The department of public education of pastdargom district


Sababsiz ravishda darslarga kechikish, dars qoldirish, darslarga



Download 160,77 Kb.
bet3/18
Sana09.02.2022
Hajmi160,77 Kb.
#438185
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
246 davomat hujjatlari

Sababsiz ravishda darslarga kechikish, dars qoldirish, darslarga (soat, kun, hafta davomida) kirmaslik yuqorida kursatilgan sabablar bulmagan xollarda darslarga kisman yoki tulik katnashmaslik;
Muntazam dare koldirish - sababsiz ravishda bir o’quv haftasida 3 kun va undan ortiq, bir oy mobaynida 10 kun va undan ortiq dars mashg’ulotlariga uzluksiz qatnashmaslik.

  1. bob. O’quvchilar davomatini yuritish

  1. Umumiy o’rta ta’lim muassasalari (matnda bundan buyon maktablar deb yuritiladi) o’quvchilarining davomati har bir sinf, maktab, tuman (shahar), viloyat va Respublika miqyosida yuritiladi.

  2. O’quvchilar davomati sinf miqyosida fan o’qituvchisi tomonidan sinf jurnalida quyidagi tartibda qayd etiladi:

O’’quvchi darsga qatnashayotgan bo’lsa, u holda sinf jurnaliga hech qanday belgi qo’yilmaydi (baholash bundan mustasno);
ukuvchi darsda qatnashmayotgan bulsa sinf jurnalida mazkur fandan ruyxat buyicha joriy nazorat ustunining tegishli katagiga sababli bulsa “+”, sababsiz bulsa belgisi kuyiladi;

  1. Sinf miqyosida o’quvchilar davomati sinf rahbari tomonidan nazorat qilinadi. Hafta yakunida sinf rahbari tomonidan sinf jurnalining davomat sahifasida (236-255 betlar) o’quvchining darslarga qatnashish davomati - soati o’quvchi taqdim etgan hujjatga asosan sababli, taqdim etmagan holda sababsiz belgilanadi. O’quvchining kunlik davomati qoldirgan dars soatiga asosan belgilanadi.

  2. Maktab mikyosida kunlik o’quvchilar davomati maktab yetakchisi tomonidan olib boriladi. O’quvchilar davomati xar o’quv kunida 2 marta (1 marta, 1-soat) va oxirgi dars davomida sinflar kesimida o’rganiladi.

  3. O’quvchilar davomati maktab miqyosida direktorping ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari tomonidan nazorat qilinadi va muvofiqlashtiriladi.

  4. Maktab o’quvchilarining umumiy kunlik davomati o’quv kuni yakuniga ko’ra maktab yetakchisi tomonidan berilgan ma’lumotlar asosida direktorning ma’naviy- ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari tomonidan ta’lim muassasasining davomat jurnaliga (namunaviy shakli ushbu yo’riqnomaga 1-ilovada keltirilgan) qayd etiladi.

Darslarga qatnashmagan kunlari uchun kasalligi to’g’risida ma’lumotnoma taqdim etgan o’quvchilar sinf jurnalida sababsiz darsga kelmaganlar safidan sababli kelmaganlar safiga o’tkaziladi, ya’ni sinf jurnalidagi belgisi, “+” belgisiga o’zgartiriladi.

  1. O’Quv kuni soat 14:00 ga kadar maktab o’quvchilarining kunlik davomati direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar buyicha direktor urinbosari tomonidan ushbu yo’riqnomaning 2-ilovasida keltirilgan jadvalga muvofik umumlashtiriladi va tuman (shaxar) xalq ta’limi bo’limlariga taqdim etish uchun maktab direktoriga kiritiladi.

  2. Tuman (shahar) xalq ta’limi bo’limlaridagi Ma’naviy-axloqiy tarbiya sho’basi tomonidan soat 15:00 ga qadar umumiy o’rta ta’lim muassasalari kesimida o’quvchilarning kunlik davomati umumlashtiriladi.

Tuman (shahar) miqyosida ushbu yo’riqnomaning 3-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq umumlashtirilgan kunlik davomat jadvali shu kuni soat 15:30 ga qadar Qorqalpog’iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalariga taqdim etiladi.

  1. Qoraqalpog’iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalaridagi Ma’naviy-axloqiy tarbiya bo’limi tomonidan tuman (shahar)lar kesimida umumlashtirilgan o’quvchilar davomati to’g’risidagi ma’lumotlar ushbu yo’riqnomaning 4-ilovasida keltirilgan jadval asosida Xalq ta’limi vazirligining Ma’naviy-axloqiy tarbiya boshqarmasiga soat 16:00 ga qadar elektron shaklda taqdim etadi.

  2. Xalq ta’limi vazirligining Ma’naviy-axlokiy tarbiya boshqarmasi tomonidan hududlardan olingan ma’lumotlar mazkur yo’riqnomaning 5-ilovasiga muvofiq respublika miqyosida umumlashtirilib, vazirlik rahbariyatiga kiritiladi.

Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktablari o’quvchilar davomati to’g’risidagi kunlik ma’lumotlarni 2-ilovadagi shakl asosida to’g’ridan-to’g’ri vazirlikka taqdim etadi.

  1. O’quvchilar davomatini o’rnatilgan tartibda yuritish, tegishli ma’lumotlarning haqqoniyligi va o’z muddatida taqdim etilishini ta’minlashga maktablar, tuman (shahar) xalq ta’limi bo’limlari hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalarining birinchi rahbarlari shaxsan mas’ul hisoblanadi.

3-bob. Dars mashg’ulotlariga sababsiz kelmayotgan yoki muntazam ravishda qatnashmayotgan o’quvchilarni aniqlash, hisobini yuritish

  1. O’quv haftasi yakuni bo’yicha direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor rinbosari o’quvchilarning davomatini tahlil qilib, ruyxat asosida sababsiz va muntazam ravishda darslarga qatnashmayotgan o’quvchilarni dars mashg’ulotlariga va ta’limga to’liq jalb qilish choralarini ko’radi.

Zarur hollarda tegishli mahalla fuqarolar yig’ini hamda profilaktika inspektori va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda o’quvchilarni ta’limga jalb qilish choralari ko’riladi.

  1. Maktab direktori tomonidan o’quvchilarni dars mashg’ulotlariga va ta’limga qaytarish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar (muntazam ravishda) nazorat qilinadi. Mahalla fuqarolar yig’ini, profilaktika inspektorlari hamda ota-onalar bilan hamkorlikda ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish maqsadida o’quvchilarni darsga qaytarish choralarini ko’radi.

  1. Muntazam ravishda darslarga qatnashmayotgan o’quvchilarni ta’limga jalb qilish borasida maktab raxbariyati tomonidan olib borilgan ishlar samarasiz yakunlangan xolatlarda, bunday o’quvchilar xakidagi batafeil ma’lumotlar tuman (shaxar) xalq ta’limi bulimiga takdim etiladi.

  2. Tuman (shahar) xalq ta’limi bo’limi tomonidan o’qishdan bo’yin tovlaydigan o’quvchilarni tuman (shahar) mahalla, ichki ishlar idoralari, hokimliklar qoshidagi voyaga yetmaganlar ishlari bo’yicha Komissiya, “Yoshlar ita^oki'’ xududiy bulimlari bilan hamkorlikda ta’limga qaytarish choralari ko’riladi. Nazoratsiz va qarovsiz qolganligi aniqlangan voyaga yetmaganlarni joylashtirish bo’yicha vasiylik organlariga taklif kiritadi.

  3. Nazoratsiz va qarovsizlik oqibatida yoki o’zboshimchalik bilan ta’lim muassasalarini tark etgan bolalarni ta’limga jalb qilish maqsadida Qoraqalpog’iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari joylardagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko’rsatish markazlari bilan doimiy hamkorlikda faoliyat olib boradi.

4-bob. Yakuniy qoida
20. Mazkur Yo’riqnoma talablarining buzilishida aybdor bo’lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.



Download 160,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish