Ko‘zgular
bo‘shliqdagi jarohatlarni va tabiiy naychalarni kengaytirishga
xizmat qiladi. Tibbiyotda ginekologik, rektal va boshqa kasalliklarda qo‘llanib
kelinadi. Ko‘zgularga asosiy talab – silliq, yaltiragancha sayqallangan bo‘lishi kerak.
Yorug‘likni aks ettiradigan sathli bo‘lib, operatsiya qilinayotgan bo‘shliqni
qo‘shimcha yoritish imkoniyatini yaratadi.
Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси.
22
Ko‘zgularni tayyorlashda zanglamas 12x18N9 po‘lat ishlatiladi. Asbobning
chetlari a’zolarga zarar etkazmasligi uchun tumtoqlangan, sathi esa silliq
sayqallangan bo‘lishi kerak. Mustahkamligini sinash uchun ustiga 10 kg gacha yuk
qo‘yish yo‘li bilan amalga oshiriladi, ayni paytda ko‘zguning ishchi qismi egilmasigi
zarur. Quyida umumiy jarrohlikda qo‘llaniladigan ko‘zgular ta’riflanadi:
Duayen qorin ko‘zgusi (21-rasm) – qorin bo‘shlig‘idagi operatsiyalar
jarayonida qorin devorlari chetlarini surib ochish uchun; ishchi qismi
egarsimon shaklda bo‘ladi va to‘qimaga ancha ayab ta’sir o‘tkazadi, hatto
kuchli tortilganda ham jarohatning chetlari kengroq ochiladi; dastasi tishli
ilgaklar turi bo‘yicha yasalgan, ishchi qismining kengligi 60 va 100 mm.
jigar ko‘zgusi – qorin bo‘shlig‘idagi operatsiya jarayonida jigarni surish va
ushlash, uni fiksatsiya yoki himoyalash, shuningdek operatsiya qilinayotgan
a’zoga yaqinlashishni qulay qilish uchun, yassi tor (kengligi 36 mm) , chetlar
to‘mtoqlangan, kuraksimon ishchi qismga ega, ishchi qismi dastasiga 120*
burchakda mustahkam o‘rnatilgan, uzunligi 285, eni 65 mm; Duayen
ko‘zgusiga o‘xshash, lekin biroz uzunroq; jami 3 ta o‘lchovda ishlab
chiqariladi: ishchi qismining uzunligi 70, 100 va 130 mm;
buyraklar uchun ko‘zgu– peshob pufagi jarohatini kengaytirish, shuningdek
buyraklargni surish (kengligi 29 mm, ishchi qismining uzunligi 100 mm) va
ko‘tarish (kengligi 12 mm, ishchi qismining uzunligi 26 mm, radius bo‘yicha
qayrilgan) uchun mo‘ljallangan;
Fyodorov bo‘yicha buyrak ko‘zgusi – buyrakni va buyrak oyoqchasini
operatsiya qilish paytida yumshoq to‘qimalarni chetga surish uchun
qo‘llaniladi; ishchi qismi dastasiga nisbatan 120° burchak ostida joylashgan va
yyoysimon egilgan, shu tufayli chuqur joylashgan a’zoni surib ochish imkoni
yaratiladi va yumshoq to‘qimalarga jarohat etkazilmaydi, rusumi 20x13
bo‘lgan zanglamas po‘lat yoki titanning VT 1-10 qotishmasidan tayyorlanadi;
o‘pkani chetga surish uchun ko‘zgu – qizilo‘ngachda operatsiya paytida
o‘pkani chetga surish uchun ishlatiladi; o‘pka surilib ketmasligi uchun
kuragida tirqishlar o‘yib yasalgan; jami 2 o‘lchovda ishlab chiqariladi: tor (eni
125 mm) va keng ( eni 150 mm) ;
yurak uchun ko‘zgu – ko‘krak bo‘shlig‘idagi operatsiyalar paytida yurakni
surib qo‘yish uchun; nozik-egiluvchan qilib, zanglamas 30x13 po‘latdan
tayyorlanadi. Qattiqlik uchun ichki qismi zanglamas po‘latdan 3 o‘lchovda –
160x50, 112x40 va 70x40 mm tayyorlanadi;
ikki tavaqali ko‘zgu : tabiiy naylar va bo‘shliqlarni kengaytirishga
mo‘ljallangan (to‘g‘ri ichak, qin, burun uchun) ; umumiy jarrohlikda rektal
ko‘zgu ishlatiladi, uning tavaqalari gayka va murvat yordamida ochiladi,
prujina yordamida esa yopiladi; ishchi jag‘lar yaxshilab sayqallangan bo‘ladi;
30x13 rusumli po‘latdan tayyorlanadi.
Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси.
23
21-rasm. Duayen qorin ko‘zgusi.
22-rasm. Jarohat kengaytiruvchi va suruvchi asboblar
Jarohat kengaytiruvchilar tegishli operatsiyalarda qorin va
ko‘krak
bo‘shliqlaridagi jarohatlarni ochish uchun qo‘llaniladi. Ular operatsiya paytida
ushlab turishni talab qilmaydigan 2 tomonli ko‘zgulardir. Jarohatlarni kengaytiruvchi
asboblarning quyidagi turlari qo‘llaniladi : kremalerali 2 tavaqali (22-rasm, a) :
olib qo‘yiladigan 2 ta ko‘zguga ega; kremalera kengaytiruvchi harakatlarning
avtomatligini ta’minlaydi; ba’zida to‘qimalarga tiralib qolganda, jarohat
burchagini chiqarib qo‘yish zarurati tug‘ilganda 3 tavaqali, lekin olib
qo‘yiladigan qo‘shimcha ko‘zgu turidagi jarohat kengaytirgich qo‘llaniladi;
kremalerasiz 2 va 3 tavaqali (22-rasm, b) jarohat chetlarini ochiq holda ushlab
turadi, natijada harakatchan ustunlar va harakatlanuvchi qism ustiga bosimidan
hosil bo‘ladigan o‘zini o‘zi to‘xtatib qo‘yish barham topadi; ustun to‘rt
burchakli kesikka ega, unga olib qo‘yiladigan 3-ko‘zgu o‘rnatiladi;
Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси.
24
murvatli, qovurg‘alar uchun (22-rasm, v) jarohat ochilganda qovurg‘alarni
minimal rezeksiyasida katta harakatni rivojlantirish, masalan, ko‘krak
bo‘shlig‘i a’zolarini ochish va ularga yaqinlashish imkonini tug‘diradi;
avtomatik xolda o‘zini o‘zi ushlovchi vazifasini bajaradi; qabul qilish paytida
o‘yiqli qo‘shilmaning sozligiga e’tibor qaratiladi;
romsimon (22-rasm, g) : torokal operatsiyalar va umurtqa pog‘onasi hamda
buyrak operatsiyalarida keng qo‘llaniladi; jami 7 turdagi o‘lchovlarda ishlab
chiqariladi; xuddi murvatli kengaytiruvchilar kabi, salmoqli, o‘pka va yurak
operatsiyalarida qovurg‘alar orasi oson ochadi; jag‘lari romli yoki bir qadar
tirqishlarga ega; rusumi 30x13 bo‘lgan zanglamas po‘latdan tayyorlanadi;
a’zo ushlagich bilan(d) : qorin bo‘shlig‘i operatsiyalarida qo‘llaniladi, o‘lchovi
38x75 mm ilgaklardan tashqari almashtiriladigan novsimon ko‘zgularga ega:
kichik va katta (eni 60 mm) , jigarni surishga mo‘ljallangan.
bolalar uchun: bolalarning qorin bo‘shlig‘i operatsiyalarida qo‘llaniladi;
jarohat chetlarini 90 mm. gacha kengaytirish imkonini beradi; o‘rnatilgan
holatda to‘sqichli mexanizm bilan ushlab turiladi.
A’zolar va to‘qimalarni surib chiqarish, himoyalashga mo‘ljallangan oddiy
suruvchi asboblar: ichki a’zolarni surish uchun plastinka (22-rasm,a) qorin jarohatini
tikishda va boshqa qator hollarda qo‘llaniladi, Buyalskiy kurakchasiga nisbatan
ustuvorlikga ega, ayniqsa, katta a’zolar (jigar, oshqozon, taloq va b. ) ni surishda
ahamiyati katta; yirik o‘lchovlarga ega; qorin bo‘shlig‘ini chetga surishda va
himoyalashda ularning sirg‘alib ketishiga mutlaqo yo‘l qo‘ymaydi; L-62 jezi yoki
20x13 rusumli zanglamas po‘latdan tayyorlanadi;
Buyalskiy kurakchasi (22-rasm, b) ichki a’zolar (oshqozon, qorin, ichak va boshq. )
ni, qorin jarohatiga chok o‘tkazishda, chetga surib turishda qo‘llaniladi, shuningdek
osteomiya paytida yumshoq to‘qimalarni chetga surishda ishlatiladi; umumiy
uzunligi – 212 mm; ravon, silliq, chetlari to‘mtoq bo‘lgan kurakcha bo‘rtiq sathli
dastasiga tutashtirilgan.
Yuqorida tasvirlangan kurakchadan tashqari, sanoatda cho‘zincharoq kurakcha
ham ishlab chiqariladi (uzunligi 300 mm) .
amputatsion retraktor (22-rasm, v) : oyoq-qo‘l amputatsiyasi paytida arra zarar
etkazmasligi uchun yumshoq to‘qimalarni surish va himoyalashga xizmat qiladi, 4
tavaqali boshqa tavaqaga nisbatan turli holatlarda fiksatsiya qilish imkonini beradigan
sharnir yordamida tutashtirilgan 2 ta yumshoq tovoqadan tarkib topgan; tovoqlar
markazida yarim doira shaklida teshigi bo‘lib, ular tavaqalar ishchi holatida
qo‘shilganda suyakning o‘tishi uchun istalgan o‘lchovlardagi yopiq tirqishni hosil
qiladi; zanglamas metalldan tayyorlanadi.
Og‘iz kengaytiruvchi asboblar og‘iz bo‘shligini majburan, masalan,
ingalyasion narkoz paytida ochilishiga xizmat qiladi. Sanoatda og‘iz
kengaytiruvchilar va tilni ushlab turuvchi asboblarning 2 turi ishlab chiqariladi:
- kremalerali og‘iz kengaytiruvchi qayrilma jag‘larga ega bo‘lib, ular tufayli uni
og‘izga kiritish ancha qulaylik tug‘diradi; turlicha egilgan bo‘lib 4 ta turi ishlab
chiqariladi, uzunligi 125-190 mm;
Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси.
25
- buramali (vintli) – ancha oddiy tuzilmaga ega, og‘izni ravon asta-sekin ochilishini
ta’minlaydi;
- tilni ushlovchi Mate turi tilni chiqarib olish va ushlab turishga xizmat qiladi;
romsimon jag‘larga ega qisqich asboblar turi bo‘yicha tuzilgan, ishchi sathida
ko‘ndalang soycha mavjud; kremaleraning birinchi tishiga yopishda jag‘ning ancha
qalinligi sababli tilga jarohat etkazilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Tishni ushlab turuvchi
asboblar bolalar uchun ishlab chiqariladi, rusumi 30x13 po‘latdan tayyorlanadi.
Qabul qilinayotganda jag‘lardagi tishchalar uchlari to‘mtoqligiga e’tibor
beriladi. Egiluvchanlik bo‘yicha sinov kesigi 10x10 mm naychani jag‘lar orasida
qisish yo‘li bilan amalga oshiriladi; ayni paytda asbobni yopilishida kremaleraning
birinchi tishiga sarflanadigan kuch 1-2,5 kgs dan oshmasligi lozim.
Kurakchalar (shpatellar) og‘iz bo‘shlig‘i ko‘zdan kechirilayotganda tilni
chetga surish yoki bosib turish uchun qo‘llaniladi. Ular teshikli yoki teshikchalarsiz
silliq qilib, mustahkam zanglamas po‘latdan tayyorlanadi. Kurakchalar atigi 2 mm
qalinlikda bo‘ladi, shunga qaramay, egiluvchan bo‘lishi va ishlatilganda bukilib
qolmasligi lozim. Kurakchalar puxta sayqallangan bo‘ladi. Qirilgan joylari
bo‘lmasligi kerak, chetlari to‘mtoqlangan bo‘lishi lozim. To‘qimalarni chetga
surishga xizmat qiluvchi muhofazali va dori, malhamdorilarni qadoqlash uchun
ishlab chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |