BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARINING MAKTABGA MOSLASHUV
JARAYONIDA OʻQITUVCHI KASBIY MAHORATINING OʻRNI
Abdullayeva N.– boshlang‘ich sinf о‘qtuvchisi Uchqо‘rg‘on tuman
1-maktab, Namangan, O’zbekiston.
Inson shaxsini kamolga yetkazish murakkab va mas’uliyatli jarayon boʻlib, bu jarayonda
boshlangʻich sinf bola kamolotining asosiy davri boʻlib hisoblanadi.
Joriy yilning “Sogʻlom ona va bola” yili deb e’lon qilinishi, ta’lim-tarbiyaga mas’ullik
hissini tuygan har bir fuqaro oldiga katta vazifalarni belgilaydi. Bu vazifalarni bajarish esa, ayniqsa,
oʻqituvchi va tarbiyachilar oldiga yanada katta mas’uliyatni yuklaydi.
ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
68
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ
Ma’lumki, shaxsnnig shakllanishida uch asosiy omil ijtimoiy omillar, biologik omillar,
ta’lim – tarbiya alohida ta’sir koʻrsatadi. Bola maktabga qadam qoʻyar ekan u oʻzi uchun mutlaqo
yangi muhitga tushib qoladi. Garchi oʻyin faoliyati uni tark etmasada, oʻqish faoliyati yetakchi
faoliyat turiga aylanadi. Ana shu jarayonda bolaning maktabga moslashuv masalasi muhim
ahamiyat kasb etadi. Bunda birinchi navbatda boshlangʻich sinf oʻqituvchisining ta’siri kuchli
boʻladi. Yirik psixologlar tadqiqotlarining koʻrsatishicha, oqilona tashkil qilingan ta’lim jarayoni
mazkur yoshdagi bolalarning tafakkurini jadal rivojlantiradi. Ular lingvistika, fizika, matematikaga
doir ilmiy tushunchalarni oʻzlashtiradilar, soddaroq masalalar tuzadilar, yengilroq mashqlarni bajara
oladilar, ijodiy va mahsuldor fikr yuritishga intiladilar.
Bolaning maktabga tayyorgarligi haqida gapirilganda, uning turmushi va faoliyatining
tafovutlari, sharoitlari, oʻziga xosligi, uning sihat – salomatligi, usuliy jihatdan tayyorgarligi, oddiy
koʻnikmalarni oʻzlashtirganligi kabi omillarni hisobga olish maqsadga muvofiq boʻladi. Bularning
barchasi bolaning maktab ta’limiga ruhiy jihatdan tayyorligining ob’ektiv tomonini ifodalaydi.
Bundan tashqari, bolaning maktab ta’limiga psixologik tayyorlanishining sub’ektiv tomoni
ham mavjudki, uning maktabda oʻqish xohishi, intilishi, kattalar bilan muloqatga kirishishga intilish
istagi shular jumlasidandir.
Maktabda ta’lim – tarbiya ishlarini tashkil qilishda kichik maktab yoshidagi bolalarning
anatomik – fiziologik xususiyatlarini, jismoniy kamolot darajasini hisobga olish muvaffaqiyat
garovidir.
Maktab ta’limi oʻquvchining turmush tarzini, ijtimoiy mavqeyini, sinf jamoasi va oila
muhitidagi ahvolini oʻzgartiradi, uning asosiy vazifasi oʻqishdan, bilim olish, koʻnikma va
malakalarni egallash, tabiat va jamiyat toʻgʻrisidagi qonuniyatlarni oʻzlashtirishdan iborat boʻlib
qoladi. Ta’lim muayyan darajada uyushqoqlik, intilish, irodaviy zoʻr berish, faollik va maqsadga
muvofiq faoliyatni talab qiladi. Ixtiyorsiz xatti-harakat oʻrnini anglashilgan, rejali, aqliy mehnat
egallay boshlaydi.
Oʻqishning dastlabki kunidanoq bolaning oʻsishini harakatga keltiradigan turli ziddiyat,
qarama-qarshiliklar, ichki ixtiloflar vujudga keladi. Ana shular zamirida boladagi psixik
kamolotning darajasi va ijobiy xislatlar bilan talablar oʻrtasidagi qarama-qarshiliklar yotadi.
Kichik maktab yoshidagi bolaning muhim xususyatlaridan biri unda oʻziga xos ehtiyojlar
mavjudligidir. Bu ehtiyojlar oʻz mohiyati bilan muayyan bilim, koʻnikma va malakalarni egallashga
tevarak-atrofdagi voqelikni oʻzlashtirishga qaratilmay, balki faqat oʻquvchilik istagini aks
ettirishdan iboratdir. Shu ehtiyojlar oʻz portfeliga, dars tayyorlash burchagiga, kitob qoʻyish
javoniga ega boʻlish istagi, kattalardek har kuni maktabga qatnash tuygʻusi yotadi, xolos. Bundan
tashqari bilimlar kunidagi shodiyona ayyom, oʻquvchilik safiga qabul payti, maktab ma’muriyati va
oʻqituvchilarning unga bildirgan samimiy tilaklari, yuqori sinf oʻquvchilarining tabriklari bolaning
his-tuygʻusiga ijobiy ta’sir etadi. Sinfdagi oʻrtoqlari bilan qatorlashib saf tortib yurishlar, birlashib
turli oʻyinlar oʻynash, oshxonaga borish, oʻqituvchining oʻgitlari ham bolani oʻziga rom etadi.
Umuman kichik maktab yoshdagi bola oʻqishning tub mohiyati va vazifasini tushinib yetmaydi,
balki hamma maktabga borishi kerak deb tushinadi. Ammo u kattalarning koʻrsatmalariga amal
qilib tirishqoqlik bilan mashgʻulotlarga kirishib ketadi.
Oradan ma’lum vaqt oʻtgach shodiyona lahzalarning ta’siroti kamayishi bilan maktabning
tashqi belgilari oʻz ahamiyatini yoʻqota boradi va oʻqishning kundalik aqliy mehnat (irodaviy zoʻr
berish, yoqtirmagan narsa bilan shugʻullanish, diqqatni taqsimlash oʻz hulqini idora qilish )
ekanligini anglaydi. Shunday aqliy mehnat koʻnikmasiga ega boʻlmasa, uning oʻqishdan koʻngli
soviydi, unda umidsizlik hissi vujudga keladi. Oʻqituvchi esa bunday holning oldini olish uchun
bolaga ta’limning oʻyindan farqi, qiziqarliligi haqida ma’lumotlar berishi va shu faoliyatga
tayyorlashi kerak.
Ta’limning mazmuniga, bilimni egallashga qiziqish oʻquvchining oʻz aqliy mehnati
natijasidan qanoatlantish hissi bilan uzviy bogʻliqdir. Bu his oʻqituvchining ragʻbatlantirishi bilan
namoyon boʻladi va oʻquvchida samaraliroq ishlash mayli, istagi, ishtiyoqini shakllantiradi. Bolada
Do'stlaringiz bilan baham: |