Tibbiy kimyo 1 qism 22 09 2019. indd


 Yodometrik titrlashning toʻgʻridan-togʻri usulida qanday



Download 13,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet209/331
Sana06.08.2021
Hajmi13,81 Mb.
#139696
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   331
Bog'liq
tibbiy kimyo. 1-qism. bioanorganik kimyo

8. Yodometrik titrlashning toʻgʻridan-togʻri usulida qanday 

moddalar miqdorini aniqlash mumkin?

A) oksidlovchilarning;    B) oksidlovchi va qaytaruvchilarning; 

D) qaytaruvchilarning;    E) toʻgʻri javob yoʻq.

9.  Yodometrik  titrlashning  qayta  titrlash  usulida  qanday 

moddalarning miqdorini anilash mumkin?

A) kislotalar;  

B) keton va aldegidlarg; 

D) asoslar;  

E) toʻgʻri javob yoʻq.



1-kurs talabalari uchun darslik

300


14

IChKI KOMPLEKS 

BIRIKMALAR. 

KOMPLEKSONOMETRIYA 

USULI

Tabiiy suv tarkibida har doim turli moddalar mavjud. Ular su­

vning ta’miga, hidiga, elektr oʻtkazuvchanligi va boshqa xususiyat­

lariga ta’sir qiladi. Siz boshqa joyga koʻchib borganingizda yoki dala 

hovlingizda kir yuvganingizda odatda ishlatadigan sovuningiz ba’zan 

yaxshi  koʻpirmay  qolgan  holatlarga  duch  kelgan  boʻlsangiz  kerak. 

Sovun  yaxshi  emasmi? Yoʻq,  gap  sovunda  emas,  suvda!  Siz  duch 

kelgan suv kir yuvish uchun yaroqli emas, buning sababi uning xus­

usiyatlaridan biri ­ qattiqlikdir. Uning qiymati 

suv tarkibidagi Ca

2+

 va Mg


2+

 ionlarining miq­

doriga bogʻliq. Qattiqlik 4–7 mg·ekv/l ga teng 

boʻlsa, uni iste’molga yaroqli deb hisoblanadi 

va u nafaqat xoʻjalikda, balki, odam organizmi 

uchun maqbul holatda boʻladi. 

Suv muhim biologik jarayonlarda ish­

tirok etadi: u hujayra tarkibidagi tuzulmalarni bogʻlovchi asosdir, 

DNK ni turli jarohatlardan himoyalaydi, ularni qayta tiklanishi sa­

maradorligini oshiradi hamda anomaliyalar sonini kamaytiradi. Suv 

ovqatdagi hayotiy zarur moddalarni hazim qilishda ishtirok etadi va 

hosil boʻlgan moddalarni butun organizm boʻylab tashiydi, oʻpka­

da eritrotsitlarning kislorod bilan toʻyinishini ta’minlaydi. Qattiqlik 

qiy mati  4–7  mg·ekv/l  dan  baland  boʻlsa  oshqozon  –  ichak  siste­

masiga zarar yetkazadi. Ushbu qiymatni aniqlab, suvni tekshirishda 

kompleksonometrik titrlash usulidan foydalaniladi.




Tibbiy kimyo / 1  

301


Odam  va  hayvon  organizmida  hamda  oʻsimliklar  tarkibidagi 

koʻplab moddalar kompleks birikmalardir. Ular biometallar va li­

gandlardan tashkil topgan yuqori darajali birikmalardir. Biomuhit­

larda metall ionlarining taqsimlanishi ularning ligandlar bilan hosil 

qilgan kompleksining barqarorligiga va ligandlarning konsentratsi­

yasiga bogʻliq boʻladi. Metall kationlarining organizmga kiritilishi 

metabolizm, kationlarning chiqarilishi elementoz gomeostaz  jara­

yoni bilan boshqariladi.

Ba’zan odam organizmida metalloligand gomeostaz sistemasi­

ning buzilishi kuzatiladi. Ushbu oʻzgarish noorganogen metall ka­

tionlarning koʻpayishi, biogen metall kationlarining ortib yoki ka­

mayib ketishi oqibatida yuzaga keladi. Bunda noorganogen metall 

kationlarni odam organizmidan chiqarib yuborish, biogen metall ka­

tionlari miqdorini me’yorlashtirishga qaratilgan davolash choralari 

olib boriladi. Noorganogen metall kationlarni odam organizmidan 

chiqarib yuborish uchun tibbiyotda maxsus yoʻnalish ­ xelatoterapi-



ya yuzaga kelgan. Bunda kompleksonlar yordamida metalloligand 

balansi tiklanadi. Masalan, organizmga Cd

2+

 ionlari kirib kelishi 



natijasida karboangidraza fermentlari bilan mustahkam kompleks 

hosil qiladi. Ferment tarkibidagi Zn

2+

 ionlarini siqib chiqarib fer­



ment oʻz faolligini yoʻqotishiga olib keladi.

Toksik elementlar odam organizmidagi bioligandlar bilan 

bogʻlanib,  zaharli  ta’sir  koʻrsatadi.  Ularni  chiqarib  yuborish 

uchun  organizmdagidan  barqarorroq  kompleks  (toksik  element 

bilan) hosil qiluvchi ligandlar (kompleksonlar) kiritiladi. Xela­

toterapiyada qoʻllanadigan ligandlar antidotlar (zaharga qarshi 



moddalar) deb ataladi. 

Ular oʻz tarkibida bir nechta funksional guruhlar tutadi, bu 

guruhlar noorganogen element bilan 5 yoki 6 a’zoli halqa (xe­

latlar)  hosil  qilib  eruvchan  kompleks  birikmalarga  aylanadi  va 

odam organizmidan chiqib ketadi. Antidotlar bu xususiyati bilan 

barqaror kompleks hosil qila oladi va ligand ­ ligand raqobatida 

qatnasha oladi. 



1-kurs talabalari uchun darslik

302



Download 13,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish