ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
128
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ
Ona tili o`qitish metodikasi – pedagogik va amaliy fan. Chunki u nazariyaga asoslanib
o`quvchilarni o`qitish, tarbiyalash, o`stirishning amaliy vazifalarini bajaradi.
Ona tili o`qitish metodikasi fani ta’lim berish sharoitida ona tilini egallash, ya’ni nutqni,
o`qish va yozishni, fonetika, grammatika bilib olish jarayoni hisoblanadi.
Ona tilidan ko`nikma va malakalarni shakllantirish, til xaqidagi fanning ilmiy tushunchalar
sistemasini o`zlashtirish qonuniyatlarini o`rganadi, til o`rganishning eng qulay metod va usullarini
izlaydi.
Ona tili o`qitish metodikasi amaliy fan sifatida uch vazifani bajaradi:
1.
Nimani o`qitish kerak? savoliga javob beradi, ya’ni boshlang`ich sinf uchun dasturlar
ishlab chiqadi, darslik va o`quv qo`llanmalarni yaratib beradi. Ularning samaradorligi va
muvofiqligini doimiy tekshirib boradi.
2.
Qanday o`qitish kerak? savoliga ta’lim berishning metodlari, metodik usullar, mashqlar
sistemasi, qo`llanmani tatbiq etish tavsiyanomalarini, yozma ish, amaliy ishlar sistemasini, dars,
uning turlarini ishlab javob beradi.
3.
Nega xuddi mana shunday o`qitish kerak? Bunda ilmiy nuqtai nazardan eng foydali
metodlarni o`rganish, tanlash, asoslash, tavsiyalarni eksperimental tekshirish vazifalarini bajaradi.
Biroq ta’lim amaliyotidagi barcha muamollarni interfaol usullar yordamida hal qilishga
urinish, ularni muvaffaqiyat keltiruvchi sehrli tayoqcha deb qarash hollari ham uchraydi.
Fikrimizcha, bu xato nuqtai-nazar bo’lib, birinchidan, u didaktik o’yin usullarining ta’limda zaruriy
o’rinni topa olishga putur yetkazadi, ularning ijobiy jihatlarini xiralashtiradi, ikkinchidan, an’anaviy
texnologiyaning yillar davomida sayqallanib ulgurgan samarali shakllarini chetga surib qo’yadi.
Doimo muvaffaqiyat keltiradigan universal o’qitish metodi yo’q, modomiki shunday ekan,
an’anaviy o’qitish texnologiyasidan butunlay voz kechish haqida emas, uning yaxshi jihatlarini
saqlab qolgan holda, interfaol usullarni joriy etish haqida o’ylansa to’g’ri bo’ladi.
O’quvchilarning o’zaro hamkorligi asosida dars samaradorligini oshirishi, mustaqil fikrlash,
bahs-munozara yuritish munosabat bildirish ko’nikmasini shakllantirishi, ya’ni interfaol
tushunchasini yuzaga keltirishi kerak. Bu usulda o’quvchi o’zi faol ishtirok etgan holda, yakka
juftlikda, guruhlarda muammo va savollarga javob topishga harakat qiladi, fikrlaydi, baholaydi,
yozadi, so’zga chiqadi, dalil hamda asoslar orqali qo’yilgan masalani yaratib berishga harakat
qiladi. Bu esa o’quvchilar xotirasida uzoq saqlanadi.
Yangi mavzuni o’zlashtirishda tanqidiy, tashkiliy yondosha oladi. O’qituvchi faqat
ko’rsatuvchi, kuzatuvchi vazifasini bajaradi, xolos.
Ona tili o’qitishda interfaol dars usuli yuqori samara bermoqda. Bu usul o’z ichiga bir
qancha metodlarni oladi. Masalan: guruhlar bilan ishlash, test, og’zaki bayon, mustaqil yoki amaliy
ish, lug’at bilan ishlash, diktant bellashuv, musobaqa, sayohat, krossvordlarni tuzish va yozish
savol-javob va boshqotirmalar, hamda boshqalar.
Interfaol metod – ta’lim jarayonida o`qituvchi va o`quvchilar o`rtasidagi faollikni oshirish
orqali ularning o`zaro harakati ta’sir ostida bilimlarni o`zlashtirishni kafolatlash, shaxsiy sifatlarni
rivojlanishiga xizmat qiladi.Ushbu usullarni qo`llash dars sifati va samaradorligini oshirishga
yordam beradi. Uning asosiy mezonlari– norasmiy bahs– munozaralar o`tkazish, o`quv materialini
erkin bayon etish, mustaqil o`qish,o`rganish, seminarlar o`tkazish, o`quvchilarni tashabbus
ko`rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi bo`lib ishlash
uchun topshiriq, vazifalar berish, yozma ishlar bajarish va boshqalarda iborat.
Interfaollik, bu – o`zaro ikki kishi faolligi, ya’ni, bundan o`quv- biluv jarayoni o`zaro
suhbat tariqasida dialog shaklida (kompyuter aloqasi) yoki o`qituvchi – o`quvchilarning o `zaro
muloqotlari asosida kechadi. Interfaollik – o`zaro faollik, harakat, ta’sirchanlik, o`quvchi –
o`qituvchi, o`quvchi – o`quvchi (sub’yekti –sub’yekti) suhbatlarida sodir bo`ladi. Interfaol
metodlarning bosh maqsadi - o`quv jarayoni uchun eng qulay muhit va vaziyat yaratish orqali
o`quvchining faol, erkin, ijodiy fikr yuritish, uni ehtiyoj, qiziqishlari, ichki imkoniyatlarni ishga
solishga muhit yaratish. Bunday darslar shunday kechadiki, bu jarayonda bironta ham o`quvchi
Do'stlaringiz bilan baham: |