Sistemaning ichki energiyasi
Ichki energiya U – termodinamik sistemaning eng asosiy xarak
teristik funksiyasidan biridir. Ichki energiya – molekula harakati,
atom va atomlar guruhi tebranma harakatining energiyasi, yadro
energiyasi va boshqa xil energiyalarning yigʻindisidir. Kinetik va
potensial energiyalar ichki energiyaga kirmaydi.
Jismdagi ichki energiyaning mutloq miqdorini oʻlchab boʻl
maydi, masalan, biz kislorod yoki vodorod molekulasi ichki energi
yasining umumiy miqdorini oʻlchay olmaymiz, chunki, modda har
qancha oʻzgarmasin, u energiyasiz boʻla olmaydi. Shuning uchun,
amalda jismning holati oʻzgargan vaqtda ichki energiyaning kamay
ishi yoki ortishinigina aniqlay olamiz. Masalan, 2 hajm vodorod
1-kurs talabalari uchun darslik
324
bilan 1 hajm kislorod aralashmasining ichki energiyasini U
1
bilan
ifodalasak. Aralashmani elektr uchquni yordamida portlatilsa, suv
bugʻi hosil qilinadi. Bunda sistemaning ichki energiyasi U
2
qiymat
gacha oʻzgaradi.Aralashma portlagach, sistemada ichki energiya U
1
dan U
2
ga oʻzgaradi:
Δ U = U
2
U
1
Bunda: ΔU ichki energiyaning oʻzgarishi; uning qiymati faqat
U
1
va U
2
larga, yani sistemaning dastlabki va oxirgi holatiga bogʻliq,
ammo sistema bir holatdan ikkinchi holatga qay usulda oʻtganligiga
bogʻliq emas.
Har qanday ish va harakat energiyani talab etadi. Aslida energi
ya – bu bajarilgan ishdir. Energiyaning yoʻq boʻlib ketmasdan bir
turdan ikkinchi turga aylanishini Nikolo Leonar Sadi Karno (1796–
1832) tushuntirib bergan. U bilan bir qatorda koʻpgina olimlar bu
nazariya ustida ish olib borganlar.
Termodinamikaning birinchi qonuni energiyaning saqlanish
qonuni boʻlib, issiqlik ajratish, yutish va ish bajarish bilan bogʻliq
boʻlgan hodisalarga tatbiq etiladi. Termodinamikaning birinchi
qonuniga koʻra, energiya yoʻqolmaydi va yoʻqdan bor boʻlmaydi.
Agar biror jarayon davomida energiyaning bir turi yoʻqolsa, uning
oʻrniga ekvivalent miqdorda boshqa bir turi paydo boʻladi. Qonunga
shunday ta’rif berilgan: agar biror-bir sistemaga ma’lum miqdorda
Q issiqlik berilsa, u holda Q miqdori sistema ΔU ichki energiyasi-
ning ortishiga va tashqi kuchlarga qarshi bajarilgan A ishga sarf
boʻladi. Bu qonunning matematik ifodasi quyidagicha ifodalanadi.
Q = Δ U + A
Bunda: ΔU – sistema ichki energiyasining oʻzgarishi,
Q – sistemaga berilgan issiqlik miqdori,
A – porshen koʻtarilishi uchun bajarilgan ish.
Faraz qilaylik, biz koʻrib chiqayotgan sistema bu rasmda koʻr
satilgandek, silindrga joylashtirilgan gaz boʻlsin. Silindrga erkin
harakatlanuvchi porshen oʻrnatilgan. Porshenning harakati bosimni
oʻzgartiradi, bunda hajm ham oʻzgaradi. Porshen yordamida gazni
Tibbiy kimyo / 1
325
siqsak, bosim ortadi, hajm kamayadi, ish
bajariladi.
ΔU = Q - pΔV
Bunda: p – sistemaning bosimi
ΔV – sistema hajmining oʻzgarishi
pΔV = A boʻlganligi uchun,
ΔU = Q A
koʻrinishida yozish ham mumkin.
Bu formula sistemaga berilgan issiqlik
ichki energiyaning ortishiga sarflanishi
ni ifodalaydi:
Q= Δ U + pΔ V
Yuqorida keltirilgan misol fizik jarayonni ifodalaydi. Kimyoviy
jarayonlar uchun ham bevosita termodinamika qonunlari tatbiq eti
ladi. Bunda ichki energiya sistemaning holat funksiyalaridan biri si
fatida qaraladi. Kimyoviy termodinamikada asosan, atom, molekula
va ionlar hamda ularning elektron konfiguratsiyalarida boradigan
oʻzgarishlar sifatida koʻrib chiqilgani uchun, sistemaning holati
kimyoviy tarkib bilan va uchta asosiy parametrlar bilan belgilanadi.
Bular: Harorat – T, Bosim – p, Hajm – V
Odam organizmida jarayonlar oʻzgarmas harorat va bosimda
boradi.
Oʻzgarmas haroratda oʻtadigan jarayon – izotermik jarayon
deyiladi. Bunday jarayon asosan termostatda boradi. Q
T
= pΔ V
Q
T
– izotermik jarayon issiqlik effekti.
Oʻzgarmas hajmda oʻtadigan jarayonlar – izoxorik jarayon
deyiladi. Bularga yopiq idishda oʻtadigan jarayonlar kiradi. Q
v
= Δ U
Q
v
izoxorik jarayon issiqlik effekti.
Oʻzgarmas bosimda boradigan jarayon – izobarik jarayon deyi
ladi (ularga atmosfera bosimida yoki odam organizmida kechadigan
jarayonlar misol boʻladi). Bunda sistemaga berilgan issiqlik miqdori
uning ichki energiyasini oshirishga va tashqi kuchlarga qarshi ish
bajarishga sarf boʻladi.
1-kurs talabalari uchun darslik
326
Q
p
= Δ U + A
Q
p
– izobarik jarayon issiqlik effekti.
A= p ΔV formulaga koʻra, p= const boʻlganda hajm ham oʻgar
maydi va formulada Qp = ΔU holat kuzatiladi. Demak, izobarik
jarayonda (organizmdagi holatda ham p= const) berilgan issiqlik
sistemaning entalpiyasini oʻzgartirishga sarf boʻladi:
Qp = Δ H; Δ H = H
2
– H
1
Entalpiya p=const boʻlgan sistema energiyasidir. H – entalpiya,
ya’ni issiqlik saqlami deyiladi. Oʻzgarmas bosimda borayotgan ja
rayonning issiqlik effekti sistema issiqlik saqlamining oʻzgarishiga
tengdir. H – entalpiya ham sistemaning holat funksiyasi boʻlgani
sababli uning absolut qiymatini hisoblab boʻlmaydi, ichki energiya
kabi bir holatdan ikkinchisiga oʻtishidagi farq sifatida aniqlanadi.
Entalpiya termodinamik funksiya boʻlib, T, V, p va U kabi sistema
xossalarini ifodalaydi.
Koʻpchilik kimyoviy reaksiyalar, shu jumladan tirik organizm
da boradigan reaksiyalar oʻzgarmas bosimda boradi, shuning uchun,
izobarik jarayonga alohida ahamiyat beramiz. Odam organizmida
nafaqat p= const, balki, V=const, holatda jarayonlar sodir boʻladi.
Demak, odam organizmidagi biologik jarayonlar issiqlik effektining
umumiy qiymati biosistemalar entalpiyasining oʻzgarishi, sistema
tomonidan ish bajarish, va birlamchi issiqlik energiyasini hosil qil
ishga sarf boʻladi.
Ekzotermik reaksiyalarda issiqlik ajraladi, ya’ni sistemaning
entalpiyasi va ichki energiyasi kamayadi. Shuning uchun, bunday
reaksiyalar uchun ΔH va ΔU manfiy sonlardir. Endotermik reaksi
yalarda issiqlik yutiladi, sistemaning entalpiyasi va ichki energiya
si oshadi, shuning uchun ΔH va ΔU musbat ishoraga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |