida murdani tekshirishga kirishadi. Tekshirish paytida yoki 
murda kesib ko’rilgandan keyin birdaniga barcha ma’lumotlar haqida bayonnoma 
tuziladi. Bu yozuvlar ekspert xulosasi yoki aktiga qo’shiladi.
Murdani sud tibbiyotida to’liq tekshirishga tashqi, ichki va qo’shimcha 
tekshiruvlar kiradi.
Murdani tashki tekshirish voqea sodir bo’lgan joydami yoki boshka joyda 
bo’lishidan qat’iy nazar to’liq va sinchiklab bayonlashtiriladi. U murdaning 
kiyimini ko’zdan kechirishdan boshlanadi. Unda asosiy e’tiborni kiyimida 
jarohatlanish va har xil izlar (qon, sperma, siydik, qusish, avtomobil g’ildiragining 
tamg’asi va boshqalar) borligiga qaratadi. Kiyimidagi jarohatlanishni tanasidagi 
jarohatlanish bilan solishtiriladi.
Ko’pincha kiyimlar ko’zdan kechirilgandan keyin ularni tibbiy-
458


kriminalistik, kimyoviy yoki biologik tekshirishga to’g’ri keladi. Bunday hollarda 
uni sud tibbiyoti laboratoriyasiga jo’natiladi.
Murdani o’zini tashqi tekshirish va yozish quyidagi tartibda amalga 
oshiriladi:
1) murdani umumiy anatomik konstitutsial tuzilishi (jinsi, yoshi, bo’yi, 
og’irligi, tana tuzilishi, oriq semizligi);
2) murda o’zgarishlari borligi va ko’zga tashlanish darajasi;
3) tananing ayrim qismlari holati va ulardagi jarohatlanishlar (boshidan to 
oyoq qo’llarigacha) borligi ko’zdan kechiriladi.
Boshida sochiga, yuzi, ko’zlari (qovog’i, kon’yunktivasi, shoh pardasi, 
qorachig’i), burni va uning teshiklari, lablari (shilliq pardasi va qizil hoshiyasi), 
tishlari, og’iz bo’shlig’i, quloq suprasi va eshituv yo’llariga alohida ahamiyat 
beriladi. Keyin bo’yni ko’zdan kechiriladi. Agar bo’yinda strangulyatsion egatcha 
bo’lsa to’lig’icha yoziladi. Keyinchalik ko’krak qafasi, qorni va orqasi ko’riladi. 
Ayollarda sut bezlarining holati hamda uning so’rg’ichlaridan ajralmalar borligiga 
e’tibor beriladi.
Tashqi jinsiy organlarni ko’zdan kechirishda ularni to’g’ri rivojlanganligi 
yara va chandiklar borligi aniqlaniladi. Erkaklarda jinsiy organini bosib ko’rishda 
siydik chiqaruv yo’lidan ajralmalar bor-yo’qligi tekshiriladi va ayrim kerakli 
paytlarda uni kesib ko’rishga to’g’ri keladi. Ayollarda tashqi jinsiy a’zolari 
oyoqlari bukilgan va kerilgan holda ko’zdan kechiriladi. Bundan tashqari orqa 
chiqaruv teshigi va uning atroflariga ham e’tibor beriladi.
Oyoq-qo’llarini tekshirishda ularda sun’iy harakatlar borligi o’rganiladi. 
Agar ular bo’lgan taqdirda bo’g’im va suyaklarining holatini kesib ko’riladi. Agar 
suyaklari singan bo’lsa uning xarakteri, singan joyi va bo’lakchalarining o’ziga xos 
xususiyati, joylashuviga hamda atrofidagi yumshoq to’qimalarning holatiga 
ahamiyat beriladi. Bormoqlarni ko’zdan kechirishda albatta kafti, barmoqlari va 
barmoqlar oralig’i tekshiriladi.
Murdani ko’zdan kechirishda topilgan barcha jarohatlanishlar 
umumlashtirilgan sxema bo’yicha yoziladi. Qontalashning o’lchami va boshqa 
459


o’ziga xos xususiyatlarini aniqlash maqsadida uni krestsimon holda kesib ko’riladi.
Shilinishlar va yaralarni oddiy ko’zdan kechirish lupa yoki operatsion 
mikroskopi orqali tekshirish tufayli amalga oshiriladi.
Murdani ko’zdan kechirish jarayonida ayrim jarohatlanishlar suratga olinadi 
hamda jarohatlanishlarni sxematik tasviri tuziladi. Ayrim hollarda, masalan o’q 
otar qurollari va portlashdagi jarohatlanishlarda tananing jarohtlangan qismini 
rentgenografiya qilinadi.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   398   399   400   401   402   403   404   405   ...   577




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish