Uzilish
– sinish mexanizmining kamdan-kam uchraydigan turi bo’lib, bunda
muskulning kuchli qisqarishi tufayli suyakning pay bilan birikkan turtib chiqqan
joyi uzilib ketishi mumkin.
Ayrim sinishlar, masalan burun suyagi, bilak suyaklari va boshqalar uncha
katta bo’lmagan kuch ta’sirida sodir bo’lishi mumkin. Boshka sinishlar (chanok
suyaklari, son suyaklarning diafizi, katta va kuchli odamlar umurtqa pogonasining
ko’krak va bel qismi) ancha kuchli tassurot tufayli sodir bo’lishi mumkin.
Sud tibbiyoti nuqtai nazaridan kalla suyaklari sinishlarini o’rganish muhim
ahamiyatga egaligini hisobga olish maqsadga muvofiqligini ta’kidlash zarur. Kalla
suyaklarining sinishi to’g’ri yoki noto’g’ri turlarga bo’linadi. Kalla suyag’ining
to’g’ri sinishi tashqi ta’sir qiluvchi kuchning yo’naltirilgan joyida paydo bo’ladi.
Bunga kalla suyagi gumbazi va asosiy qismining:
suyak plastinkasining ichki
qavati, bosilishi, darchasimon, zinapoyasimon va parchalanib sinishlar misol bo’la
oladi.
Suyak to’qimasi bosilishga juda chidamli bo’ladi, ammo bukilib
cho’zilishga chidamsizligi ko’zga tashlanadi. Agar ta’sir etuvchi kuch uncha katta
bo’lmasa, urilish joyida bosilish tufayli tashqi suyak
plastinkasi butunligini
o’zgartirmaydi, ammo ichki suyak plastinkasida cho’zilish tufayli sinish kuzatiladi.
Agar urilish juda katta kuch ta’sirida sodir bo’lsa, bunda kalla suyagining
yumaloq gumbasi yassilashadi, suyakning bosilgan
yuzasi bukiladi va natijada
bosilib sinish kuzatiladi (6 rasm.)
Bosilib sinishda bosuvchi asbobning yuzasi va shakli saqlanadi va bu
jarohatlovchi asbobni turini aniqlashda yordamlashadi.
Agar ta’sir qiluvchi kuch ancha yuqori bo’lsa, ammo uning yuzasi uncha
katta bo’lmasa, natijada asbobning kalla suyagiga
tekkan joyida tuynuksimon
sinish kuzatiladi. Kalla suyagining urib sindirilgan joyida ba’zan mayda suyak
bo’laklari hamda ularning ta’sirida bosh miya
moddasi va miya pardasining
jarohatlanishi ko’rinadi. Ba’zan urib sindirilgan suyak plastinkasi kalla suyagi
ichiga tushib qattiq miya pardasi yuzasida joylashadi.
Bosilib sinishda ko’pincha yoriqchalar paydo bo’ladi. Yoriqchalarning
51
joylashish joyiga qarab ta’sir qiluvchi kuchning yo’nalishini aniqlash mumkin.
Agar kuch yo’nalishi perpendikulyar holda bo’lsa, yoriqchalar
bosilish joyidan
radiusi bo’ylab bir xil yo’nalishda joylashuvi mumkin. Agar ta’sir qiluvchi
predmet qaysi bir yo’nalish bo’ylab burchak ostida urilganda hosil bo’lgan
yoriqchalar ham o’sha yo’nalish bo’ylab joylashadi.
Agar yoriqchalar kalla suyagi kompakt moddasining
iqkala plastinkasini
ham egallasa, bunga bir yoqdan ikkinchi yoqqa o’tadigan yoriqchalar deyiladi.
Yoriqchalar hosil bo’lish mexanizmi doimo ham bir xil xarakterga ega
bo’lavermaydi. O’tmas va o’tkir vositalarning ta’siri tufayli suyaklarning ko’p
joyidan yorilib ketishi kuzatiladi. Bunda, odatda, yoriqchalarning yo’nalishi ta’sir
qiluvchi kuchning yo’nalishiga to’g’ri keladi. Ko’pincha yoriqchalar shoxlanib,
ta’sir qiluvchi kuch qaerdan yo’naltirilishiga qarab o’tkir burchak hosil qiladi.
Kalla suyagining bosilishi yoki urilishi tufayli
uning deformatsiyasidan
suyaklarning uzilishi natijasida yoriqchalar paydo bo’ladi. Bunday yoriqchalar
ta’sir etuvchi kuch yo’nalishi bo’ylab tarqalib tishsimon, arrasimon shaklga ega
52
Do'stlaringiz bilan baham: