Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/15
Sana24.04.2022
Hajmi0,62 Mb.
#580023
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
тиббиёт асбоблари

Kesuvchi asboblar 
Asboblarning bu guruhiga yumshoq, yarim yumshoq va qalin to‘qimalarni 
ajratishda qo‘llaniladigan asboblar kiradi. Qurilmasiga muvofiq ular 5 guruhga 
bo‘linadi: pichoqlar va skalpellar, qaychilar, tibbiy arralar, iskanalar, suyak 
qisqichlari. Barcha kesuvchi asboblarga quyidagi talablar qo‘yiladi: o‘tkirlik, 
mexanik va kimyoviy chidamlilik, oddiy geometrik shakl. Asboblarning o‘tkirligi 
juda kam kuch va vaqt sarflash imkonini beradi. To‘qimalar kam miqdorda 
zararlanadi. Mexanik va kimyoviy chidamlilik asboblardan uzoq vaqt foydalanish 
imkonini yaratadi va zanglashdan saqlaydi. Qesuvchi asboblarning zarur o‘tkirligi va 
chidamliligi tegishli rusumdagi po‘latlarning qo‘llanishi, termik ishlov berish, sirtiga 
yaxshi ishlov berish va tig‘ini o‘tkirlash yo‘li bilan ta’minlanadi. Kesuvchi 
asboblarning har xil turlari ishlatiladi.
Jarrohlik pichoqlari a’zolar uchlarini amputatsiya qilish paytida yumshoq 
to‘qimalar (teri, paylar) ni kesishga mo‘ljallangan. Har qanday tuzilishdagi pichoqda 
quyidagi qismlar bo‘lishi zarur: dasta, bo‘yin, tig‘. Tig‘da esa kesuvchi qism bo‘lishi 
kerak. Pichoqning dastasi yaxshi ushlanishi uchun, sathi yaltiroq tig‘dan farqli ko‘p 
qirrali va taram-taram sathli bo‘ladi (1-rasm) .
1-rasm. Jarrohlik pichoqlari.


Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси.

Pichoqlarni qabul qilishda mahsulot sifatini nazorat teshiruvidan o‘tkaziladi: 
etalonga qiyoslagan holda ko‘zdan kechirish quyidagi talablar asosida amalga 
oshiriladi: 
- pichoq tig‘i uzunasiga o‘tkir bo‘lishi lozim. Hech qanday tirnalgan joylari, o‘yiqlar 
yoki kertiklar bo‘lmasligi zarur; 
- o‘tkir uchlari, kesuvchi qirradan tashqari, tumtoqlashgan bo‘lishi lozim; 
- pichoq qoplamasi sifatli bo‘lib, dog‘lar, zang va ortiqcha qatlar bo‘lmasligi kerak.
Funksional sinov kesuvchi xususiyatlarni tekshirishdan iborat: zamsh (baxmal, 
charm) , teri, karton o‘rtacha qalinlikdagi qog‘oz qirqib ko‘riladi. Sinov natijasida 
tig‘ o‘tmaslanmasligi va pachoq bo‘lmasligi, kesikning chetlari esa o‘yiqsiz, ravon 
bo‘lishi lozim.
Amputatsiya pichog‘i (1-rasm,a) qo‘l va oyoq barmoqlarini kesib tashlanganda 
yumshoq to‘qimalar (teri, paylar) ni qirqishga mo‘ljallangan. Tig‘ining uzunligi 
bo‘yicha 2 ta o‘lchovli qilib tayyorlanadi: katta (315 mm) va kichik (250 mm) , 
dastasi po‘lat yoki jezdan tayyorlanib, ichi bo‘sh, ushlashga qulay bo‘ladi. Karton 
qutilarga yakka tartibda neytral moy surtilgan xolda joylashtirilib qadoqlanadi.
Rezeksiya pichog‘i (b) barmoq va oyoq barmoqlari uchlarini, tovonni 
amputatsiya qilishda, bo‘g‘imlarni rezeksiya (biror a’zo yoki uning qismini kesib 
tashlash) da qalin to‘qimalar (naylar, kemirchak-tog‘aylar) ni, unchalik kata 
bo‘lmagan suyaklar (falanglar) ni qirqishga mo‘ljallangan: kemirchak pichoqdan 
tig‘ning 2 turi – qorindor va to‘g‘ri turlariga ega shakli bilan farqlanadi.
Tog‘ay pichog‘i (v) qalin to‘qimalar (kemirchaklar, tirtiqlar) ni, qovurg‘a 
kemirchaklarni kesishga mo‘ljallangan, bo‘lib, ular qisqa, keng tig‘li va og‘ir, qavariq 
dastali bo‘ladi.
Miya pichog‘i (2-rasm) tashhis maqsadida bosh miya qatlamlarini ajratish 
uchun patalogik-anatomik yorishlar paytida ishlatiladi. Bosh miya pichog‘ining tig‘i 
to‘g‘ri burchakli bo‘lib cho‘zilgan (dastasiga nisbatan 2 barobar uzun) , yupqa, ikki 
tomonlama o‘tkir, dastasi keng, sayqallanmagan holda ishlab chiqariladi.
2-rasm. Miya pichog‘i 


Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси.

Pichoqlar qutiga 10 donadan (amputatsiyaga mo‘ljallanganlari bundan 
mustasno) konservatsiya moyi bilan ishlov berilgan holda etkazib beriladi.
Pichoqlarni sterillash quruq havo usulida amalga oshiriladi, chunki nam muhitda 
ularning kesuvchi qirrasining o‘tkirligi pasayadi.
Umumiy jarrohlik skalpellari (3-rasm) ikki turda ishlab chiqariladi: qorindor 
– tig‘i kuchli bo‘rtiq va o‘tkir uchli.
Qorindor skalpellar yumshoq to‘qimalarni chuqur kesish uchun qo‘llaniladi, 
o‘tkir uchlilari to‘qimalarni engil ochish va teshiklar hosil qilish uchun ishlatiladi.
Tig‘ning uzunligiga qarab, skalpellar kichik (30,32 mm) , o‘rtacha (40,42 mm) va 
katta (46, 50 mm) bo‘ladi. Skalpel dastasi silliq, yoki g‘adir-budir bo‘ladi. CHuqur 
bo‘shliqlarda operatsiyalar qilish uchun uzunligi 250 mm maxsus skalpellar 
ishlatiladi, tig‘ning ishchi qismi qisqa (20 mm) va uchi to‘mtoqlashgan bo‘ladi.
Skalpel o‘zining alohida qurilmasi – olib qo‘yiladigan tig‘i bilan ajralib 
turadi, olib qo‘yiladigan tig‘ esa U10A po‘lat yoki xromli 13 X dan, dastasi nikel va 
xromli L63 jezdan yoki plastmassadan tayyorlanadi.
Skalpellar tabiiy yog‘ surtilib, mumlangan yoki pergament qog‘ozga o‘ralib, 
karton qutiga 10 donadan taxlanadi.
Tibbiy qaychilar to‘qimalarni kesishga mo‘ljallangan. Qaychilar sharnirli –
ya’ni 2 ta tig‘li yoki murvat bilan tutashgan 2 shoxli gilotinasimon bo‘ladi. Oshiq-
moshiqli qaychilar yumshoq to‘qimalarni (jarrohlik) va materiallar, ligaturalar, 
bog‘lash (yordamchi) ashyolarni kesishda qo‘llaniladi. Gilotinali qaychilar esa qalin 
tog‘ay to‘qimalar, qovurg‘alarni kesishga xizmat qiladi.
Qaychilarning kesish xususiyatlari dokani (uch marta) 1-5 qatlamini yoki 
momiq bo‘lagini kesish yo‘li bilan tekshiriladi. Gilotinali qaychilarni tekshirish 
qalinligi 2 -5,5 mm kartonning 2 qatlamini yoki diametri 5 mm polivinildan 
tayoqchani 10 karra tishi bilan qirqish bilan amalga oshiriladi.
Qaychilar U8A, U10; rusumli uglerodli po‘latdan yoki 40 x 13 pulatdan 
tayyorlanadi.
Sanoatda 50 dan ortiq turli tibbiy qaychilar ishlab chiqariladi, lekin ko‘proq 
quyida tasvirlangan qaychilar ishlatiladi (GOST 21239-93) .


Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси.

3-rasm. O‘tkir uchli jarroh lik skalpeli.

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish