6.6. O’tmas vositalar bilan jarohatlanish sud tibbiyoti ekspertizasining o’ziga
xos xususiyatlari
O’tmas vositalar bilan jarohatlanishda odatda ekspertning oldiga quyidagi
vazifalar qo’yiladi: o’tmas vositalar bilan jarohatlanish borligini aniqlash, ularning
hosil bo’lish mexanizmi va jarohatlanish asbobi jarohatlovchi yuzasining o’ziga
xos xususiyatlari, agar jarohatlanish urilish orqali etkazilgan bo’lsa, uning soni,
urilish kuchining yo’nalishi; agar jarohatlanish o’tmas vositalar bilan siqilish
tufayli sodir bo’lgan taqdirda siquvchi kuch yo’nalishi va ta’sir qilgan joy
aniqlaniladi. Ba’zan odamning qo’lidagi predmet bilan jarohatlanish etkazilganligi
to’g’risidagi savolni echishga to’g’ri keladi yoki jarohatlanishlar yiqilish tufayli
olinganligini bilish muhim ahamiyatga egadir.
O’tmas vositalar yordamida jarohatlanish borligi va mexanizmini aniqlash
odatda muhim qiyinchilik to’g’dirmaydi. Ular boshqa mexanik faktorlar - o’tkir
vositalar va o’q otar qurollari bilan etkazilgan jarohatlanishlardan anchagina
farqlanadi. O’tmas vositalar bilan jarohatlanishda yaraning noto’g’riligi, yara
chetlarida hoshiyalanish va qontalashlar borligi, ba’zan ularning ezilishi, yara
tubida va chetlarida ulag’ich to’qimaning mavjudligi haqida guvohlik beradi.
Ba’zan ayrim hollarda tajribasiz vrachlar va ekspertlar o’tmas vosita qirralari
urilishidan hosil bo’lgan yaralarni chopilgan yoki kesilgan yaralar turiga
kiritadilar.
Ekspertizaning eng muhim vazifasi jarohatlovchi vositani aniqlashdir.
Ko’pchilik hollarda, jarohatlanish etkazilgan predmetni, ekspertiza vaqtida aniqlab
bo’lmaydi. Ekspert jarohatlanish xususiyatlariga qarab, uriluvchi yuzani, uning
shakli, katta yuzasining minimal o’lchami va nisbatan aniq - chegaralangan
91
yuzaning o’lchami, predmetlarda qirralari va burchaklari borligini aniqlaydi.
Bunday qaraganda shilinishlar, yaralar, kalla suyagining bosilib sinishi va
tuynuksimon sinishlari eng ko’p axborot manbai hisoblanadi. Ayrim hollarda
jarohatlovchi vosita massasi haqida ham fikr yuritmoq mumkin.
Jarohatlovchi predmetning tasnifi kiyimi orqali urilganda biroz qiyinchilik
tug’diradi. Qattiq qalin kiyim yara paydo bo’lishiga to’sqinlik qilib, shilinishning
shakli va uzunligi o’zgaradi. Engil kiyim kamdan-kam hollarda yaraning
xarakterini o’zgartiradi.
Odam tanasi va kiyimidagi jarohatlanish xususiyatlari to’g’ridan-to’g’ri
stereomikroskop usulida tekshiriladi. Jarohatlovchi predmet materiali xarakterini
aniqlashda rangli tamg’a, kimyoviy rangli reaktsiya hamda emission
spektrografiya usullaridan foydalaniladi.
Ko’pincha ekspertiza uchun bir yoki bir necha taxmin qilingan jarohatlanish
vositasi taqdim qilinadi. Ekspert o’zining xulosasida bunday predmetlar bilan
jarohatlanish etkazilishi mumkinligini yoki bekor qiladi yoki shunga yo’l qo’yadi.
Masalani hal qilishda jabrlanuvchidagi jarohatlanish bilan taxmin qilinuvchi
jarohatlovchi vosita yordamida chaqirilgan eksperimental jarohatlanishlarning bir
masshtabli fotosuratini solishtirish masalani hal qilishda yordamlashadi.
Jarohatlanish vositasini muhokama qilishda unda jabrlanuvchi to’qimalarni
qon va sochni, kiyim tolalarining topilishi muhim ahamiyatga egadir.
Jarohatlovchi predmetning harakat yo’nalishini aniqlashda shilinishlarda
epidermisning siljishiga alohida ahamiyat beriladi. Jarohatlovchi vosita ta’sir
qiluvchi tomonda paydo bo’lgan yaraning chetlarida katta kenglikdagi
hoshiyalanish zonasi, yara chetlarining qiyaligi va kavlanganligi yoki chetlarining
qarama-qarshi tomonda kuchishi kuzatiladi.
Odamning qo’lida bo’lgan o’tmas vosita bilan urilishda boshida sodir
bo’lgan yoki yiqilish tufayli yassi yuzaga urilishdan jarohatlanish olganligini tipik
hollarda echish qiyin emas. Birinchi holatda jarohatlanish o’tmas vositaning
to’g’ridan-to’g’ri ta’sir qilgan joyida joylashsa-da, qarama-qarshi urilish ko’zga
tashlanmaydi, ammo yassi yuzaga yiqilganda urilish zonasida bosh miyaning tipik
92
jarohatlanishi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |