Фойдаланилган адабиётлар рўйхати:
1. Абу Али ибн Сино. Тиб қонунлари. 1-жилд. – Тошкент: “Халқ мероси”, 1993. –37-43 б.
ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
126
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ
2. Бозорова Н.Ш. Талабаларда экологик маданиятни ривожлантиришнинг илмий-
педагогик асослари (олий ўқув юртлари мисолида): Дис.... пед.фан.ном. – Қарши: Қарши ДУ,
2005. – 285 б.
3. Мухаммадиев К.Б. Жисмоний тарбия таълими жараёнида талабаларнинг атроф-муҳитга
бўлган эҳтиёткорона муносабатларини ривожлантириш. Дис... PhD – Чирчиқ: 2018. – 54 б.
4. Мухаммадиев К.Б. Жисмоний тарбия машғулотлари жараёнида организимни
чиниқтириш жазирама ва иссиқ бо-ҳавонинг инсон соғлиғига таъсири ва ундан ҳимояланиш
// Муғаллим ҳем узлуксиз билимлендириу. – Нукус: 2019. – №2. – 149-155 б.
KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYAGA ҲАҚИДА ФИКРЛАР
Azizov O.E. – ўқитувчи, ЖПИ, Ўзбекистон.
Hammamizga ma`lumki bugungi rivojlanish davrida barcha sohada bo`lgani kabi ta`lim
sohasida ham juda katta o`zgarishlar amalga oshirilmoqda.Mamlakatimizda olib borilayotgan
ustivor vazifalardan biri qilib belgilab olingan 2017-2021 yillarga mo`ljallangan harakatlar
strategiyasining bugungi kunda jadallik bilan amalga oshirilayotganligi ijtimoiy sohada bir qancha
dolzarb bo`lgan masalalarning yechimiga javob topmoqda.
Muhtaram yurtboshimiz tomonidan 2019-yil 6-sentabrdagi PF-5812 sonli “Professional ta`lim
tizimini yanada takomillashtirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar” to`g`risidagi farmonining
mazmun –mohiyati ham ta`lim sohasini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan.Bu farmondan
kelib chiqib hozirgi kunda ijrosini amalga oshirish bo`yicha bir qancha chora-tadbirlar ishlab
chiqilib, amaliyotga tadbiq qilinmoqda. Professional ta’lim tizimini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida
takomillashtirish, boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim bosqichlarini joriy qilish
orqali mehnat bozori uchun malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash hamda mazkur
jarayonga ish beruvchilarni keng jalb qilish dolzarbligi ta`kidlab o`tilmoqda.
Bugungi kundagi professional ta`lim bitiruvchilari kasb-hunarni egallashlari bilan birgalikda,
jamiyatda o`z o`rnilari va faoliyatlarini to`g`ri yo`lga qo`ya olishlari uchun kommunikativ
kompetensiyalarini ham yetarli darajada shakllantirib olishlariga to`g`ri keladi.
Xo`sh bugungi kunda tashkil etilayotgan professional ta`lim o`quvchilari bilishi kerak bo`lgan
kommunikativ kompetensiya o`zi nima?
Kommunikativ kompetensiya - Haqiqiy hayot sharoitida o`zi o'rganayotgan ona tilida og'zaki
yoki yozma ravishda muloqot qilish qobiliyati. (L.V. Konovalova).
Kommunikativ kompetentsiya - nutq harakati dasturlarini tanlash va amalga oshirish
qobiliyati. (L.V. Merkulova).
Kommunikativ kompetensiya - bu murakkab kommunikativ ko'nikma va qobiliyatlarga ega
bo'lish, yangi ijtimoiy tuzilmalarda yetarli ko'nikmalarni shakllantirish, muloqotdagi madaniy
me'yorlar va cheklovlarni bilish, aloqa sohasidagi urf-odatlar, odob-axloq qoidalarini bilish, odob-
axloq qoidalariga rioya qilish, millatga xos bo'lgan kommunikativ vositalarga yo'naltirish, sinf
mentaliteti va kasb doirasida tarbiyalashni ifodalaydi. Куницына В. Н., Казаринова Н. В.,
Погольша В. М. Межличностное общение
Masalan, umumiy kasbiy manfaatlar bilan birlashtirilgan odamlar bilan muloqot qilish do'stlar
yoki oila a'zolari bilan suhbatdan ko'ra qat'iy qoidalarni anglatadi. Shuning uchun kommunikativ
kompetentsiya rasmiy va norasmiy bo'linadi.
Masalan, birlashgan odamlar bilan muloqot qilish, ularning o'zlarining shaxsiy talablari, shu
jumladan:
-axloqiy odob me'yorlarini bilish va qo'llash;
-suhbatdoshning xatti-harakatlarini tahlil qilish va u bilan aloqa o'rnatish qobiliyati;
-fikrlarni to'g'ri va osongina ifodalash qobiliyati;
- so'z boyligi;
Do'stlaringiz bilan baham: |