Tibbiyot instituti talabalari uchun



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet400/577
Sana14.02.2022
Hajmi6,49 Mb.
#448516
1   ...   396   397   398   399   400   401   402   403   ...   577
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

Balandlikdan yiqilishda
tushib ketgan joyning asosidan to murdagacha 
bo’lgan masofa o’lchanishi zarur. Bundan tashqari, murda yotgan joyning 
yuzasiga, boshqa xarakterdagi jarohatlanishlarga (sanchilgan, kesilgan yaralar, o’q 
otar qurollaridan etkazilgan yaralar), tanasi va kiyimlaridagi kurashish izlariga 
(agar ular bo’lsa), yiqilishga shubha qilingan ob’ektlarda qon izlari borligiga 
ahamiyat beriladi.
O’q otar qurollari bilan jarohatlanishda
tanasi va kiyimlaridagi 
jarohatlanishlar soniga (oyoq tagligidan yuqorigacha bo’lgan masofa), ularni bir-
biriga to’g’ri kelishi, kirish va chiqish joyidagi jarohatlanish belgilari, yaqin 
masofadan otilish izlari borligi, qurol og’zining tamg’asi borligi, oyog’ida oyoq 
kiyimining borligi, qo’l panjalari va barmoqlarida qurumning bo’lishligi, 
454


shuningdek qiyimida o’q, sochma, pijning topilishi hamda o’qning boshqa 
qismlarini aniqlanilishiga alohida ahamiyat beriladi.
Voqea sodir bo’lgan joyda qurol topilgan taqdirda juda ehtiyotkorlik talab 
qilinadi. Birinchidan unda barmoq izlari bo’lishi va uni buzilishi mumkin. 
Ikkinchidan, hozirgi zamon avtomatik qurolida otilgandan keyin magazindan 
navbatdagi patron patronlarni ushlab qoluvchi joyga hamda qurol jangovor holga 
kelib qolishi mumkin. Agar ehtiyotsizlik bilan qurolning ilgaki bosilganda otilib 
ketishi va ko’zdan kechiruvchilarni jarohatlab qo’yishi mumkin.
Osilishda
murdaning holatiga e’tibor beriladi. To’liq osilishda oyoq 
tagligidan to sirtmoq berkitilgan joygacha bo’lgan masofa o’lchanadi. Sirtmoq 
tugunchasining xarakteri va uni ushlab turuvchi joyning holati yoziladi. Odatda 
sirtmoqni bo’ynidan echmasdan murdani murdaxonaga yuborilgani ma’qul. 
Kerakli paytlarda sirtmoqni tugun yaqinidan kesilib, bo’ynidan chiqarib olinadi va 
tikib qo’yiladi. Sirtmoqni o’zi o’lchanib, to’lig’icha yoziladi. Agar sirtmoq 
bo’lmasa bo’yindagi strangulyatsion egatchadan yopishqoq plastirda yoki 
daktilaskopik pardada tamg’a olinib, undagi qoplamalar aniqlaniladi. Bundan 
tashqari, oyoq tagiga qo’yilgan narsaning xarakteri va undagi oyoq yoki oyoq 
kiyimining izlari ko’zdan kechiriladi. Murda kiyimining holati, tanasi va 
kiyimlaridagi kurashish izlari borligi, shuningdek murda dog’larining joylashuvi 
va uning murda holatiga to’g’ri kelishligi aniqlaniladi.
Jinoiy abortda
murdaning holati va kiyimlariga ahamiyat beriladi. Bundan 
tashqari, homiladorlik belgilari borligi, jinsiy organlari va chotida qon izlari hamda 
jarohatlanishlar, qinida yot jismlarning topilishiga alohida ahamiyat beriladi. 
Shuningdek murdani atrofida abort uchun qo’llanilgan kimyoviy moddalar va 
predmetlar (tog’ora, klizma, dori purkagich, bujlar, zondlar, shpritslar, yod va 
boshqa dorivor moddalarning eritmalari, sovun erimasi va boshqalar) borligi ham 
ko’zdan kechiriladi.
Barcha predmetlar ichida suyuqligi bo’lgan idishlarni tergovchi sud 
kimyoviy tekshirishi uchun jo’natishi zarur. Tergovchiga homila va yo’ldosh 
tashlangan joylar (axlat tortadigan quvur, axlatxonalar) ni ko’zdan kechirishni ham 
455


tavsiya etilishi zarur.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   396   397   398   399   400   401   402   403   ...   577




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish