Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/15
Sana24.04.2022
Hajmi0,62 Mb.
#580023
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
тиббиёт асбоблари

Tibbiy qoshiqlar
(11-rasm) 2 turda ishlab chiqariladi: o‘tkir va tumtoq uchli.
11-rasm. Tibbiy qoshiqlar: a,b, v-bir tonlama, g -ikki tomonlama.
O‘tkir qoshiqlar to‘qimalar (suyak va yumshoq) da patalogik hosilalarni qirib 
tozalashga mo‘ljallangan. Ular 40x13 turidagi toblangan qattiq zanglamaydigan 
po‘latdan tayyorlanadi. Tumtoq qoshiqlar suyuqlik, yiring moddalar, toshlarni 


Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси.
12 
tushirishga mo‘ljallangan. Ushbu qoshiqlar X18N9T turidagi yumshoq po‘lat yoki 
qizil misdan tayyorlanadi.
O‘tkir qoshiqlarni funksional sinovini qayin po‘stlog‘ini 5 marta qirqish bilan 
tekshirib ko‘riladi, ayni paytda qirqish qirrasida kertiklar hosil bo‘lmasligi kerak.
Qisqich asboblar 
Qisqich asboblar qon oqishini to‘xtatish, naysimon a’zolarni qisish yoki 
to‘qimalar va a’zolarni ushlab turish (fiksatsiya qilish) hamda turli buyumlar 
(choklash, bog‘lash vositalari, asboblar) ni uzatishda foydalaniladi.
Qisqich asboblarga nisbatan qo‘yiladigan asosiy talab – to‘qimalarni avtomatik 
ravishda va mustahkam ushlashdir. Bu talabga ularning tuzilish xususiyatlari to‘g‘ri 
keladi.
12-rasm. Qisqich.
Ishchi qismi – jag‘lar(a) , qulf (b) , kremalera (v) , halqa qismi (g) – qisuvchi 
asboblarning asosiy qismlaridir (36-rasm. ) .
Jag‘lar turli shaklda bo‘lishi mumkin: cho‘ziq, to‘g‘ri, qayrilgan(yoniga yoki 
yuzasiga). 
Jag‘larning ishchi sathlari ko‘ndalang, uzunasiga yoki egri, kamdan kam 
hollarda to‘g‘ri kertikli bo‘ladi. Ayrim qisuvchi asboblarning jag‘lari o‘yiq 
tishchalarga ega bo‘lishi mumkin, qulflari bo‘linadigan va bo‘linmaydigan turlari 
ishlab chiqariladi.
Asbobning kremalerasi uning avtomatligini ta’minlovchi qism hisoblanadi, 
tishchalari (bitta, uchta, beshta va undan ortiq) bo‘ladi. Kremalerali asboblardan 
tashqari burchak ostida ( kiyim-kechak qisqichlari) mustahkamlangan plastinalar 
ko‘rinishidagi 2 ta shoxchali plastinkasimon qisqich asboblar guruhi ham mavjud.
Funksional vazifasiga ko‘ra qisuvchi asboblar 5 ta turga bo‘linishi mumkin: qon 
to‘xtatuvchi, shu jumladan tomirlarni vaqtincha qisib turuvchi, qorin-ichak, igna 
tutqichlar, kiyim-kechakka mo‘ljallangan va yordamchi qisqichlar.
Qon to‘xtatuvchi qisqichlar qon oqishini to‘xtatish maqsadida tomirni 
vaqtincha qisishga va ushlab turishga xizmat qiladi (37-rasm). Qisqichlarning 
mazkur turi asboblar ichida eng ko‘p sonini tashkil etadi. Qon to‘xtatuvchi qisqichlar 


Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси.
13 
qattiq, tomirlarni vaqtincha tutuvchi qisqichlar esa egiluvchan yumshoq bo‘lishi 
mumkin.
Qon to‘xtatuvchi qisqich– qulf yordamida tutashuvchi 2-ta branshalardan 
iborat. Shoxlardan birining uchida jag‘lar, boshqasining esa yaqinida kremalera 
joylashgan halqalar o‘rnatilgan. Kremalera zarur holatda o‘rnatilgan qisqichni 
yopishga mo‘ljallangan. Qon to‘xtatuvchi qisqichlarning, kremalerasida 3 ta 
tishchasi mavjud. Tomirlarni vaqtincha qisish uchun va unga jarohat etkazmaslik 
uchun, qisqich jag‘larida ko‘plab mayda tishchalar mavjud.
13-rasm. Qon to‘xtatuvchi qisqichlar.
Qisqichlar etarlicha mustahkam va egiluvchan bo‘lishlari lozim, shu bois ularni 
tayyorlash uchun 30x13 rusumli po‘lat, vint uchun esa – 20x13 po‘lat ishlatiladi.
Qabul qilish vaqtida qisqichlarning funksional xossalarini (mustahkamlik va 
egiluvchanlik ) sinash drenaj rezina naychani yoki qisqich turiga qarab doka bintni 
asboblarning jag‘lari orasida 3 marta qisish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Qisish 
kremaleraning oxirgi tishiga ildirish vaqtida amalga oshiriladi. Jag‘lar yopilganda, 
bitta yarmining tishchalari ikkinchining cho‘nqiriga kirishi lozim (GOST 19126-79) .
Jag‘larning zich yopilishi jag‘lari orasidan sirg‘alib ketmaydigan papiros qog‘ozda 
tekshirib ko‘riladi. Qisqichlar erkin holda kremaleraning birinchi tishchasiga yopilib, 
saqlanishi tavsiya etiladi.
Qon to‘xtatuvchi qisqichlar quyidagi turlari bir-biridan farqlanadi:

tishli – to‘g‘ri, bo‘linmaydigan yoki murvatli uzunligi 150-220 mm, jag‘larida – 
qiya kertiklar mavjud bo‘lib, bir uchida 2 ta o‘tkir tishcha yana birida esa 1 ta 
tishcha bor; 

soyli – to‘g‘ri, qayrilgan, ko‘ndalang kertikli, zanglamas po‘latdan tayyorlanadi, 
uzunligi 160-200 mm; 


Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси.
14 

chuqur bo‘shliqlar uchun, soyli – tomirlarni qisish va chuqur jarohatga ligatura 
qo‘yishga mo‘ljallangan, qisqa jag‘lari bilan farq qiladi, uzunligi 260 mm; 

“Moskit” turidagi neyrojarrohlik qisqichi – unchalik katta bo‘lmagan tomirlarda 
gemostaz va neyrojarrohlik operatsiyalarda ishlatiladi; jag‘larida ko‘ndalang kertik 
mavjud, qisqich uzunligi 155 mm, to‘g‘ri, qayrilgan, bolalarga mo‘ljallab 
chiqarilgan, boshqa qisqichlardan birmuncha yupqa branshalar va kichik 
o‘lchamlari bilan farq qiladi.
Tomirlarni vaqtincha qisish uchun qisqichlar – tomirlar uchun mo‘ljallangan: 
qisqichlarning eng ko‘p sonli turi hisoblanadi, o‘lchamlari turlicha( uzunligi 125-220 
mm) : 

Gepfnerning egiluvchan qisqichi-jag‘lari keng, egiluvchan, jag‘lari uzunasiga 
kertiklar tushgan, tomirlarga chok qo‘yishda ishlatiladi; 

Satinskiyning tomir egiluvchan qisqichi – oldingi qisqichdan kremaleraning 
uchinchi tishiga yopilganda jag‘larining orasida 0,1 mm tirqish qolishi bilan 
farqlanadi (14-rasm) ; 

buyrak oyoqchasi uchun qisqich – urologiya sohasidagi operatsiyalarda ishlatiladi, 
uzunasiga soycha ko‘rinishidagi atravmatik kertikka ega, ishchi qismi turlicha 
qayrilgan uzunligi 205-208 mm qilib tayyorlanadi.
14-rasm. Satinskiyning tomir egiluvchan qisqichi.
Qon tomirlar uchun qisqichlar – prujinali asboblar bo‘lib, qon tomirlarni 
ehtiyotkorona qisish uchun mo‘ljallangan, 30x13 po‘latdan tayyorlanadi.

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish