39-§. UCHINCHI GURUHDA TURLANUVCHI OTLAR
1. Uchinchi guruhga Masculinum, Femininum va Neutrum rodlariga tegishli otlar kirib, ular Nom. Sing. da har xil qo‘shimchalarga ega bo‘ladi. Uchinchi guruhdagi otlar-ning asosiy xususiyati, uchala roddagi otlar Gen. Sing. da -is qo‘shimchasiga ega bo‘lishidir.
129
Masculinum va Femininum rodlaridagi otlar kelishiklarda turlanganda bir xil qo‘shimchalarga ega bo‘ladi.
Uchinchi guruhda turlanuvchi otlar teng murakkab bo‘ladi, bunda Gen. Sing. dagi bo‘g‘inlar soni Nom. Sing. dagi bo‘g‘inlar soniga teng bo‘ladi. Noteng murakkabda esa Gen. Sing. dagi bo‘g‘inlar soni Nom. Sing. dagi bo‘g‘inlar sonidan ortiq bo‘ladi. Masalan:
Teng murakkab Noteng murakkab
Nom. Sing. Cut-is cor-pus
Gen. Sing. cut-is cor-po-ris
4. Uchinchi guruhda turlanuvchi otlarning negizi Gen. Sing. dagi -is qo‘shimchasini olib tashlash bilan hosil qilinadi:
Kelishik
|
Teng murakkab ot
|
Negiz
|
Noteng murakkab ot
|
Negiz
|
Nom. Sing. Gen. Sing.
|
Cutis Cut-is
|
cut.
|
Cortex Cortic-is
|
cortic
|
Uchinchi guruhda turlanuvchi otlarning lug‘at shakli birinchi o‘rinda Nom. Sing. shaklining to‘liq holi, keyin Gen. Sing. ning qo‘shimchasi, so‘ngra rodi ko‘rsatilib, oxirida tarjimasi beriladi:
Radix, icis, f ildiz Nom. Sing. radix, Gen. Sing. radicis.
Bir bo‘g‘inli otlar lug‘atda Nom. Sing. shakli bilan birga, Gen. Sing. shaklida ham to‘liq yoziladi: Flos, floris, m.
Uchinchi guruhda turlanuvchi otlarning kelishik qo‘shimchalari
Casus
|
Singularis
|
Pluralis
|
Masc. Femin.
|
Neutrum
|
Masc. Femin.
|
Neutrum
|
Nominativus Genetivus Dativus Accusativus
Ablativus
|
is
i
em
e
|
is
i
Acc.
-Nom.
e
|
es um ibus es
ibus
|
a
um ibus a
ibus
|
130
Otlarning uchinchi guruhda turlanish namunasi Cortex icis, m- Solutio, onis, f- Semen, inis, n-
|
Singularis
|
|
Casus
|
Masculinum
|
Femininum
|
Neutru
|
Nom. Gen. Acc. Abl.
|
cortex cortic—is cortic—em cortic—e
|
solutio solution—is solution—em solution—e
|
semen semin—is semen semin—e
|
|
Pluralis
|
|
Nom. Gen. Acc. Abl.
|
cortic—es cortic—um cortic—es cortic—ibus
|
solution—es solution—um solution—es solution—ibus
|
semin—a semin—um semin—a semin—ibus
|
40-§. BIRINCHI GURUH SIFATLARINING UCHINCHI
GURUHDA TURLANUVCHI OTLAR BILAN
MOSLASHISHI
Birinchi guruh sifatlari uchinchi guruhda turlanuvchi otlar bilan rodda va sonda moslashib, faqat kelishiklar bo‘yicha turlanganda qo‘shimchalar har xil bo‘ladi. Masalan: Amarus, a, um -achchiq sifatini cortex, icis, m -po‘stloq, radix, icis, f-ildiz, semen, inis, n-urug‘ otlar bilan moslashtir-sak, unda quyidagilar hosil bo‘ladi:
Cortex amarus - achchiq po‘stloq
radix amara - achchiq ildiz
semen amarum - achchiq urug‘
Bunday hollarda cortex, radix, semen otlari uchinchi guruhda amarus, a, um sifati esa, birinchi va ikkinchi guruhda kelishiklar bo‘yicha turlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |