Tergovchi ekspertiza jarayonida qatnashish huquqiga ega, shuning uchun
ham u ekspertiza o’tkazilayotgan joyi va vaqti to’g’risida o’z vaqtida xabardor
qilinishi zarur. Ayblanuvchi va boshqa shaxslarni sud
tibbiyoti ekspertizasida
qatnashuvi masalasi faqatgina tergovchining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Ekspertiza o’tkazish jarayonida ayrim hollarda xulosa berish uchun kerakli
materiallar va to’liq ma’lumotlar olish uchun ekspertni tergov harakatlarida
qatnashish zaruriyati tug’iladi. Bunday hollarda tergovchining ruxsati bilan ekspert
so’roq paytida, voqea sodir bo’lgan joyni kuzatishda, tergov tajribasida qatnashishi
mumkin. Bunday chora-tadbirlar tergovchining kerakli bayonlari bilan
rasmiylashtirilib, ekspert sud tibbiyoti sohasidagi mutaxasis sifatida qatnashadi va
tergovchiga aniqlanilgan faktlarni yozishda ko’maklashib, bu ma’lumotlardan
keyinchalik o’zining xulosasida foydalanadi.
Sud tibbiyoti ekspertining ayblanuvchi,
jabrlanuvchi, guvohlarni so’roq
qilish paytida qatnashuvi, ayniqsa, tibbiyot xodimlarining kasb ho’quqbuzarligi
holatlarida muhim ahamiyatga egadir.
Ekspert mutaxasis sifatida so’roq qilinuvchiga qo’llanilgan diagnostika va
davolash usullari, bu usullarning to’g’ri yoki noto’g’ri belgilanishi,
dori va
davolash usullarini qo’llanish qoidalariga rioya qilinishi kabi masalalarga to’g’ri
va aniq savollar bilan murojaat qiladi. Boshqa so’roq ishlarida, ayniqsa,
jarohatlanish asbobini o’ziga xos xususiyatlarini aniqlashda, jaroxatlanish paytida
jabrlanuvchini qaysi holatda turganligi, shuningdek uning jarohatlanishdan keyingi
holatini aniqlashda ham ekspertning o’rni kattadir.
Agar voqea sodir bo’lgan joyni kuzatish to’lig’icha amalga oshirilmagan
bo’lsa, ekspert tergovchidan qaytadan ko’zdan kechirishda
qatnashish uchun
rozilik berishni so’rashi mumkin. Sud tibbiyoti ekspertining tergov eksperimentida
qatnashuvi ayrim hollarda juda muhimdir. Masalan, jabrlanuvchi jarohatlanishni u
yoki bu holatda olganligini jabrlanuvchining o’zi, ayblanuvchi yoki guvohlar
tasdiqlaydi. Ekspert boshqa tajriba qatnashuvchilari ishtirokida jarohatlanish
etkazilish yo’llari ko’rsatilishini taxlil qilib, tergovchiga
tajriba bayonida
yuqoridagilarni aniqlashda yordamlashadi.
30
Tergov harakatlari jarayonlarida topilgan, qayd qilingan voqealar hamda
boshqa barcha tekshiruv natijalaridan ekspert o’zining xulosasida oldiga qo’yilgan
savollarga javob berishda foydalanadi. Tergovchi ekspert xulosasini yaxshilab
o’rganib chiqqandan keyin xulosaga o’zgartirishlar kiritish va tushuntirib berish
uchun ekspertni so’roq qilish huquqiga ega. Bunda ekspert o’z javoblarini so’roq
bayonida o’zining shaxsiy imzosi bilan tasdiqlaydi.
Dastlabki tergov jarayonlarida sud tibbiyoti
ekspertlari va boshqa
mutaxasislikdagi vrachlar ekspertiza tayinlanguniga qadar ayrim tergov
harakatlariga jalb qilinishlari mumkin. Masalan, voqea sodir bo’lgan joyni hamda
voqea sodir bo’lgan joyda topilgan murdani kuzatish, jinoyat sodir qilganlikka
shubha tug’ilgan
shahslarni aniqlashda, tintuv ishlarida qatnashishga ishtirok
etishlari mumkin.
Bunday hollarda vrach ekspert sifatida yoki xulosa berish uchun emas, balki
sud tibbiyoti sohasidagi mutaxasis sifatida taklif qilinadi.
O’zining maxsus bilimi bilan u tergovchiga bunday harakatlarni to’g’ri
amalga oshirish, topish, mustahkamlash, to’g’rilab yozish va ash’yoviy dalillarni
olishda ko’maklashadi. Masalan, voqea sodir bo’lgan joyda topilgan murdani
ko’zdan kechirish vrach tergovchiga nima topilgan bo’lsa, ko’zdan kechirish
bayonida shuni yozishda yordamlashadi. Keyinchalik, voqea sodir bo’lgan joyda
topilgan murdani ko’zdan kechirishda qatnashgan vrach bu ishda ekspert sifatida
qatnashuvi va o’zining xulosasini berishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: