Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси.
15
Fiksatsion qisqichlar
turli a’zolarni mahkam ushlab turishga xizmat qiladi.
Ular ko‘pincha “omburlar”
deyiladi, uzunligi qon to‘xtatuvchi qisqichdan ortiqroq
bo‘ladi. Asosiy talab – qaysi a’zolarga mo‘ljallangan bo‘lsa, o‘sha joydagi
to‘qimalarga imkon qadar jarohat etkazmaslikdir. SHu
bois qisqichlar egiluvchan
bo‘lishi lozim. Vazifasiga qo‘ra fiksatsion qisqichlarning quyidagi turlari ishlab
chiqariladi:
o‘pkani mahkam ushlash uchun – uchburchak shaklidagi eni 28 mm jag‘lar
bo‘lib, mayda soychali branshalari – egiluvchan, kremaleraning birinchi tishiga
qisish kuchi kamida 0,5 kg tashkil qiladi. Bu ularning “yumshoqligi” ni
tavsiflaydi; jag‘lar yumaloq shaklda ham, qayrilgan qilib tayyorlanadi;
gemorroidal tugunlarni mahkam ushlash uchun – ishchi jag‘larida qavariq
shakldagi
soychalar mavjud, jag‘lar eni 18 mm, omburlarning uzunligi 225
mm, jag‘lar biroz qayrilgan bo‘lib ishlab chiqariladi;
ichak uchun darchali – ichakni ushlash uchun, ishchi jag‘lari yumaloq bo‘lib
mayda kertiklari bor; kattalar uchun (uzunligi 210 mm, jag‘lar eni 12 mm)
bolalar uchun (uzunligi 165 mm, jag‘lar eni 10 mm)
ishlab chiqariladi,
egiluvchan bo‘lishi lozim,
tishli – panjali – zich tog‘ay va pay to‘qimalar uchun. gardishi bo‘ylab o‘tkir
tishchalarga ega tojdor jag‘lari bo‘ladi, qisqichlar uzunligi 200 mm;
ichak devorini ushlash uchun – kattalar uchun (uzunligi 200 mm) va
bolalarning uchun (uzunligi 152 mm) ishlab chiqariladi, ishchi qismida o‘tkir
tishchalari mavjud (15-rasm) .
O‘t pufagi, o‘pka pardasi, yurak quloqchasi uchun qisqichlar mavjud.
Yordamchi qisqichlardan operatsiya paytida asboblarni ushlab turish va
uzatishga mo‘ljallangan qisqichlar ham ishlatiladi. Ular to‘g‘ri va qayrilgan
qilib, jag‘larida mayda soychalar bilan ishlab chiqariladi.
Oshqozon-ichak qisqichlari ichak yoki oshqozonni ko‘ngildagi holatda qattiq
qisish uchun mo‘ljallangan, yorish paytida suyuqlik yo‘li bug‘ilib, ichidagi
jarohatga tushishi (tomishi) oldi olinadi.
Qisqichlar egiluvchan va bosuvchilarga bo‘linadi. Bosuvchi qisqichlar a’zoni
kuchli bosib va to‘qimalar ezilishini vujudga keltirib, uni mahkam ushlaydi.
Bunday
qisqichlar a’zoning olib tashlanadigan qismiga rezeksiya paytida qo‘yiladi.
Egiluvchan qisqichlar to‘qimalarga birmuncha yumshoq ta’sir o‘tkazadi va ular
a’zoning operatsiya paytida qoldiriladigan qismiga qo‘yiladi (16-rasm)
Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси.
16
15-rasm. Ichak devorini ushlash uchun qisqich.
Do'stlaringiz bilan baham: