0120 «Binolar, inshoatlar va uzatish qurilmalari» schyotida quyidagi tarkibdagi asosiy vositalar hisobi yuritiladi:
binolar – bu ishlab chiqarish, ma’muriy boshqaruv va boshqa ijtimoiy-maishiy maqsadlarda foydalaniladigan binolar (sexlar, omborlar, yuvinish xonalari, laboratoriya, idora, garaj, o‘t o‘chirish deposi va shu kabi mehnat sharoitini yaratib beruvchi, tovar-moddiy boyliklar butligini ta’minlovchi ob’ektlar). Binolar tarkibiga ularni normal ekspluatatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan barcha kommunikatsiyalar, ya’ni isitish, ventilyatsiya, suv va gaz ta’minoti, lift, yong‘inga qarshi va signalizatsiya qurilmalari, telefon aloqasi simlari tizimlari ham kiritiladi.
inshoatlar – ochiq ayvonlar, devorlar, suv minoralari, temir yo‘l shahobchalari, nasos stansiyalari, sement va suv havzalari, sig‘imlar, asfaltlangan yo‘llar va yo‘lkalar.
uzatish qurilmalari – elektr liniyalari, gaz, suv, bug‘ o‘tqazuvchi quvurlar va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |