FOLAT TANQISLIK KAMQONLIGI
Folat tanqislik kamqonligi (FTK) megablast kamqonlikguruhiiga kiradi. Megablast kamqonlik (MK) - samarasiz eritropoez natijasidagi kamqonlik bo’lib, eritrotsitlarning shakllanishi va morfologiyasining o’zgarishi bilan harakterlanadi.
FTK kam uchraydigan kasallik, ko’krak yoshidagi bolalarda, asosan chala tug’ilganlarda kuzatiladi.
Etiologiyasi va patogenezi. Yetuk tug’ilgan, ratsional tabiiy ovfatlanishda bo’lgan chaqoloqlarda folat kislotaga talab qoniqarli bo’ladi. Sabablari: absobrtsiyaning tug’ma buzilishi va folat almashinuvining buzilishi (kam hollarda), orttirilgan malabsorbtsiya (tseliakiya, ekssudativ enteropatiya);
chala tug’ilganlarda folat kislotaga bo’lgan talab yuqoriligi, gemolitik anemiyalar, ba’zi bir dorilar bilan davolanganda (metotreksat; sulfanilamidlar; silga qarshi dorilar), uzoq davom etuvchi infektsiyalar.
Folat kislota tanqisligi kamqonligi echki suti bilan boqilgan bolalarda kuzatiladi. Suyak iligida va periferik qonda megablast o’zgarishlar 3-3,5 oydan keyin paydo bo’ladi.
Og’irlik darajasiga qarab klassifikatsiya qilinadi.
Klinikasi. CHala tug’ilgan bolalarda 3-6 oyligidan boshlab, lanj, anoreksiya, glossit, diareya, qon talashlar va bakterial infektsiya yuzaga keladi. Periferik qonda megablast o’zgarishlar, neytropeniya neytrofillar o’lchami kattalashgan, trombotsitopeniya kuzatiladi. Nevrologik buzilishlar harakterli emas.
Diagnostikasi. Periferik qonda eritrotsitlar orasida megalotsitlar ustunlik qiladi – 10 dan 12 mkmgacha diametrdagi hujayralar, aylana yoki ellips shaklida bo’ladi. Eritrotsitlarning o’rtacha hajmi 100 dan 146 flga teng. Periferik qon surtmasida anizotsitoz va poykilotsitoz, neytrofillar gipersegmentatsiyasi aniqlanadi. Suyak iligida eritroidli giperplaziya va barcha gemopoetik hujayralarning katta o’lchami harakterlidir.
Differentsial diagnostikasi. V12 tanqislikli kamqonlik bilan o’tkaziladi. Vit12 tanqislikligi kamqonligida peshobda metilmalon kislotasi ajralishi ko’tarilgan, uni folat kislota kamqonligidan farqlaydi.
Davosi. Folat kislota ichishga sutka davomida 2-5 mgdan tavsiya qilinadi, 3 kundan keyin samara bilinadi, davo muddati 3 kundan kam bo’lmasligi kerak. Bemorlarda davo samarasi bo’lmasa, vit 12 tanqisliklik kamqonligi haqida o’ylash kerak. So’rilish nuqsonida folat kislota parenteral tavsiya qilinadi. CHala tug’ilganlarga 2 oyligidan boshlab, talvasaga qarshi va silga qarshi sulfanilamidlar bilan davo olganlarga, tseliakiya bilan kasallanganlarga va malabsorbtsiyaning boshqa shakllarida har kuni folat kislotasi 0,2-0,5 mg dozada tavsiya qilinadi.
Ma’ruza №3.
Mavzu: Normada oshqozon-ichak tizimining anatomo-fiziologik xususiyatlari. O’zgarishlar semiotikasi. Oshqozon-ichak tizimining funktsional buzilishlari. Oqsil-energetik tanqislik. Ovqat yetishmovchilik va semizlik.
Do'stlaringiz bilan baham: |