ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
593
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ
UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMIDA BO’LAJAK TEMIR YO’L XODIMLARIDA
KASBIY KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISHNING AYRIM METODOLOGIK
ASOSLARI
Kurbanova M.D. – magistrant, TDPU, O’zbekiston.
Annotatsiya.
Mazkur maqolada uzluksiz ta’lim tizimida yetuk kadrlar tayyorlash
muammosi, kompetentlik tushunchasi, bo’lajak temir yo’l xodimlarining kasbiy kompetentligini
shakllantirishning mazmun-mohiyati, kasbiy kompetentlikning tarkibiy tuzilmasi yoritib berilgan.
Tayanch so’zlar:
kompetentlik, kasbiy kompetentlik, uzluksiz ta’lim, kasbiy tayyorgarlik.
Аннотация.
В
данной
статье
описывается
проблема
подготовки
квалифицированных кадров в системе непрерывного образования, понятие компетенции,
сущность формирования профессиональной компетентности будущих железнодорожников, а
также структура их профессиональной компетентности.
Ключевые слова:
компетентность, профессиональная компетентность, непрерывное
образование, профессиональная готовность.
Annotation.
This article describes the problem of training qualified personnel in the
continuing education system, the concept of competence, the essence of the formation of
professional competence of future railway workers, as well as the structure of their professional
competence.
Key words:
competence, professional competence, continuing education, professional
readiness.
Respublikamizda mustaqillik yillarida kadrlar tayyorlashning yangi tizimi yaratilib,
mutaxassislar sifatiga qo’yiladigan zamonaviy talablarga javob beradigan yuqori malakali,
raqobatbardosh, tanlagan ta’lim yo’nalishi bo’yicha mustaqil ishlay oladigan, mamlakatning ilmiy-
texnik, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanishiga munosib hissa qo’shishga qodir, jadal
ilgarilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot sharoitiga moslasha oladigan, yuksak madaniy va
ma’naviy-ahloqiy sifatlarga ega bo’lgan mutaxassislar tayyorlash izchil amalga oshirilmoqda.
Zotan, muhtaram Prezidentimiz ta’kidlaganidek: “O‘zbekistonni rivojlangan mamlakatga
aylantirishni maqsad qilib qo‘ygan ekanmiz, bunga faqat jadal islohotlar, ilm-ma’rifat va
innovatsiya bilan erisha olamiz. Buning uchun avvalambor, tashabbuskor islohotchi bo‘lib
maydonga chiqadigan, strategik fikr yuritadigan, bilimli va malakali yangi avlod kadrlarini
tarbiyalashimiz zarur. Shuning uchun ham bog‘chadan boshlab oliy o‘quv yurtigacha – ta’limning
barcha bo‘g‘inlarini isloh qilish boshlandi. Nafaqat yoshlar, balki butun jamiyatimiz a’zolarining
bilimi, saviyasini oshirish uchun avvalo ilm-ma’rifat, yuksak ma’naviyat kerak. Ilm yo‘q joyda
qoloqlik, jaholat va albatta, to‘g‘ri yo‘ldan adashish bo‘ladi. Sharq donishmandlari aytganidek,
“Eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, eng katta
qashshoqlik – bu bilimsizlikdir”!
O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasiga
muvofiq “Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini
oshirish, mehnat bozorining zamoniy ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlar tayyorlash
siyosatini davom ettirish” [1] bugungi kunda muhim vazifalar hisoblanadi.
Temir yo’l transporti mavjud bo’lgandan beri va faoliyati davomida O'zbekiston
iqtisodiyotining boshqa tarmoqlari bilan yaqindan hamkorlik qiladi. Uning asosiy vazifalaridan biri
iqtisodiyot ehtiyojlarini qondirish uchun o'z vaqtida yuk va yo'lovchi tashishni ta'minlash
hisoblanadi. Bu boradagi ishlar turli ko’rinishlarda amalga oshirilmoqda va O'zbekiston
Respublikasi temir yo'l tarmog'ini o'tkazish va tashish imkoniyatlarini maksimal xavfsizligini
ta'minlashga qaratilgan. Har qanday mehnat faoliyatida bo’lgani kabi temir yo’l sohasida ham
professional ta’lim va kasbiy yetuklik masalasi dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Jamiyatning
Do'stlaringiz bilan baham: |