Tibbiyot instituti talabalari uchun


Qo’shimcha tekshirishlar uchun ob’ektlar olish



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet405/577
Sana14.02.2022
Hajmi6,49 Mb.
#448516
1   ...   401   402   403   404   405   406   407   408   ...   577
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

Qo’shimcha tekshirishlar uchun ob’ektlar olish.
Murdani kesib ko’rish 
natijalarini gistologik, kimyoviy, tibbiy-kriminalistik va boshqa maxsus 
laboratoriya tekshiruv usullari yordamida to’lg’azilishi mumkin. Bunday usullarni 
462


amalga oshirish uchun voqea sodir bo’lgan joyni kuzatish va murdani kesib ko’rish 
jarayonida har xil ob’ektlar olinadi. Xulosa yoki aktning bayon qismida bu maqsad 
uchun murdadan qanday material olinganligi ko’rsatilishi zarur.
108-rasm. Yurak bo’shlig’ida gaz borligini aniqlashning rentgenografik 
usuli.
Ayrim laboratoriya tekshiruvlari murdani kesib ko’rgan vrach tomonidan 
o’tkazilishi mumkin. Boshqa tekshirishlar esa faqat sud tibbiyoti yoki boshqa ilmiy 
tekshiruv muassasalarining shu soha bo’yicha etarli bilimga ega bo’lgan 
mutaxassislari tomonidan bajariladi. Bunday hollarda olingan ob’ektlar yaxshilab 
o’rganganilgan holda kuzatuvchi hujjat bilan kerakli laboratoriyaga jo’natiladi.
Ayrim hollarda, ayniqsa, zo’raki o’limda tashqi qon ketish kuzatilganda 
marhumning qon guruhini aniqlashga to’g’ri keladi. Buning uchun qon 
probirkalarga yoki shishali idishlarga olinadi va shuningdek 4 qavatga o’ralgan 
marliga shimdirilib uy haroratida quritilgan material jo’natiladi. Olingan ob’ektlar 
sud tibbiyoti laboratoriyasining biologiya bo’limiga etkaziladi.
Gistologik tekshirish uchun organ va to’qimalarning bo’lakchalari 
to’qimaning sog’lom va o’zgargan joyidan olinadi. Olingan bo’lakchalarning 
xajmi va o’lchamlari ularni yaxshi qotirilishi uchun qalinligi 1 sm dan oshmasligi 
463


zarur. Qotiruvchi suyuqlik sifatida odatda formalinning 10-12 foizli eritmasi yoki 
etil spirtidan foydalanish mumkin.
Noma’lum zaharli modda bilan zaharlanishga shubha tug’ilganda sud 
kimyoviy tekshirish uchun ichki organlardan 2 kg dan kam bo’lmagan material 
olib sud kimyoviy laboratoriyasiga jo’natiladi. Ularni konservatsiya qilish 
taqiqlanadi. Agar etil spirti bilan zaharlanishga shubha bo’lmasa organlarni etil 
spirtiga solib jo’natish mumkin. Bunda etil spirtidan nazorat uchun alohida idishga 
nusxa olib jo’natilishini ham yoddan chiqarmaslik zarur. Olingan organlar toza 
shishali idishlarga solinadi. Buning uchun etarlicha banka talab qilinadi: № 1 
bankaga – oshqozon va uning ichidagi narsalari bilan birgalikda hamda ingichka 
va yo’g’on ichakning ancha o’zgargan qismidan va undagi narsalar; № 2 bankaga 
– jigarning ancha o’zgargan qismining 1/3 qismi, o’t xaltasini o’ti bilan; № 3 
bankaga – bitta buyrak va bor siydigi bilan; № 4 bankaga – bosh miyani 1/3 qismi; 
№ 5 bankaga – yuragini qoni bilan; № 6 bankaga – talog’ini; № 7 bankaga - 
o’pkasini to’laqonli joyidan 1/4 qismi; № 8 bankaga – terisi, sochi, suyaklari va 
boshqalar solinadi.
Boshqa barcha hollarda u yoki bu organlardan sud kimyoviy tekshirish 
uchun ekspert zaharlanishning xarakteri va vaqtiga, zaharli modda qabul qilgan 
vaqtdan to o’lgunigacha ketgan davrga bog’liqligini hisobga oladi. Ichki 
organlardan tashqari, teri, kletchatka, sochlar, suyaklar, kiyimining qismlari va 
boshqalar olinishi mumkin.
Etil spirtining borligi va miqdorini aniqlash uchun odatda 10 ml dan qoni va 
siydigidan yuboriladi. Buning uchun qonini yuragi va katta qon tomiridan olish 
zarur. Ba’zan bosh miyaning bir qismi, oshqozonidagi bor narsalar, orqa miya 
suyuqligidan ham olinishi mumkin.
Bakteriologik tekshirish uchun qonni yuragi, kovak venalari yoki miyaning 
sinuslaridan sterillangan paster pipetkasi yoki shprits yordamida 20-30 ml 
miqdorida olinadi. Organlardan 1-2 sm o’lchamli bo’lakchalar organni yuzasini 
yonuvchi tampon bilan kuydirilib olinadi va steril idishlarga solinib, tezlikda 
bakteriologik laboratoriyaga jo’natiladi.
464


Diatomali planktonlarni tekshirish uchun buyrak, naysimon suyaklarning 
suyak iligi, bosh miya, jigar, upqa va yurak mushagidan ko’pincha material 
olinadi. Chirigan va tananing barcha yumshoq to’qimalari emirilganda ayniqsa 
suyak iligini tekshirish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun laboratoriyaga butun 
son suyagi yuboriladi. Nazorat tekshiruvi uchun murda topilgan suv havzasidan 
suv olinadi. Agar suvni olish imkoniyati bo’lmasa o’pka to’qimasidan 
foydalaniladi. Tashqaridan planktonlarni kiritishni oldini olish maqsadida 
organlarni olishda sterillangan instrumentlar va shishali idishlardan hamda ikki 
marta distillangan suvdan foydalaniladi.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   401   402   403   404   405   406   407   408   ...   577




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish