Tibbiyot instituti talabalari uchun


XI-BOB. MEXANIK ASFIKSIYA



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/385
Sana21.03.2022
Hajmi6,49 Mb.
#504905
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   385
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

XI-BOB. MEXANIK ASFIKSIYA
11.1. Gipoksiya va mexanik asfiksiya haqida tushuncha
Hayotni bir maromda saqlab turish uchun boshqa sharoitlardan tashqari 
organizm uchun etarli darajada kislorod miqdori zarur. Tashqi muhit o’zgarishlari 
yoki organizmdagi o’zgarishlar kislorod etishmovchiligiga sabab bo’lishi mumkin. 
Bunga gipoksiya deyiladi. Bu o’z navbatida odamni sog’lig’ini buzilishiga va xatto 
tezda o’limga olib kelishiga sababchi bo’lishi ham mumkin. O’zining kelib 
chiqishiga ko’ra gipoksiyaning gipoksemik, qonda qislorodning kamayishi 
(gemik), tsirkulyator va to’qimaga aloqador turlari mavjud.
Sud tibiyoti amaliyotida o’tkir kislorod etishmovchiligining har xil turlarini 
o’rganish muhim ahamiyatga egadir. Bular qatoriga asfiksiya kiradi.
Asfiksiya, bu o’tkir o’tadigan patologik jarayon bo’lib, qonda va organizm 
to’qimalarida kislorodning etishmovchiligi tufayli organizmda ko’p miqdorda 
karbonat angidridni to’planishi bilan xarakterlanadigan jarayondir.
Organizmga mexanik faktorlarning ta’siri tufayli chaqirilgan asfiksiyaga 
mexanik asfiksiya deyiladi. Mexanik asfiksiya o’pkada nafas olishning o’tkir 
buzilishi, kon aylanishi va markaziy nerv sistemasi faoliyatining buzilishi bilan 
xarakterlanadi. Bir necha minut ichida asfiksiya holati o’lim bilan tugashi mumkin. 
Kamdan kam xollarda odamni asfiksiya holatidan tiriltiriladi. Ko’pchilik hollarda 
tiriltirilganlar ham ma’lum muddatdan keyin pnevmoniyadan yoki markaziy nerv 
sistemasi funktsiyasidagi qaytmas o’zgarishlardan o’lib kolishi mumkin.
Mexanik asfiksiyaning klassifikatsiyasi
Tashqi faktorning ta’sir qilish joyi va xarakteriga qarab mexanik asfiksiya 
quyidagi turlarga bo’linadi:
I. Siqilish tufayli vujudga kelgan asfiksiya. Bunga quyidagilar kiradi:
1)
strangulyatsion asfiksiya (osish, sirtmoq bilan bo’g’ish, qo’l bilan 
202


bo’g’ish);
2)
kompression asfiksiya (ko’krak qafasi va qorin bo’shlig’ini 
siqilishi).
II. Yopilish tufayli sodir bo’lgan asfiksiya. Bunga:
1)
obturatsion asfiksiya (og’iz bo’shlig’i va burun, nafas olish 
yo’llarining yot jismlar bilan yopilishi);
2)
aspiratsion asfiksiya (sochiluvchan jismllar, suyuqliklar, qusuq 
massalarining yutilishi);
3)
cho’kish (asfiksik, «quruq», haqiqiy, «nam».
III.Chegaralangan yopiq bo’shliqda sodir bo’lgan asfiksiya (boshiga 
tsellofan xaltasini kiygizish, yopiq xonada sodir bo’lgan asfiksiyalar).
Mexanik asfiksiyalar ichida eng ko’p uchraydigani osish (60 foizga yaqin) 
va cho’kish (30 foizgacha), qolganlari esa ancha kam uchraydi.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   385




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish