Tibbiy kimyo 1 qism 22 09 2019. indd


Atom elektron qobiqlarining tuzilishi



Download 13,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/331
Sana06.08.2021
Hajmi13,81 Mb.
#139696
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   331
Bog'liq
tibbiy kimyo. 1-qism. bioanorganik kimyo

2.3. Atom elektron qobiqlarining tuzilishi

XIX asrning oxiriga qadar atom boʻlinmas zarracha deb hisob­

lanar edi. Bu tasavvur atomning tabiatini va uning tuzilishini oʻr­

ganishga  toʻsqinlik  qildi.  Atomlarning  tuzilishi  haqidagi  toʻgʻri 

tasavvurlar, katod nurlari, rentgen nurlari, radioaktivlikning kashf 

etilishi va ularni oʻrganish jarayonlarida vujudga keldi.

Yuqorida  aytib  oʻtilgan  kashfiyotlar  barcha  elementlarning 

atomlari tarkibida manfiy zaryadlangan elektronlar borligini ilmiy 

ravishda  asoslab  berdi.  Elektronning  atomdagi  holatini  va  oʻzaro 

ta’sirini fizikaning alohida boʻlimi – kvant mexanikasi oʻrganadi. 

Elektronning  ikki  xil  tabiatiga,  ya’ni  zarracha  va  toʻlqin  tabiati­

ga ega ekanligi tajribada tasdiqlandi. Elektronning ikki xil tabiati 

quyidagi  xossalarda  namoyon  boʻladi:  birinchidan,  elektronning 

muayyan  massasi  bor;  ikkinchidan,  elektronning  harakati  toʻlqin­

simon harakat boʻlib, u amplituda, toʻlqin uzunligi, tebranish chas­

totasi  kabi  fizikaviy  konstantalar  bilan  ifodalanadi.  Atomda  elek­

tronning  harakat  trayektoriyasi  boʻlmaydi.  Tez  harakatlanayotgan 

elektron  yadroni  oʻrab  turgan  fazoning  istalgan  qismida  boʻlishi 

mumkin.

 Lekin elektronning hamma joy­

da  boʻlish  ehtimolligi  birdek  emas. 

Masalan, normal holatdagi vodorod 

atomining elektronini yadrodan tax­

minan 0,53 A  uzoqlikda,  atomning 

boshqa  joylaridagiga  qaraganda  tez­

tez  uchratish  mumkin.  Yadro  atrofi­

dagi elektronning mavjud boʻlish ehti­

molligi eng katta boʻlgan fazoning bir 




1-kurs talabalari uchun darslik

38

qismi orbital ham deyiladi. Unda elektron bulutning 90% ga yaqini 



qamralgan  boʻladi.  Yadroga  yaqin  joyda  elektron  zichligi  deyarli 

0 ga teng. Yadrodan uzoqlashgan sari elektron zichlik ortib boradi 

va yadrodan 0,53 A masofada maksimal qiymatga yetadi, soʻngra 

asta­sekin kamayadi. Atomlarda elektronlar qavat­qavat boʻlib joy­

lashadi.  Bu  qavatlar  yadrodan  va  bir­biridan  muayyan  masofada 

boʻladi. Elektron qavatlar ba’zan elektron qobiqlar yoki energetik 

pogʻonalar ham deyiladi. 

Atomdagi elektronlaming harakati toʻrtta kvant soni bilan ifo­

dalanadi. 

Bosh kvant son n elektron energiyasi miqdorini bildiradi. Uning 

son qiymati 1, 2, 3, 4 ... butun sonlarga teng boʻladi. Bosh kvant 

sonlari bir­biriga teng boʻlgan bir necha elektronlar atomda elektron 

qavatni yoki energetik pogʻonani hosil qiladi. Atomning energetik 

pogʻonalari K, L, M, N, O, P, Q harflar bilan ifodalanadi. K qavat 

yadroga yaqin joylashgan qavat bolib, uning uchun n = 1 boʻladi. L 

ikkinchi (n = 2), M uchinchi (n = 3), N 

toʻrtinchi (n = 4) qavatni tashkil qiladi.

Bu 

qavatlarning 



elektronlari 

bir­biridan  oʻzining  energiyalari  bilan 

farq qilib, bir yoki bir necha orbitallar­

ni  yoki  pogʻonachalarni  hosil  qilishi 

mumkin. Bu orbitallar oʻz shakli jihat­

dan ham bir­biridan farq qiladi. Yadro­

ga  eng  yaqin  turgan  birinchi  energetik  qavat  elektronlarining  en­

ergiyasi  eng  kam  boʻlib,  pogʻonalar  soni  ortishi  bilan  elektronlar 

energiyasi  ham  ortadi.  Bundan  koʻrinib  turibdiki,  tashqi  pogʻona 

elektronlari energiya zaxirasi eng koʻp boʻlgani uchun yadro bilan 

boʻsh bogʻlangan. Shuning uchun ham u bir atomdan uzilib, ikkin­

chi atomga birikishi mumkin.

Elektron chiqib ketganda musbat ionlar, birikkanda esa manfiy 

ionlar hosil boʻladi. Atomdagi elektron qavatlar soni element turgan 

davr raqamiga teng. Har bir energetik pogʻonada (har qaysi elektron 




Download 13,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish