Tibbiy kimyo / 1
297
latiladi. Ma’lumki, kraxmal yod bilan birikib, koʻk tusli adsorbsion
birikma hosil qiladi, kraxmal eritmasidan foydalanilganda, titrlash
oxirida suyuqlikka yod eritmasidan ortiqcha bir tomchi qoʻshilishi
bilan u koʻk tusga kiradi, natijada titrlashning oxirgi nuqtasi aniqla
nadi.
Qaytaruvchilar miqdorini toʻgʻri titrlash bilan bir qatorda qayta
titrlash usuli orqali ham aniqlash mumkin. Aniqlanayotgan modda
bilan yodning ekvivalent miqdori reaksiyaga kirishadi:
HCHO + I
2
+ 2NaOH = HCOOH +2NaI +H
2
O
Bunda tekshirilayotgan eritmaga ortiqcha miqdorda titrlangan
yoʻd eritmasi qoʻshiladi. Yoʻdning ortiqcha qismi ishchi eritma
natriy tiosulfat bilan titrlanadi. Shunday qilib, yoʻdning umumiy
va reaksiyaga kirishmagan qismlarini bilgan holda tekshirilayotgan
moddaga ekvivalent boʻlgan yoʻd miqdori hisoblab topiladi.
2Na
2
S
4
O
3
+ I
2
= Na
2
S
4
O
6
+ 2NaI
Bu jarayonda ham kraxmal indikator sifatida ishlatiladi. Birin
chi reaksiyada kraxmal hisobiga koʻk rangga kirgan eritma ikkinchi
reaksiyada toʻliq rangsizlanadi va reaksiya tugaganini bildiradi. Har
bir titrlash usulida tekshirilayotgan modda miqdori ekvivalentlar
qonuniga asosan hisoblab topiladi. Demak, yodometriya usuli bilan
qaytaruvchilarning (H
2
SO
3
, H
3
AsO
3
, SbO
3
ning tuzlari, erkin H
2
S,
SnCl
2
va boshqalar) va oksidlovchilarni (Cl
2
, Br
2
, KMnO
4
, KC1O
3
,
H
2
O
2
, Cu+2, Fe+3 va boshqalar) aniqlash mumkin.
Yodometrik titrlash usulining afzalliklari:
1. Yodometrik usul bilan koʻpgina I
2
va I bilan reaksiyaga
kirishmaydigan moddalarni ham aniqlash mumkin.
2. Boshqa oksidlanishqaytarilish usullariga nisbatan aniqlik
darajasi yuqori;
3. I
2
oʻziga xos rangga ega boʻlganligi sababli ekvivalent
nuqtani indikatorsiz ham aniqlash mumkin;
4. I
2
suvli eritmadan tashqari organik erituvchilarda yaxshi eriydi,
shu sababli titrlashni suvsiz eritmalarda ham olib borish mumkin.
Yodometrik titrlash usulining кamchiliklari:
1-kurs talabalari uchun darslik
298
1. I
2
uchuvchan;
2. I havo O
2
ta’sirida oksidlanadi: 4I+ O
2
+4H+ ↔ 2I
2
+2H
2
O
3. Yodometrik titrlash usulini ishqoriy muhitda olib borish
mumkin emas, chunki bunda disproporsiyalanish reaksiyasi boradi;
4. Oksidlanishqaytarilish reaksiyasi sekin boradi;
5. Reaksiya natijasida hosil boʻlgan choʻkma yoki boshqa aktiv
moddalarda I
2
adsorbsiyalanishi kuzatiladi.
6. Standartlangan I
2
va Na
2
S
2
O
3
eritmalari vaqt o ‘tishi bilan
titrini oʻzgartiradi.
Yodning 2–5% eritmasi, antiseptik vosita sifatida qoʻllaniladi,
10% li eritmasi jarrohlikda ishlatiladi.Bundan tashqari odam orga
nizmida uning yetishmasligi turli kasalliklarga sabab boʻladi va
bunda yodask, yodomarin, yodid kabi yod saqlovchi preparatlar tav
siya etiladi. Organik birikmalar kimyosida moylardagi yod sonini
aniqlash – uning qoʻshbogʻga birikishi bilan moylarning toʻyinma
ganlik darajasi aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |