Key words:
higher education, system, humanities, training, interactive methods, use,
advantages, study guides, student
O‘zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturida insonni intelektual va
ma’naviy–axloqiy tarbiyalash bilan uzviy bog‘langan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama
barkamol shaxsni shakllantirish nazarda tutilgan. Ta’lim-tarbiya sohasidagi masalalarning
to‘xtovsiz takomillashib borishi va yangi imkoniyatlarning yuzaga kelishi oliy ta’limda ta’lim sifat
va samaradorligini oshirish vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun o‘qitish usullarini
muttasil yangilab turishni taqozo etmoqda.Oliy talim tizimida gumanitar fanlarni o‘qitishdagi
interfaol usullardan foydalanish ta’lim jarayonida o‘qituvchi va talaba faoliyatining qanday
bo‘lishini, o‘rgatish jarayonini qanday qilib tashkil etish va olib borish kerakligini belgilab beradi.
Boshqacha qilib aytganda, o‘rgatish usullari har ikkkala faoliyatni, o‘qituvchi tomonidan talabalarni
bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirishni hamda talabalar tomonidan o‘sha nazarda
tutilgan ilmiy bilim, ko‘nikma va malakalarini o‘zlashtirish faooliyatida qo‘llanadigan yo‘llarni o‘z
ichiga oladi[1,99]. Demak, har ikki o‘rgatish usullari pedagogik jarayon ishtirokchilari(ta’lim
oluvchi va beruvchi)ning o‘zaro faoliyati birligini ta’minlashga yo‘naltiriladi. Dars jarayonida
o‘qituvchi va talaba faoliyatining turfaligi o‘rgatiladigan ma’lumoning xarakteriga qarab
belgilanadi. Aynan mana shu turfalik ta’lim jarayonida muayyan maqsadni amalga oshirishga
qaratilgan yangi-yangi usullarni keltirib chiqaradi.Ma’lumki, ta’lim vositalari ham har qanday
jarayonning sifati va natijalarga erishish imkoniyatini oshirishda muhim omildir[2,76]. Vosita–
ma’lum o‘qitish usulini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan yordamchi o‘quv
materiallari: asbob, qurol, apparat va boshqa shu kabilardan foydalanishdir. Ta’lim jarayoniga
yangiliklarning kirib kelishi innovatsiyani anglatadi. Demak, pedagogik innovatsiyalashuv
ta’limning ilmiy bilimlar, metodologiyalarini jamiyat rivojlanishi, ta’limga qo‘yilayotgan ijtimoiy
buyurtmaning jahon talablari darajasiga bog‘liq holda moslashuvchanligi deb talqin etish
mumkin.Zamonaviy pedagogikada ham, ta’limni shunday ta’lim modellari yaratildiki, ular ta’limga
texnologik jarayon sifatida yondashilib, ma’lum sharoitlarda va belgilangan vaqt ichida ko‘zlangan
ta’lim maqsadlariga erishishni kafolatlaydi va keng imkoniyatlar yaratadi. Ta’limni
texnologiyalashtirishning asosini, ta’lim jarayoni va uning samaradorligini oshirish hamda ta’lim
oluvchilarni berilgan sharoitlarda, ajratilgan vaqt ichida loyihalashtirilayotgan o‘quv natijalarga
Do'stlaringiz bilan baham: |