ESM-1 shakl, ESM-2 shakl, ESM-3 shakldagi hujjatlar balansida maxsus qurilish mashinalari va uskunalariga ega bo‘lgan va ular yordamida boshqa tashkilotlarga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan qurilish tashkilotlarida qo‘llaniladi.
Ko‘tarish krani ishi haqida bildirgida (ESM -1 shakl) uning qaysi ob’ektda ishlagani va bajargan ishining turlari, miqdori, sarflagan vaqti va boshqa ma’lumotlar keltiriladi. Ushbu bildirgi asosida ko‘tarish krani tomonidan bajarilgan ishning qiymati to‘g‘risida ma’lumotnoma tuziladi. Ma’lumotnoma bosh pudratchi tomonidan imzolanadi va uning muhri bilan tasdiqlanadi. Ushbu hujjat bosh pudratchi va ko‘tarish kranida ishlarni bajargan ixtisoslashgan qurilish tashkiloti o‘rtasida hisob-kitoblarni amalga oshirishga asos bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |