PASTDARG`OM TUMANI XALQ TA`LIMI BO`LIMI
87-SONLI UMUMTA’LIM maktabI
|
|
THE DEPARTMENT OF PUBLIC EDUCATION OF PASTDARGOM DISTRICT
SCHOOL № 87
|
|
|
|
|
P astdarg’om tumani Qorasuv MFY 1 A-uy
Tel.: (+998) 94 184 12 62 ,
e-mail: maktab. qorasuv@mail.ru
|
|
1 A, County of Qorasuv, Pastdargom district 150530,
Tel.: (+998) 94 184 12 62 ,
e-mail: maktab.qorasuv @mail.ru
|
|
|
|
|
BUYRUQ №______
“____”______ 2021 – yil Pastdarg’om tumani
“O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining
2018-yil 3-oktyabrdagi” umumiy o’rta ta’lim
muassasalarida o’quvchilar davomatini yuritish
tartibini takomillashtirish to’g’risida”gi 246-sonli
buyrug’i
Maktabda o’quvchilar davomatini yuritish, nazorat qilish, dars mashg’ulotlariga sababsiz kelmayotgan yoki muntazam ravishda qatnashmayotgan o’quvchilarni aniqlash va ularni ta’limga jalb qilish ishlarini yanada samarali tashkil etish hamda O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2018 yil 3 oktyabrdagi “Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida o’quvchilar davomatini yuritish tartibini takominlashtirish to’g’risida”gi 246-sonli buyrug’i jrosini ta’minlash maqsadida
BUYURAMAN:
1. O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2018-yil 3-oktyabrdagi “Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida o’quvchilar davomatini yuritish tartibini takomillashtirish to’g’risida”gi 246-sonli buyrug’i rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligining 2018-yil 3-oktyabrdagi 246-sonli buyrug’i bilan “Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida o’quvchilar davomatini yuritish tartibi to’g’risida”gi yo’riqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi inobatga olinsin.
3. Maktabning MMIBDO’ : K.Yarkulovga :
Maktab o’quvchilar davomatiga oid ma’lumotlarni o’z vaqtida olish, tahlillarni umumlashtirgan holda taqdim etish:
Rahbariyat bilan kelishilgan holda o’quvchilar davomatini nazorat qilish, maktabda dars mashg’ulotlariga sababsiz kelmayotgan yoki muntazam ravishda qatnashmayotgan o’quvchilarni aniqlash, ularni ta’limga qaytarish choralarini ko’rish vazifalari yuklatilsin.
4. o’quvchilar davomati hisobotining haqqoniyligini ta’minlash borasida fan o’qituvchilari, sinf rahbarlari hamda maktab rahbariyatining ma’suliyatini oshirish:
O’quvchilar davomatini yuritishda zamonaviy axborot komunikasiya texnologiyalaridan samarali foydalanishni yo’lga qo’yish:
Farzandlari tarbiyasiga salbiy ta’sir ko’rsatayotgan, ularning ta’lim olish uchun yetarli shart-sharoit yaratmayotgan ota-onalarni, voyaga yetmaganlarni dars vaqtlarida boshqa ishlarga jalb etayotgan shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortish masalasida ichki ishlar organlari bilan hamkorlik qilish;
O’quvchilar davomatining haqiqiy holatini aks ettirgan holda maktabdagi kunlik davomatni tuman xalq ta’limi bo’limiga har kunlik davomatni 14-00 gacha taqdim etib borish vazifalari yuklatilsin.
5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilishni o’z zimmamda qoldiraman.
ASOS: O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2018-yil 3-oktyabrdagi “Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida o’quvchilar davomatini yuritish tartibini takomillashtirish to’g’risida”gi 246-sonli buyrug’i
Do'stlaringiz bilan baham: |