Kapital investitsiyalar – bu qurilish tashkilotlarining yangi ob’ektlarni qurishga, eski ob’ektlarni kengaytirish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilishga, shuningdek asosiy vositalarni sotib olishga sarflagan mablag‘lari majmuasi. Xalqaro standartlarda va O‘zbekiston Respublikasining milliy standartlarida (5-son BHMS) bu harakterdagi harajatlar asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatini ko‘paytiradigan harajatlar deb tan olinadi.
Kapital investitsiyalar harakteriga ko‘ra ichki investitsiya hisoblanadi, ular bevosita qurilish tashkiloti qudratini oshirishga yo‘naltirilgan mablag‘lardir.
Qurilish tashkilotlari o‘z maqsadlaridagi kapital investitsiyalarni ikki usulda amalga oshirishlari mumkin: pudrat usulida va xo‘jalik usulida. Ushbu usullarda amalga oshirilgan kapital investitsiyalarning hisobi 0810 «Tugallanmagan qurilish», 0820 «Asosiy vositalarni sotib olish», 0890 «Boshqa kapital quyilmalar» schyotlarida olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |