14.1. Ichki kompleks birikmalar
Turli kationlar bilan organik reagentlardan hosil boʻladigan ich
ki kompleks birikmalar analitik kimyoda alohida ahamiyatga ega.
Kimyoviy analizda birinchi boʻlib 1884yilda M.A.Ilinskiy kobaltni
ochishda organik reaktivlardan αnitrozo Pnaftoldan foydalangan.
1905yilda L.A.Chugayev Ni
2+
kationini ochishda dimetilgliok
simni qoʻllagan. Shundan soʻng organik reagentlar keng qoʻllanila
boshlandi.
Agar organik modda molekulasida metall bilan bogʻlana ola
digan biror guruh bilan birga, ligand sifatida elektron juft saqla
gan boshqa guruhi boʻlsa, kation u bilan koordinatsion bogʻ orqali
bogʻlanadi. Natijada hosil boʻladigan tuzlar ichki kompleks tuzlar
deb aytiladi. Ni
2+
ning dimetilglioksim bilan hosil qilgan birikmasi
ham ichki kompleks tuzdir. Uning hosil boʻlish reaksiyasini quyida
gi tenglama orqali koʻrsatish mumkin:
Ichki kompleks birikma hosil qiluvchi ligandlar tarkibida metal
ga almashadigan vodoroddan tashqari taqsimlanmagan elektron jufti
saqlagan funksional guruhlar saqlovchi organik birikmalar boʻladi.
Bunday organik birikmalar metall ionlari bilan reaksiyaga kirishi
shi natijasida kompleks birikmalar hosil qiladi, ular valent bogʻidan
tashqari elektron juft hisobiga koordinatsion (donorakseptor) bogʻ
hosil qiladi. Natijada metall ionini kovalent yoki ion bogʻi va koor
dinatsion bogʻ yordamida mustahkam bogʻlab, metall ionini ligand
ichiga tortilishi kuzatiladi. Shuning uchun bu birikmalar ichki kom
pleks nomi bilan ataladi.
Ichki kompleks birikmalarning molekulalari siklik (halqasi
mon) tuzilishga ega. Ularda odatda 5 va 6 a’zoli mustahkam halqa
Tibbiy kimyo / 1
303
hosil boʻladi. Suvda yaxshi va oz eriydi, koʻpincha yorqin rangga
ega boʻlib, kam ionlanadi. Ular odam organizmida alohida ahami
yat kasb etadi, chunki, koʻpchilik metalloproteidlarning oqsil qismi
metall ionlari bilan shu mexanizm boʻyicha bogʻlangan.
Ushbu birikmalar tarkibidagi ligandlar polidentant tabiatga ega
boʻlib, tarkibida 2 va undan ortiq funsksional guruh saqlaydi:
1. Almashinish reaksiyasi hisobiga qutbli kovalent bogʻ hosil
qiladigan guruhlar: COOH, NH
2
,NH, OH, HS va boshqalar.
2. Elektron juftlar donori boʻlgan guruhlar: N, >NH, >CO,S–va
boshqalar. Ichki kompleks birikmalar tarkibidagi ligandlar komplek-
sonlar deb ataladi. Odatda, metall ionlari va kompleksonlarning nis
bati 1:1 boʻladi. Kompleksonlar jumlasiga aminopolikarbon kislota
lar va ularning hosilalari, aminosirka kislota (glitsin), etilendiamint
etrasirka kislota va uning ikki natriyli tuzi (komplekson III) kiradi.
Tabiatda xlorofil magniyning kompleksi boʻlib, quyidagi koʻri
nishga ega boʻladi. Kompleksonlardan etilendiamin tetrasirka kis
lota (EDTA) va uning ikki natriyli tuzi komplekson III yoki trilon B
deb nomlangan tuzi katta ahamiyatga ega. Ichki kompleks birikma
larda metall ionlari ligand bilan turli xil bogʻlar orqali bogʻlangan
boʻlib, kompleks birikma eritma holga oʻtganda oʻzining avvalgi
xossalarini saqlab qolmaydi. Komplekson III ning turli xil metal
lar bilan hosil qilgan ichki kompleks birikmalari koʻpincha yorqin
rangli boʻlib, ular analitik kimyoda kationlarni aniqlashda reagent
vazifasini bajaradi. Komplekson III miqdoriy analizda metall ionla
rini kompleksonometrik usulda aniqlashda keng qoʻllanadi. Bu usul
1945 yili G.Shvarsenbax tomonidan topilgan.
Ichki kompleks birikmalar organizmning hayot faoliyatida kat
ta ahamiyat kasb etadi, chunki kislorodni oʻpkadan toʻqimalarga
tashish vazifasini bajaruvchi gemoglobinning murakkab molekulasi
(Mr≈67000), oʻzining tarkibida prostetik (nooqsil) guruh yoki gemni
saqlaydi va bu birikmani ichki kompleks birikmalar qatoriga kiradi.
Oʻsimlik hayotida katta ahamiyat kasb etuvchi xlorofil, ichki
kompleks birikmalar jumlasiga kirib, unda kompleks hosil qiluvchi
1-kurs talabalari uchun darslik
304
ion vazifasini magniy ioni bajaradi. Koʻpchilik fermentlar moleku
lalari ham ichki kompleks birikmalar turkumiga kirib, ularda kom
pleks hosil qiluvchi atom vazifasini temir, rux, kobalt, mis, mar
ganets, magniy va boshqalar bajaradi.
Kompleks hosil boʻlish jarayoni yoʻnalishlaridan yana biri
raqobatlashgan koordinatsiyalanishdir. Buni quyidagi misollar bilan
tushuntirish mumkin.
– Ligand raqobati:
[Cd (Cly)]
+
+ TpB (γ
–4
) [Cd (γ)]
2
+ Gly
–
lg β =4,80 lg β =16,46
– Metall raqobati:
Fe(Ala)
2
+ Hg
2+
[Hg(Ala)
2
] + Fe
2+
lg β =7,3 lg β =18,8
Bu ikki raqobat turi odam organizmida biometallar ishtirokida
boradigan va qator zaharlanish hollarining mexanizmlarini tushun
tirishni asosiy mezonlari sifatida qaralishi mumkin. Qator davolash
usullari aynan shu ikki holatga asoslangandir (xelatoterapiya).
Noorganogen elementlarning toksik oqibatlarining klinik
namo yon boʻlishi 8–12 soatgacha davom etadi. Antidotlarning ijo
biy ta’siri esa ularni oʻz vaqtida 18–12 soat oraligʻida kiritilishiga
bogʻliq.
Tibbiyotda unitiol, dimerkaprol (BAL), dimerkaptoqahrabo
kislota, penitsilamin, aurintrikarbon kislota, etilendiamin tetrasirka
Tibbiy kimyo / 1
305
kislota (EDTA), etilendiamin tetrasirka kislotaning ikki natriyli tuzi,
pentatsit va boshqalarqoʻllanadi:
Ba’zi holatlarda ogʻir metallarni organizmdan chiqarib yuborish
uchun makrotsiklik ligandlar ishlatiladi, masalan, kriptandlar. Bu
antidotlarning afzalligi ma’lum bir metall ioniga bogʻlanishi, y’ani
tanlab ta’sir etishidir. Masalan, u Zn
2+
va Ca
2+
bilan kompleks hosil
qilmaydi, noorganogen Cd
2+
, As
3+
lar bilan barqaror kompleks birik
1-kurs talabalari uchun darslik
306
ma hosil qilib, ularni oʻziga boʻlab oladi va organizmdan chiqarib
yuboradi. Tibbiyotda bir nechta ogʻir metallar bilan zaharlanishda
davolash, mos kelgan ikki va undan ortiq antidotlar bilan amalga
oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |