Tibbiyot instituti talabalari uchun


rasm. Qirrali predmetning qirrasi



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/385
Sana21.03.2022
Hajmi6,49 Mb.
#504905
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   385
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

12 rasm. Qirrali predmetning qirrasi 
bilan urilganda peshonada lat 
egan yara. Yuqori labining 
shilliq qavatida kichik yara 
va qontalashlarning musht 
bilan urilgandagi ko’rinishi.
80


13 rasm. O’tmas qirrali predmetning 
qirrasi bilan urilganda kalla 
suyagining bosilib sinishi 
(Devor to’sig’i taxtachasi 
bilan urilish).
14 rasm. Qirrali predmet burchagi bilan 
urilish tufayli kallaning tepa 
qismidagi lat egan yara.
6.3. Odam tanasi qismlari va hayvonlar tomonidan etkaziladigan 
jarohatlanishlar
Odam tanasining ko’zga tashlanuvchi qismlari bilan jarohatlanishlar 
turmush kelishmovchiliklari tufayli ko’pdan ko’p uchraydi. Birinchi o’rinda 
odamning qo’llari bilan jarohatlanish turadi: tirnoqlari, mushti va kaftlari, 
barmoqlari bilan jabrlanuvchi tana qismlarining siqilishi bunday jarohatlanishlarga 
misol bo’la oladi. Ko’pincha kafti bilan jarohatlanish va tishlashlar ko’zga 
tashlanadi. Kamdan-kam hollarda odam tanasining boshqa qismlari (boshi, tizzasi, 
tirsagi, boldiri) jarohatlanishi kuzatiladi.
Qo’llari bilan jarohatlanish.
Qo’l barmoqlari bilan tananing qaysi bir 
81


qismlari (bo’yin, elka, son) ni siqilishi tufayli yumaloq yoki oval qontalashlar: 1-
nchi barmoq bosilishidan – bitta, boshqa barmoqlar ta’siridan esa – bir necha 
qontalashlar, ba’zan bir-biri bilan qo’shiluvchi qontalashlar paydo bo’ladi. 
Ko’pincha qontalashlar joyida barmoqlar tirnoqlari ta’sirida yarim oysimon 
shilinishlar ko’zga tashlanadi. Tirnoqlar harakatining sirg’alishidan bir yoki bir 
necha parallel uzunasiga joylashgan shilinishlar kuzatiladi. Barmoqlar bilan o’yish 
tufayli yarim yumaloq yoki oval shaklli juft qontalashlar yuzaga keladi. Tabiiy 
teshiklarga (og’iz bo’shllig’i, burni, jinsiy yoriqlar, orqa chiqaruv teshigi) 
barmoqlar tiqilishidan yumshoq to’qimalarning yirtilishi aniqlaniladi. Ko’z 
olmasining barmoq bilan o’yib olish hollari ham mavjud.
Kaftning keng tomoni bilan urilganda hech bir ob’ektiv belgilar 
qoldirmaydi. Qo’lning qirrasi bilan bo’yin qismiga urilishi juda xavfli bo’lib, 
bo’yin umurtqasining sinishi va orqa miyaning jarohatlanishi sababchisi 
hisoblanadi.
Mushti bilan ko’pincha yuziga, bo’yinning oldingi yuzasi, ko’kragi va 
qorniga uriladi. Boshida qontalashlar, ba’zan shilinishlar paydo bo’ladi.
Lat egan yaralar suyakning turtib chiqkan joyida to’g’ridan to’g’ri teri tagida 
(qoshining usti, ko’z kosasining pastki qismi, yonoq suyagi, pastki jag’i) ko’zga 
tashlanishi mumkin. Og’iz bo’shlig’iga urilishda ko’pincha tishdan shilinishlar va 
lat eb-yirtilgan yaralar hosil bo’ladi Musht bilan kuchli urilganda suyaklar (burun 
suyaklari, yonoq suyagi, pastki jag’i) va tishlari jarohatlanishi, boshiga urilganda 
bosh miya chayqalishi mumkin. Mushti bilan bo’yinning oldingi yuzasiga 
urilganda ko’pincha hiqildoq tog’ayining sinishi kuzatiladi. Ko’krak qafasi va 
qorniga urilishda tush suyagi va qobirg’alarning sinishi, qorin bo’shlig’i 
organlarining yorilishi sodir bo’ladi. Sud tibbiyoti amaliyotida mushti bilan 
refleksogen zonaga (bo’yinning oldingi yonbosh qismiga, quyosh chigaliga) 
urilishdan o’lim sodir bo’lishligi ko’rsatilgan.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   385




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish