Tibbiyot instituti talabalari uchun


rasm. Qirrali predmetning har xil qismlari bilan urilganda



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/385
Sana21.03.2022
Hajmi6,49 Mb.
#504905
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   385
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

11 rasm. Qirrali predmetning har xil qismlari bilan urilganda 
hosil bo’lgan lat egan yaralarning shakllari
78


Boshiga keng yassi yuzali predmet bilan urilganda ta’sir etuvchi kuchning 
yo’nalishiga to’g’ri keladigan kalla suyagi asosi va gumbazida ko’pincha 
yorikchalar paydo bo’lishiga olib keladi. Juda katta kuch bilan urilganda 
bo’lakchali sinish sodir bo’ladi. Bu o’z navbatida urilish joyida mayda bulakchalar 
zonasi borligi, shu joydan radiar holda tarqaluvchi sinish chizig’i va suyak 
to’qimasining ko’p joyidan yorilishi bilan xarakterlanadi. Bundan tashqari, bunday 
sinish chiziqlarini yoysimon kesib o’tib urilish joyi atrofidagi sinishlar suyakning 
bukilishidan hosil bo’ladi. Ba’zan urilish joyida katta suyak bo’lakchasi paydo 
bo’lib, bu ancha kichik halka bilan ajralib turganligi ko’zga tashlanadi.
Katta sferik yuzali o’tmas vosita bilan urilishda 3, 4, 5 nurli yorilgan 
yulduzchasimon shakldagi yaralar paydo bo’ladi. Yaraning atrofida yumaloq yoki 
oval shaklli hoshiyalanish zonasi, markazida esa chetlarining kuchli ezilishi ko’zga 
tashlanadi. Sferik yuzali o’tmas vositalar kalla suyagida yorilishlar, yumaloq 
shakllisidan bosilib sinishlar, katta kuch bilan urilganda esa bo’lakchali sinishlar 
yuzaga keladi.
Tsilindrik yuzali cho’ziluvchan predmetlar bilan urilganda tilim-tilimli 
qontalashlar, ba’zan hoshiyalanish kuzatiladi. Ancha qalin predmetlar (tayoq) bilan 
urilganda odam tanasida parallel holda joylashgan 2 ta yo’lsimon qontalashlar 
qolishi mumkin.
Boshiga tsilindrik predmetlar bilan urilganda to’g’ri chiziqli va yoysimon 
yaralar hosil bo’ladi. Ularning chetlari notekis ezilganligi ko’rinadi. Yaraning bir 
yoki har ikkala tomonida hoshiyalanish yaxshi ko’zga tashlanadi.
Boshiga tsilindrik predmet bilan urilishning tipik belgilaridan biri 
cho’ziluvchan-oval shaklli bosilib sinishdir va ba’zan uning markazida erkin 
yotgan suyak bo’lakchalarini ko’rish mumkin.
Qirrali predmetning qirralari bilan urilganda lat egan yara hosil bo’ladi. 
Ba’zan bu chopilgan va hatto kesilgan yarani eslatadi. Bunday yaralar chiziqsimon, 
chetlari yaqinlashtirilganda esa urchuqsimon shaklga ega bo’lib nisbatan tekis 
bo’ladi va uning ezilishi ko’rinmaydi. Yaralarning chetlarida hoshiyalanish zonasi 
katta bo’lmagan kenglikda, ba’zan kuchsiz ko’rinadi. Agar urilish burchak ostida 
79


etkazilgan bo’lsa, hoshiyalanish yaraning chetlaridan birida aniq ko’zga tashlanadi. 
Agar terini shilinishi ko’rinsa, u qarama-qarshi tomonda aniqlaniladi.
Qirrali predmetlarning qirralari ta’sirida kalla suyagida bosilib sinish, kuchli 
urilganda esa bosilib-tuynukli sinish kuzatilishi mumkin.
Kichik yuzali o’tmas qirrali predmetlar: bolg’a, boltaning muhrasi va 
boshqalar bilan urilganda yaralar hosil bo’lib, ularning shakli uriluvchi 
predmetning qaysi qismi bilan urilganligiga bog’liq. Agar urilish kuchi 
perpendikulyar yo’naltirilgan bo’lsa, unda ba’zan faqat shilinish va qontalashlar 
sodir bo’ladi. Bular o’z navbatida uriluvchi predmetning uzunligi va shakliga aniq 
to’g’ri keladi. Hosil bo’lgan yaralar qisman predmetning ko’pincha ta’sir qilgan 
qirrasi yuzasining tasvirini belgilaydi. Shuning uchun ham yaralar yoysimon, P- 
yoki G-shaklli bo’ladilar. Kalla suyagida bosiluvchi yoki tuynuksimon sinishlar 
kuzatilib, ularning shakllari va uzunligi qirrali predmetning urilish xususiyatiga 
bog’liq.
Agar urilish odam tanasi yuzasiga nisbatan o’tkir burchak ostida etkazilsa, 
qirrali predmetning qirrasi ta’sirida terining chetlari yirtilishi tufayli chiziqli yoki 3 
ta nursimon yirtiluvchi yulduzsimon yaralar hosil bo’ladi. Bunday yulduzsimon 
yaralar o’tmas qirrali vositalar bilan burchak ostida perpendikulyar urilishidan 
sodir bo’ladigan yaralardir (12 rasm.). Bunday hollarda kalla suyagida bosilib 
sinishlar, ba’zan uch qirrali piramida shaklida aniq ko’rinib, uning cho’qqisi kalla 
bo’shlig’iga suqulib kiradi (13 rasm.). Qirrali predmet burchagi bilan urilishda 
kallaning tepa qismida lat egan yara paydo bo’ladi (14 rasm.).

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   385




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish