142
qutilishning yagona yechimi sifatida, barchamizga ma’limki, ijtimoiy masofa saqlash
deya e’tirof etildi. Ta’lim sohasi vakillari uchun ijtimoiy masofa saqlash o’z
navbatida an’anaviy auditoriyalardan voz kechilishiga sabab bo’lid dunyoning ko’p
mamlakatlarida. Ammo bu to’xtash degani emas, balki yangi ommaviy yondashuv,
ya’ni ta’limda avval sinalmagan, sinalgan bo’lsada kengaytirilmagan texnologiya va
axborot tizimiga suyanish va imkon qadar ta’lim sifatini yo’qotib qo’ymaslik
uchun
kurashuvchi kompetensiyalarni shakllantirilishini talab etilishi bo’ldi. O’z navbatida
o’qituvchilar, ta’lim sohasi vakillari hamda o’quvchi va talabalar texnologiya va
kompyuter sovodxonligining oshishiga sababchi bo’ldi. Yangi texnologiyalar
onlayn ta'lim va kompyuter vositasida aloqa o'rganish va o'qitishni bir xil o'zgartirdi.
Kompyuterlar va smartfonlar va planshetlar kabi boshqa qurilmalar ta'lim sohasida
etakchi
o'rinni
egallamoqda
va
21-asrda
ta'limga
bo'lgan
qarashimizni
o'zgartirmoqda. Sinfxonada texnonologiyani qamrab
olish ommaviy axborot
vositalarini boshqaradigan jamiyatda ko’pgina qiyinchilik va muammolar va qarama-
qarshi istiqbollarga qaramay zaruratga tez aylanib bormoqda. Texnologiyadan qanday
foydalanish, darsliklarga nimani kiritishdan tortib o’quvchilarga yordam berishgacha
hammasi chuqur o’ylash va muammolarni hal qila olish ko’nikmalarini talab etadi, -
bu shunday bir muhokamaki, unda ta’lim va ilmiy sohadagi barcha ishtirok etishi
kerak bo’ladi. Siyosat tuzuvchilar, o'quv dasturi ishlab chiquvchilar,
shuningdek
o'qituvchilar o’rganishni qayta konseptsiya qilishlari va a’loqa va texnologiya
vositalari ta’minlaydigan qulaylikning ro’li hal qiluvchi ekanligini bilib olishlari
kerak. Darslarni boyitish, ijodkorlikni rivojlantirish,
hamkorlikni yanada
kuchaytirish va talaba mustaqilligini ta’minlash uchun texnologiyalardan qanday
qilib foydalanishni o’rganishga sarmoya kiritishga ehtiyoj bor.
Ingliz tili mutaxasislk fani emas, balki nomutaxasislik fani sifatida o’qitiganda,
o’rgatuvchi va o’rganuvchi uchun ham bu ikki hissa vazifa. Umumiy ingliz tilini
bilish darajasi yaxshi bo’lganda nomutasislar uchun ingliz tili fani o’zlashtirilishi tez
va samarali bo’ladi va sohaga asoslangan mavzularda darslarni olib borish mumkin
bo’ladi. Onlayn o’quv jarayoni sohaga doir materiallarni keng qamrovda hamda
muqobillari bilan taklif etilishiga imkon yaratdi. Bu o’z navbatida o’rganuvchining
o’quv materiallariga bo’lgan talablariga javob bo’ldi.
Bundan tashqari, o’qituvchi
uchun ham yakka tartibda va o’rganish usuliga qarab auditoriyaga murojaat qilishiga
katta imkon berdi. Mavzular va adabiyotlar zaxirasi barchaning istak va talablariga
mos kelganda, o’rganish va o’rgatishning natijasini ham oshishi kutilgandi. Bundan
tashqari, onlayn o’rganish EFL va ESL texnologiyalarini boyitdi. Bilamizki, hamma
uchun rangli va jonli bo’lgan til foydalanishini ekranlarda ko’rish, o’rganish va
amalda qo’llash har doim qiziq va eng asosiysi ijobiy natija yuqori bo’lishini
ko’rsatgan. Yuqorida keltirilgan ijobiy jihatlar nazariy va kutilgan jihatlar edi. Ular
bilan birgalikda o’z navbatida noafzallik va til o’rganish jarayonini tushurishga sabab
bo’luvchi jiahatlar ham kuzatildi. Masalan, onlayn o’rganish uchun yaxshi internet
manbasi mavjudligi va unga bog’langan bo’lishlik, texnika vostilariga ega bo’lish
talab etiladi. Bu esa hukumat vakillaridan internet imkoniyatini yaratib qo’yishni,
oilalardan esa texnika bilan ta’minlanishni talab etdi. Bu tarafdan nomutanosibliklar
kuzatildi ham. O’qituvchilardan esa onlayn berilayotgan o’quv
materiallarini
sinchkovlik bilan saralashni, ularni onlayn o’qitish platformasiga to’gri yuklay
143
olishni, va eng asosiysi, o’rganish jarayonini kuzatishda yuzaga kelgan
qiyinchiliklarni bartaraf etishni talab etdi.
Hulosa
qilib shuni aytish mumkinki, ESL va EFL o’rganish va o’qitishda
texnologiyalarning o’rni beqiyos va shu jumladan hushyorlikka va ogohlikni talab
qiladi. Uning yuqorida sanab o’tilgan ijobiy va salbiy taraflari bor. Ijobiylarini
yanada oshirib, salbiylariga esa yechim berilishi kutilmoqda. Pandemiya davri
zamonaviy texnologiyalarning har ikkala jihatlarini oshishiga imkon yaratdi. Natija
EFL va ESL oqitish va o’rganish yana bir paradigmaga ko’tarila
olishiga zamin
yaratdi.
Do'stlaringiz bilan baham: