ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
18
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ
erishishlarini kafolatlash maqsadida to‘liq boshqarish g‘oyasi tashkil etadi[3,34]. Demak, ta’lim
texnologiyasi ta’lim modellarini optimallashtirish maqsadida inson va texnika resurslari va ularning
o‘zaro ta’sirini hisobga olgan holda, butun o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini yaratish,
qo‘llash va aniqlash tizimi deya e’tirof etish mumkin. Bundan shunday xulosa kelib chiqadi:
pedagogik jarayon sifatida rivojlanishida muammolari bo‘lgan bolalar ta’limini ham to‘laqonli bir
tizim deb qaraydigan bo‘lsak, uni tashkil etuvchilari, ya’ni tarkibiy tuzilmasiga quyidagilar kiradi:
ta’lim maqsadi, kutilayotgan natijalar, ta’lim beruvchi-o‘qituvchi va oluvchi-talaba, ta’lim
mazmuni, metodi, shakli, vositalari, nazorat va baholash mexanizmlari.
Oliy ta’limni zamonaviy usullar va yondashuvlar-innovatsiyalar asosida tashkil etish-
loyihalashtirilganda uning tarkibiy tuzilmasidan birortasi e’tibordan chetda qolsa, yoki noto‘g‘ri
tanlangan bo‘lsa, tizim ishlamaydi, bu esa ta’lim jarayoni oldiga qo‘ygan maqsadga erisha olmaslik
ehtimolining yuzaga kelishidan dalolat beradi. Hozirgi kunda mamlakat miqyosida ta’lim jarayonida
ilg‘or pedagogik texnologiyalarni tatbiq etishda ularning ilmiy asoslangan, natijalari kafolatlangan
ko‘rinishlaridan foydalanish yuzasidan ma’lumotlar mavjuddir. Respublikamizda zamonaviy
pedagogik texnologiyalarning ta’lim jarayoniga tatbiq etilishi muammoli ta’limni hozirgi sharoitda
dolzarb pedagogik masalaga aylantirdi.Muammoli ta’limni qanday nomlashdan qat’iy nazar uning
asosiy xususiyati-bilim oluvchilarning aqliy faoliyatini oshirish, mustaqil, ilmiy, ijodiy izlanish, o‘zi
uchun yangi bilim, ko‘nikma va malakalarini kashf etishdan iboratdir. Demak, bilim, ko‘nikma va
malakalar yig‘indisini muayyan mavzuni muammo shaklida olib chiqish yo‘li bilan egallashga
yo‘naltirilgan ta’lim muammoli ta’lim deyiladi[4,76]. Muammoli vaziyat o‘qituvchining bir
maqsadga qaratilgan, harakatiga bog‘liq bo‘lmagan holatda sodir bo‘lishi lozim va bu talabalarning
fikrlash jarayonini faollashtiradi. Xulosa sifatida shuni e’tirof qilish joizki, zamonaviy pedagogik
texnologiyalarning zarur shartlaridan biri ta’lim jarayonida o‘qituvchi:talabalarning mustaqil bilim
olishlarini ta’minlovchi, yo‘naltiruvchi, maslahat beruvchi;tafakkurni ravojlantirishning to‘g‘ri
yo‘nalishlarini ko‘rsatuvchi, hamkorlik qiluvchi shaxs sanaladi. Hozirgi kunda faol hamda talaba
shaxsiga yo‘naltirilgan o‘quv muxitiga erishish uchun muammoli, hamkorlikdagi, modulli va
masofadan turib o‘qish kabi ta’lim texnologiyalari orqali erishish eng maqbul yo‘l hisoblanadi.
Masalan, muammoli ta’lim mustaqil, ijodiy va faol o‘zlashtirishni ta’minlash bilan birga, keng
qamrovli fikr yuritishga, avvalgi o‘zi uchun yangi bilimlarni kashf etishga va keyinchalik ilmni,
fanni rivojlantiradigan kashfiyotlar qilishga zamin hozirlaydi. Talaba muammoning yechimi ustida
izlanish orqali o‘zi uchun juda muhim bo‘lgan “kashfiyot”(tadqiq)ni amalga oshiradi. Ushbu
tadqiqiy faoliyat talabada o‘z kuchi va bilimiga ishonch hissini uyg‘otadi. Bundan tashqari
muammoli ta’limning mohiyati shundaki, u talabani mustaqillik va ijodiylikka undaydi. Muammoli
ta’lim jarayonida talabaning mustaqil fikrlashi, ijodiy faoliyat olib borishi
Do'stlaringiz bilan baham: |