Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/15
Sana24.04.2022
Hajmi0,62 Mb.
#580023
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
тиббиёт асбоблари

Tibbiy iskanalar
(10-rasm) turli jarrohlik operatsiyalarida suyaklarni o‘yib 
qirishda va ochishda xizmat qiladi.
10-rasm. Tibbiy iskanalar: 1 – yassi, 2 – novsimon, 3 – qoshiqsimon.
Iskanalar yordamida suyakni yangi hosilalari o‘yib olish yo‘li bilan bartaraf 
etiladi, naysimon suyaklarning bo‘shliqlari ochiladi, suyak sinish hollarida suyakning 
ifloslangan joylari kesib olinadi va o‘yib tozalanadi. Iskana bolg‘a bilan ishlatiladi.
Iskanalar asbobbop 48A rusumli po‘latdan yoki zanglamas 40x13 po‘latdan 
tayyorlanadi. Iskana charxlanadi – o‘tkirlash burchagi – 15-20°.
Iskanalar sifatiga quyidagi talablar qo‘yiladi: 
- iskanalar o‘tkir bo‘lishi lozim; 
- qirqish tig‘ida yoriqlar, g‘adir-budirlar, singan joylar bo‘lmasligi zarur; 
- zanglash izlari bo‘lmasligi kerak.
Iskanalarning funksional xususiyatlari quyidagicha tekshiriladi: 
a) dub yoki qayin diametri 20 mm bo‘lgan novdasini, 200 g og‘irlikdagi bolg‘acha 
bilan, urib iskana bilan kesiladi, 
b) dub yoki qayin ponasidan qoshiqsimon iskanalar bilan payraxa kirib olinadi.
Funksional xususiyatlarini tekshirish natijasida tig‘ning qirrasi sinmasligi va 
o‘tmaslanmasligi lozim.


Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси.
11 
Iskanalar otolaringologik amaliyotda, travmatologiya, neyrojarrohlikda turli 
jarrohlik operatsiyalarida qo‘llaniladi.
Quyidagi asosiy turlari ishlab chiqariladi: 
-yassi – olti qirrali dastali, bir tomonlama va 2 tomonlama o‘tkirlangan; tig‘ining eni 
– 10. 15, 20, 25, 30, 40 mm, uzunligi – 230 mm; 
-keng (tig‘ining eni – 20, 25 mm) – tig‘i trapetsiya shaklida (ikki tomonlama 
o‘tkirlangan) yoki bir tomonlama charxlangan kurakcha ko‘rinishida (10- rasm, 1) ; 
-neyrojarroxlik iskanalar – ishchi qismi yumaloq shaklli, kengligi – 40 mm; 
-novsimon – nov ko‘rinishida bo‘lib, tig‘ining uchi to‘mtoqlashgan; (10-rasm,2)
-eni tor va yupqa bolalar iskanasi- kichik uzunlikda(175 mm) .
Jarrohlik bolg‘achasi iskanalar bilan qo‘llanishga mo‘ljallangan. Zanglamas 
po‘latdan yasalgan ishchi qismi va dastadan iborat. Ikki tomonli bolg‘acha bilan 
ishlash qulay: bitta zarb maydonchasi – metalli, ikkichisi – rezinadan ishlangan.
Raspatorlar 
suyak ustidagi pardani ajratib olishga, shuningdek mustahkam 
tog‘ay to‘qimalar qatlamlarini ko‘chirishga mo‘ljallangan. Xrom bilan qoplangan 
U10A rusumli yoki NS 40x13 po‘latdan tayyorlanadi. Raspatorlar nomenklaturasi 
ko‘p sonli va salkam 50 ta nomga egadir. Umumiy jarrohlikda, otolaringologiya, 
travmatologiya, oftalmologiya, stomatologiya sohalarida ishlatiladi.
Ko‘proq qo‘llaniladigan raspatorlar: 
- to‘g‘ri; 
- qayrilgan – eni 12 mm; 
- qavariq – eni 17 mm; 
- qovurg‘a uchun – o‘ng va chap tomonlama, kattalar va bolalarga mo‘ljallangan.
Raspatorlarning kesish xususiyatlarini tekshirish qattiq navli daraxtni qirqish 
yo‘li bilan amalga oshiriladi; ular sinmasdan va qirqish qirrasining o‘tkirligi 
pasaymasdan payraxani chiqarishi kerak.

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish