Tibbiy kimyo / 1
35
lab beradi. Yadro atrofida katta tezlikda aylanadigan manfiy zaryad
li elektronlar esa atomning katta hajmida harakatlanadi.
2.2. Atom yadrolarining tarkibi. Izotoplar
Ma’lumki, atom yadrosi proton va neytronlardan tashkil top
gan. Neytron (n) elektroneytral zarrachadir. Protonlar musbat zar
yadli boʻlganidan ular birbirini kulon kuchi bilan itaradi. Ammo,
yadrodagi bir xil zaryadli pro
tonlar bilan zaryadsiz neyt
ronlarning oʻzaro tortilish ku
chi ham bor. Bu kuch yadro
kuchi deb ataladi. Yadro
kuchlari kulon kuchlariga
nisbatan ancha ortiq boʻlgani
uchun elementlarning yadro
lari barqaror boʻladi. Har qay
si elementning atom yadrosi D.D.Ivanenko va B.I.Gapon nazari
yasiga muvofiq bir necha proton va bir necha neytrondan tashkil
topgan boʻladi. Elektronning massasi 0,000549 u. b. ga, zaryadi 1
ga teng. Protonning massasi 1,007276 u. b. ga, zaryadi esa + 1 ga
teng. Neytronning massasi 1,008665 u. b. ga, zaryadi yoʻq zarracha
– elektroneytraldir. Biror elementning atom yadrosida neytronlar
sonini aniqlash uchun massa sonidan tartib raqamini ayirish kerak:
A – Z = N. Bu yerda Z–tartib raqami, N– neytronlar soni, A – ele
ment atomining massa soni. Masalan, kalsiyning atom massasi 40,
tartib raqami esa 20. Demak, uning yadrosida 20 ta proton va 20 ta
neytron bor. Uranning massa soni 238, tartib raqami 92 (238 92
= 146). Demak, uning yadrosida 92 ta proton, 146 ta neytron bor.
Agar element yadrosidagi proton va neytronlari soni bir biridan an
cha farq qilsa, bunday element radioaktiv boʻladi.
Turli elementlar atom yadrolarining massa va zaryadlarini
puxta oʻrganish natijasida yadro zaryadlari tamomila bir xil, mas
salari esa birbiridan farq qiladigan atomlar borligi aniqlandi. Bit
1-kurs talabalari uchun darslik
36
ta elementning yadro zaryadi bir xil,
ammo massalari har xil boʻlgan bir xil
element atomlari izotoplar deyiladi.
Har bir elementning barcha izotoplari
D.I.Mendeleyevning jadvalida birgina katakdan oʻrin oladi.
Masalan, magniy atomlarida protonlar soni 12 tadan boʻladi.
Ammo magniy atomlaridagi neytronlar ba’zilarida 12 ta, ba’zilarida
13 ta, ba’zilarida esa 14 ta boʻlishi mumkin.
Neytronlar sonining turlicha ekanligi magniy atomlarining mas
salari turlicha boʻlishiga sababchi boʻladi, lekin ularning kimyoviy
xossalari bir xil boʻlib qolaveradi. Element izotoplarini birbiridan
farqlash uchun ularning massa soni chap yuqori qismiga, tartib raqa
mi esa chap pastki tomoniga yoziladi.Izotopni koʻrsatishda belgisi
dan keyin chiziqcha bilan yozilsa
ham boʻladi, masalan, magniy24
yoki Mg24 tarzda.
Magniyning uchta izotopi
mavjud.Har bir izotopning tabiat
dagi massa ulushi koʻp yoki kam
boʻlishi mumkin. Masalan, Mg24
eng keng tarqalgan boʻlib, umumiy
massaning taxminan 80%, Mg25
va Mg26 izotoplari esa, taxminan
10% atrofida boʻladi.
Izotopiya hodisasi deyarli
hamma elementlarda uchraydi.
Koʻpchilik elementlar oʻzining bir
necha izotopining aralashmasidan
iborat boʻladi. Izotoplar soni turli
elementlarda turlicha boʻladi. Ma
salan, kaliy elementining 10 ta tabiiy izotopi ma’lum, simobniki 7
ta, kislorodniki 3 ta. Biroq ftor faqat yagona tabiiy izotopdan ibo
rat. Elementlarning tartib raqami ortishi bilan ulaming barqaror izo
2.3-rasm. Magniy izotoplari
Tibbiy kimyo / 1
37
toplari yadrolaridagi neytronlarning soni ham ortib boradi. Hozir
ma’lum boʻlgan 108 ta elementning 250 dan ortiq izotopi bor (ra
dioaktiv izotoplar bular jumlasiga kirmaydi).
Do'stlaringiz bilan baham: