BOSHLANG‘ICH SINFLAR UCHUN TASHKIL ETILGAN ONLAYN
DARSLARINING MUSTAQIL TA’LIMDAGI O‘RNI
Abdualimov A. –magistrant, TDPU, O‘zbekiston.
Annatsiya:
Mazkur
maqolada
pandimiya
sababli
onlayn
darslarni
tashkil
etilgani,o‘qituvchilar faoliyati hamda onlayn darslarning o‘quvchilar, ota-onalar va o‘qituvchilar
uchun afzalligi haqida so‘z yuritiladi.
Tayanch so‘zlar
: onlayn maktab, onlayn dars, innovatsion faoliyat, ta’lim metodlari.
Аннотaция:
В данной стате обсуждается организация онлайн-уроков в связи с
пандемией, действиями учителей и преимуществами онлайн-уроков для учеников, родителей
и учителей.
ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
15
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ
Ключевые слова
: онлайн школа, онлайн уроки, инновационная деятельность,
методика обучения.
Annatation:
This article discusses the organization of online lessons in connection with the
pandemic, the actions of teachers and the benefits of online lessons for students, parents and
teachers.
Keywords
: online school, online lessons, innovation, teaching methods
Respublikamizga koronavirus COVID-19 infeksiyasinig tarqalishini oldini olish maqsadida
barcha oliy ta’lim, xalq ta’limi, maktabgacha ta’lim hamda tegishli vazirlik va idoralar tasarrufidagi
ta’lim muassasalari talabalari, o‘quvchilari va tarbiyalanuvchilari uchun 2020-yil 16-mart kunidan
ta’til (karantin) e’lon qilindi. Joriy yilning 30-mart kunidan boshlab, umumta’lim maktab
o‘quvchilariga masofaviy ta’lim berish maqsadida “Onlayn maktab” loyihasi ishga tushirildi. Xalq
ta’limi vazirligining rasmiy veb-sayti orqali kundalik.com hamda “Onlayn maktab” elektron portali
orqali videodarslarni kuzatib borish imkoniyati yaratildi.
Uzoq va borish qiyin aholi punktlarida yashovchi abonentlar uchun esa videodarslar ochiq
rejimda bepul tarqatilayotgan 4 ta qo‘shimcha televizion kanallari orqali namoyish etiladi.
Televizion darslar 1-4-sinflar uchun National Geography Wild kanalida, 5-8-sinflar uchun
Eurosport kanalida va 9-11-sinflar uchun “Oxota va rыbalka” kanalida namoyish etiladi. Ushbu
telekanallar bepul ko‘rsatiladigan kanallarga o‘tkazilgan. Televizion darslar namoyish etish vaqti
jadvalini Xalq ta’limi vazirligi rasmiy vebsayti (www.uzedu (https://www.uzedu.uz/)), ijtimoiy
tarmoqlari va Telegram tarmog‘ida maxsus ochilgan https://t.me/uzeduonlinemaktab kanalidan
olish mumkin.
Xalq ta’limi tizimidagi ta’lim muassasalarida karantin davrida masofadan ishlashga o‘tgan
fan o‘qituvchilarining faoliyati yuzasidan quyidagi tavsiyalar berilgan:
1. O‘qituvchi dars beradigan har bir sinfi bo‘yicha telegram messenjerida sinfi va fanini
ko‘rsatgan holda guruh tashkil qiladi.
2. O‘qituvchi telegram guruhi orqali o‘quvchilarga televizion darsda o‘tilgan mavzu
yuzasidan qo‘shimcha tushuntirish, savollarga javob berish va televizion darsda berilgan uy
vazifalarni bajarishga ko‘maklashib boradi.
3. O‘qituvchi telegram messenjeri mavjud bo‘lmagan o‘quvchilarga telefon orqali mavzu
yuzasidan qo‘shimcha tushuntirish, savollariga javoblar berishi va televizion darsda berilgan uy
vazifalarni bajarishga yo‘nalish berishi hamda ularni baholashni yo‘lga qo‘yishi mumkin.
4. O‘qituvchi kunlik onlayn dars jadvali to‘g‘risidagi ma’lumotni bir kun oldin
o‘quvchilarga yuboradi va ularga ma’lum qiladi.
5. O‘qituvchilar o‘z fani bo‘yicha televizion darslarni muntazam kuzatib boradi. Shu
kundagi televizion darslar tugagach, zarur holda o‘tilgan mavzu yuzasidan qo‘shimcha
ma’lumotlarni o‘quvchilarga yuboradi va ularga bu to‘g‘risida ma’lum qiladi. O‘qituvchilar
telegram messenjeri orqali uy vazifalarini qabul qiladi. Toshkent shahrida esa kundalik.com orqali
qabul qiladi. O‘qituvchi o‘quvchilar tomonidan tizimga yuklangan uyga vazifalarni tekshiradi,
natijasini (bahoni) elektron jurnalga kiritadi. Shu tariqa o‘quvchilar va ularning ota-onalari uy
vazifasi uchun qo‘yilgan baholarni bilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. O‘qituvchilar tomonidan
o‘quvchilarning uy vazifalarini topshirilishi yuzasidan kun doirasida qat’iy vaqt belgilanishi
maqsadga muvofiq emas.
6. O‘qituvchilar tomonidan o‘quvchilarga televizion darsda berilgan uy vazifasidan tashqari
boshqa vazifalar berilishi taqiqlanadi.
7. O‘qituvchi ayrim fanlardan o‘quvchidan uy vazifalarini bajarganligi to‘g‘risidagi
ma’lumotni kichik hajmdagi fotosurat (tasviriy san’at fani) yoki videolavha (jismoniy tarbiya,
musiqa madaniyati, texnologiya, rus va chet tillari, adabiyot fanlari) tarzida qabul qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |