1-kurs talabalari uchun darslik
226
lama boʻyicha qoʻshilgan kuchli kislota ekvivalent miqdor kuchsiz
kislota (kuchsiz asos) yoki qoʻshilgan ishqor ekvivalent miqdordagi
tuz bilan almashinadi:
Qoʻshilayotgan kislota bufer sistemaning komponentlaridan
biri CH
3
COONa bilan quyidagicha reaksiyaga kirishadi:
CH
3
COONa + HCl→ CH
3
COOH + NaCl
Bunda CH
3
COONa ning bir qismi CH
3
COOH ga oʻtadi. Bu
ning oqibatida vodorod ionlari toʻliq kuchsiz kislota CH
3
COOH ga
bogʻlanadi, qoʻshilgan kuchli kislota ekvivalent miqdorda kuchsiz
kislotaga almashinadi va eritmadagi CH
3
COOH ning miqdori orta
di. Ma’lumki, Ostvaldning suyultirish qonuniga koʻra, kuchsizmod
dalarning konsentratsiyasi ortishi bilan ularning dissotsiyala nishi
kamayadi. Natijada H
+
ionlarining miqdori va c(H
+
) hamda pH qiy
matlari oʻzgarmaydi.
Bu sistemaga ishqor qoʻshilganda esa quyidagi oʻzgarish roʻy
beradi:
Qoʻshilayotgan ishqor bufer sistemaning komponentlaridan biri
boʻlgan CH
3
COOH bilan quyidagicha reaksiyaga kirishadi:
CH
3
COOH + NaOH → CH
3
COONa + H
2
O
Bu jarayonda gidroksid ionlari sirka kislota protoni bilan
bogʻlanadi va kuchsiz elektrolit suv hosil qiladi. Shuning uchun
c(OH
) konsentratsiyasi oʻzgarmaydi, oqibatda pH deyarli oʻzgar
may qoladi.
Tibbiy kimyo / 1
227
Bufer sistemaning ikkinchi guruhi ammiakli buferni koʻrib
chiqamiz.
NH
4
Cl
NH
4
+
+ Cl
NH
3
.
H
2
O
NH
4
+
+ OH
Kislotata’sirida:
NH
3
.
H
2
O + H
+
NH
4
+
+ H
2
O;
Ishqorta’sirida:
NH
3
.
H
2
O
NH
4
+
+ OH
Bufer sistemalarni 100 martagacha suyultirish ularning pH qiy
matiga juda kam ta’sir koʻrsatadi, chunki ikkala component konsen
tratsiyasi bir me’yorda kamayadi. Yuqorida keltirilgan tenglamalar
ga koʻra, kislota va asos konsentratsiyasi nisbati oʻzgarmaydi.
Bufer sistemalarning pH ini doimiy ushlab turish cheklangan
dir va u qoʻshilayotgan kislota hamda ishqorning miqdoriga bogʻliq
boʻladi.
Bufer sistemaning reaksiya muhiti oʻzgarishiga qarshi turishi
bufer sigʻim bilan aniqlanadi. Bufer sigʻim - bufer eritmaning pH
qiymatini dastlabki koʻrsatkichiga nisbatan bir birlikka oʻzgartirish
uchun qoʻshiladigan kuchli kislota yoki kuchli asosning mol ekviva-
lent miqdori bilan belgilanadi:
bunda: B – bufer sigʻimi; c – kuchli kislota yoki asos miqdori, mol/l;
pH
0
– kislota yoki asos qoʻshilgunga qadar boʻlgan eritmaning
vodorod koʻrsatkichi; pH
1
– kuchli kislota yoki asos qoʻshilgandan
keyingi eritmaning vodorod koʻrsatkichi.
Bufer eritmani tashkil etuvchi kislota (asos) va tuz konsentrat
siyasining ortishi bilan bufer sigʻimi ortadi. Shunday qilib, bufer
aralash maning pH qiymati faqat komponentlar nisbati va kuch
1-kurs talabalari uchun darslik
228
siz kislota yoki asosning dissotsiatsiya konstantasiga (K
diss
), bufer
sigʻimi esa komponentlar nisbati va ularning konsentratsiyasiga
bogʻliq boʻladi.
Biologik sistemalardagi bufer eritmalarning pH qiymati quyi
dagi tenglama bilan aniqlanadi:
Bufer sistemalar tirik organizmning normal hayot faoliyati
uchun juda zarur hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: