Tibbiyot instituti talabalari uchun


-rasm. Boshi bilan balandlikdan



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/385
Sana21.03.2022
Hajmi6,49 Mb.
#504905
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   385
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

17-rasm. Boshi bilan balandlikdan 
yiqilganda
 
kalla 
gumbazida bo’lakchali 
sinishlar.
Yassi yuzaga yiqilish.
Balandlikdan yiqilishdan tashqari, yassi yuzaga 
yiqilish ham uchraydi. Ko’pincha bunday yiqilishlar ko’chada, ayniqsa qish 
paytida sodir bo’ladi. Jarohatlanishlarning bunday turlarida tananing yuqori va 
pastki qismi suyaklari sinishlari, bosh miyaning chayqalishi va lat eyishi, ba’zan 
kalla suyaklarining sinishi, ayrim hollarda ichki organlarning yorilishi kuzatiladi. 
Tashqi jarohatlanishlar odatda shilinish va qontalashlar bilan chegaralanadi. Lat 
egan yara ancha kam uchraydi. Yana bir xarakterli tomoni shundaki, yassi yuzaga 
yiqilganda tananing umumiy chayqalishidan jarohatlanish sodir bo’lmaydi. Bu o’z 
navbatida balandlikdan yiqilish va transportdan jarohatlanishlarni farqlashda 
ko’maklashadi.
Engsasi bilan yiqilishda
tipik jarohatlanishlar yuzaga keladi. Odatda katta 
engsa teshigiga qarab yo’naluvchi engsa suyagining yorilishi hosil bo’ladi. Ta’sir 
kuchining joylashuv joyida engsa qismida ayrim hollarda miyaning lat eyishi 
kuzatiladi. Shu bilan birgalikda urilishga qarama-qarshi tomonda bosh miyaning 
peshona va chekka qismida anchagina jarohatlanishlar: har xil kattalikdagi 
ko’pchilik qon quyilish va miya moddasining yumshalish o’choqlari, 
87


subaraxnoidal qon quyilishlar ko’zga tashlanadi.
Boshining yonbosh qismi bilan yiqilganda
chekka suyagining yorilishlari 
tipik belgilar hisoblanadi. Urilish va urilishga qarama-qarshi joylarda miya 
moddasining lat eyish o’chog’i va subaraxnoidal qon quyilishlar sodir bo’ladi.
Kamdan kam hollarda peshona qismi
bilan yiqilish kuzatiladi. Bu 
jarohatlanishning xarakteri kam tipik bo’lib, ular urilish joyida joylashib, urilishga 
qarama-qarshi tomonda ko’pincha ko’zga tashlanmaydi.
Balandlikdan yiqilgandagi jarohatlanish asosan, balandlikka bog’liq. 2-qavat 
balandligidan yiqilganda kalla suyagi, umurtqa pog’onasining sinishi hayot uchun 
xavfli hisoblanadi. Katta balandlikdan yiqilganda kalla suyagi, umurtqa pog’onasi, 
oyoq-qo’llari, shuningdek ichki organlar, ayniqsa, jigarning ko’pincha yorilishlari 
kuzatiladi. Erga juda katta balandlikdan, masalan, samolyotdan yiqilganda 
tananing maydalanishi kuzatiladi. Balanlikdan boshi bilan yiqilganda kalla suyagi 
asosida har xil yoriqchalar kuzatiladi (18, 19, 20, rasmlar).
Ayrim hollarda u yoki bu usul bilan o’ldirilgan odam o’ligi yuqoridan 
tashlanadi. Bu ko’pincha baxtsiz hodisa sifatida baholanadi.
Bunday murda kesib ko’rishda jarohatlanishning 2 turi: balandlikdan otib 
yuborilgangacha tiriklik va balandlikdan o’lik tananing tushishi natijasida 
o’lgandan keyingi belgilariga alohida ahamiyat beriladi. Tiriklik vaqtidagi 
belgilarga suyakning singan joyidagi kuchli qon quyilishlar, organlarning yorilishi 
bo’lsa, o’lgandan keyin esa jarohatlanish zonasida qon quyilish kuzatilmaydi. 
Balandlikdan, ayniqsa, qumga, yumshoq erga, qalin qavatli qorga tushganda tana 
yuzasida jarohatlanish uchramaydi. Bundan tashqari, murdani kesib ko’rish tufayli 
topilgan ayrim ma’lumotlar ba’zan balandlikdan yiqilishni transport 
jarohatlanishlardan farqlash zarur. Balandlikdan oyog’i bilan yiqilganda tovon 
suyagining sinishi, ichki organlarda kuchli qon quyilish, ko’pgina suyaklarning 
sinishi (suyaklar bilan to’lg’azilgan xalta) va boshqalar kuzatiladi.
Transportlardan jarohatlanishlar ko’pchilik hollarda baxtsiz hodisalar hisoblanadi. 
Ayniqsa, avtomobil va temir yo’l transporti (tramvay, poezd) dan jarohatlanishlar 
ko’pincha ko’zga tashlanadi. 
88



Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   385




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish