Tib termin-2016. p65



Download 0,77 Mb.
bet14/56
Sana18.03.2022
Hajmi0,77 Mb.
#499637
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   56
Bog'liq
tib termin

23-§. RETSEPTURA
Retseptura - bu dorilarni yozish va tayyorlash qoidalarini o‘rganuvchi fan.
Retsept va uning asosiy qismlari
Retsept - bu shifokorning dori tayyorlash, tayyorlangan dorini qabul qilish usullari ko‘rsatmasi va davolanish uchun bemorga berish kerakligi to‘g‘risida dorixonaga xat orqali murojaat qilishi. Retsept maxsus varaqalarda yoziladi.
Retsept rasmiy hujjat bo‘lib, uni yozgan shifokor, shu bilan birga, dorini tayyorlab bergan dorishunos ham retseptning to‘g‘riligi uchun yuridik jihatdan javobgardir. Respublikamizda retseptlar lotin tilida yoziladi, ammo retseptning quyidagi qismlari bundan istisno: sarlavha, dorini qanday qabul qilish to‘g‘risidagi ko‘rsatma va retsept yozgan shaxsning imzosi.
57
Retsept sakkiz qismdan iborat

  1. Davolash muassasasining manzili va telefon raqami.

  2. Retsept yozgan kun, oy, yil.

  3. Bemorning ism-sharifi va yoshi.

  4. Shifokorning ism-sharifi.

  5. Dorining nomi va miqdori.

  1. Shifokorning dorixona xodimiga dori tayyorlash (surtma, kukun va boshqalar) to‘g‘risidagi ko‘rsatmasi.

  2. Shifokorning bemorga dorini qabul qilish usuli haqidagi ko‘rsatmasi.

  3. Shifokorning imzosi va shaxsiy muhri. Retseptning beshinchi, oltinchi va yettinchi qismining boshlang‘ich so‘zi lotin tilida yoziladi.

Beshinchi qism — shartli belgi R. (qisqartirilgan holda) bilan boshlanadi (recipe — ol, recipere—olmoq fe’lining buyruq mayli uchinchi shaxs birlik sonidir). So‘ngra bosh harf bilan dori nomi yoziladi, keyin miqdori ko‘rsatiladi. Dori nomi hamma vaqt qaratqich kelishigi (Genetivus)da yoziladi. Masalan:
Recipe: Tincturae Valerianae 10 ml Tincturae Convalariae 15 ml
Qattiq va sochiluvchan moddalar miqdori grammlarda, suyuqliklar esa, millilitr, tomchilarda ko‘rsatiladi:
(nimaning?) (nimasidan?) (qancha?)
Ol: Marvaridgul spirtli eritmasidan 10 ml
Recipe: Tincturae Convalariae 10 ml
Agar ikki dori moddasining miqdori bir xil bo‘lsa, unda ikkinchi dori nomidan keyin shartli belgi aa (ana—teng, bab-baravar) yozilib, so‘ngra dori miqdori ko‘rsatiladi:
Recipe: Tincturae Convalariae
Tincturae Velerianae aa 10 ml
58
Grammlar va millilitrlar arab raqamlari bilan ko‘rsatilib yoziladi: 3,0; 0,3; 0,03 va boshqalar.
Tomchilar rim raqamlari bilan ko‘rsatiladi:
gullam I, guttas II
Dori moddalarining biologik ta’sir birligi qisqacha BТ shaklida, soni esa, arab raqamlari bilan o‘nliklar, mingliklar, millionlarda yoziladi:
Recipe: Phenoxymethylpenicillini 100000
Oltinchi qismda shifokor dori moddasiga qanaqa shakl berishni lotin tilida yozadi (kukun, hab dori, surtma), ularga qanday ishlov berish kerakligi, qancha miqdorda berish va qanday ko‘rinishdaligi ko‘rsatiladi: Misce, fiat unguentum.
Dorilarni biror narsaga o‘rab yoki solib berish kerak bo‘lsa, retseptda kerakli ko‘rsatmalar ko‘rsatilib yoziladi:
Da in vitro nigro - qora (rangli) shishachada ber
Da in vitro flavo - sariq shishachada ber
Da in charta cerata - mumli qog‘ozda ber
Da in ampullis - ampulalarda ber
Da in scatulla - qutichada ber
Retseptning lotincha qismi shartli qisqartirilgan S. (signa - belgila) harfi bilan tugaydi (Signa - belgila, ya’ni bu signare - belgilamoq fe’lining buyruq mayli uchinchi shaxs birlik sonidir).
Yettinchi qism dorini qabul qilish usuli (Signatura). Bu qismda bemor tushunadigan tilda dori miqdori, vaqti va do­rini qanday usulda qabul qilish yo‘llari ko‘rsatiladi:
Signa: 15 tomchidan kuniga 2 marta ovqatdan yarim soat
oldin. Signa: 1 tabletkadan kuniga uch mahal. Signa: 1 stakan issiq suvga 1 choy qoshiq (chayqash uchun).

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish