Tibbiy kimyo 1 qism 22 09 2019. indd


Termodinamikaning asosiy tushunchalari



Download 13,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet219/331
Sana06.08.2021
Hajmi13,81 Mb.
#139696
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   331
Bog'liq
tibbiy kimyo. 1-qism. bioanorganik kimyo

15.3. Termodinamikaning asosiy tushunchalari

Termodinamikaning vazifasi – turli sistemalarning xossalari­

ni va ularda boʻlayotgan jarayonlarni, ya’ni ish, issiqlik va barcha 

turdagi energiyalarni oʻzaro aylinishining miqdoriy qonuniyatlari­

ni  oʻrganishdir.  Termodinamikada qoʻllanadigan boshlangʻich tu­

shunchalar bilan tanishamiz.

Tabiatda koʻp uchraydigan erish, sovish, isish, oksidlanish­qay­

tarilish, kristallanish, kondensatlanish kabi jarayonlarni termodin­




1-kurs talabalari uchun darslik

320


amika qonunlari asosida talqin qilinishi maqsadga muvofiq boʻladi. 

Umumiy  termodinamikani  oʻrganishdan  avval  shu  boʻlimda  keng 

qoʻllaniladigan  sistema  deb  ataluvchi  tushuncha  bilan  tanishamiz. 

Tashqi muhitdan amalda yoki fikran ajratib olingan va bir­biriga ta’sir 

etib turadigan moddalar yoki jismlar guruhi sistema deb ataladi.

Sistemalarni uch turi mavjud:



• Ochiq sistemalar – bunda sistema va tashqi muhit oʻzaro mod­

da va energiya almashish imkoniyati bor. Ochiq sistemalarga – tirik 

organizm, hujayra, biron organ misol boʻladi.

• Yopiq sistemalar – bunda sistema va tashqi muhit oʻzaro faqat 

energiya bilan almashishi mumkin, modda bilan almashmaydi. Ma­

salan, muzlatgich, isitgichlar va sovutgich asboblar.

• Izolatsiyalangan sistemalar – bunda sistema va tashqi muhit 

energiya  bilan  ham,  modda  bilan  ham  oʻzaro  almashmaydi.  Bu 

oʻzgarmas hajmga ega sistemadir.

Termodinamikada qoʻllanadigan tushunchaning yana biri faza­

dir.

Faza – geterogen sistemadagi bir xil tarkibga va bir xil ter-

modinamik xossalarga ega boʻlgan gomogen qismlarning yigʻindi-

sidir. Gomogen sistema – bir fazali sistema, geterogen sistema – bir 

necha  fazali  sistemadir,  demak,  geterogen  sistemaning  gomogen 

qismlari fazalardir. Agar suv oʻz bugʻi bilan muvozanatda boʻlsa – 

bu ikki fazadan (suyuq va bugʻ holatdagi suv) iborat sistema boʻla­

di. Tuzning toʻyingan eritmasi, tuz kristallari va suv bugʻidan iborat 

sistema – uch fazali sistemadir. Quruq tuz – bir fazali sistemadir.

Idishdagi gaz, odam organizmi yoki organ, hujayra va shu 

kabilarni  sistema  deyish  mumkin.  Sistema  atrofidagi  moddalar  – 

tashqi  muhitni  tashkil  qiladi.  Biron  asbobda,  chunonchi  kolbada, 

probirkada,  sovutgich  mashinalarida,  retifikatsion  kolonkalarda, 

atom reaktorlarida boʻlayotgan turli kimyoviy hamda fizikaviy ja­

rayonlar sistemaning holatidir.



Sistemaning  berilgan  vaqtdagi  fizik  va  kimyoviy  xossalari 

toʻplami  sistemaning  holati deb ataladi. Bu xossalardan birorta­


Tibbiy kimyo / 1  

321


sining  oʻzgarishi  boshqalarining  ham  oʻzgarishiga  sabab  boʻladi. 

Sistemaning holati ma’lum bir kattaliklar bilan belgilanadi. Turli 

holatda ularning qiymati turlicha boʻlishi mumkin. Sistemaning ho-

latini ifodalaydigan sonlar parametrlar deyiladi. Bularga bosim, 

hajm, harorat, energiya, modda miqdori va hokazolar kiradi. Mas­

alan, sogʻlom va kasal odamning holatini harorat, bosim, biologik 

suyuqliklarning kimyoviy tarkibi va hokazo parametrlar ifodalaydi.



Sistema holatining vaqt oʻtishi bilan oʻzgarishi – termodina-


Download 13,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish