Qurilish mashinasi yo‘l varaqasi (ESM-2 shakl) mashinistga ob’ektga yetkazish oldidan to‘ldiriladi. Unda mashinaning nomi, texnik ma’lumotlari, mashinistning ismi-sharifi, unga berilgan topshiriqlar, topshiriqni bajarishga kirishish va uni yakunlash muddatlari ko‘rsatiladi.
Qurilish mashinasi ishi to‘g‘risida bildirgi (ESM-3 shakl)da xuddi (QMF -1 shakl)dagidek boshqa qurilish mashinalari (beton qorish, ekskavator, buldozer, greder va shu kabilar) tomonidan har bir ob’ektda bajarilgan ishlarning turlari, miqdori, sarflagan vaqti va boshqa ma’lumotlar keltiriladi. Ushbu bildirgi qurilish mashinalari tomonidan bajarilgan ishning qiymati to‘g‘risida ma’lumotnomani tuzishga asos bo‘ladi. Bu ma’lumotnoma ham bosh pudratchi tomonidan imzolanadi, uning muhri bilan tasdiqlanadi hamda bosh pudratchi va ixtisoslashgan qurilish tashkiloti o‘rtasida hisob-kitoblarni amalga oshirishga asos bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |