Tg’r Bosqichlar va bajariladigan ish mazmuni


Frustratsiya va shaxsning kelajak rejalari



Download 89,99 Kb.
bet17/21
Sana08.07.2021
Hajmi89,99 Kb.
#112099
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
3-maruza

4. Frustratsiya va shaxsning kelajak rejalari.

4- savol bo’yicha darsning maqsadi: Shaxsning ustanovkalarini ta’riflash. Shaxsning muhim orientatsiyalarini talabalarga tushuntirish. Shaxsning ustanovkalarini ishlab chiqish va o’rganish.

Identiv o’quv maqsadi:

Shaxsning ustanovkalarini ta’riflaydi. Shaxsning muhim orientatsiyalarini talabalarga tushuntiradi. Shaxsning ustanovkalarini ishlab chiqadi va o’rganadi.



To’rtinchi savolning bayoni:

Shaxsning belgisi va o’zini anglashining mazmuni — uning biron maqsad­ni ko’zlashi, shunga intilishidan iborat.

Shaxsning muhim xossasi shuki, u biron maqsadni ko’zlaydi, shu maqsadga intiladi. Shaxs hamisha biron narsaga, biron maqsadga, biron obektga ko’z tikadi, unga intiladi.

XXI asrda ham odam individ, shaxs, sub’ekt, komil inson sifatida psixologik ilmiy tushunchalar negizida talqin qilinishda davom ettiriladi, lekin har bir tushuncha mohiyatida va ko’lamida sifat o’zgarishlari yuz berishi mumkin, chunki tashqi va ichki omillar, ta’sir etuvchilar, ta’sirlanuvchilar ustuvorligi yo’qola boradi.

XXI asrda individ, inson, shaxs, sub’ekt va komil insonni o’rganish turli yo’nalishlarda, vaziyatlarda, yosh xususiyatlari, alohida yondashish negizida, o’ziga xos talhlilga, metodologik asosga suyanib olib boriladi Mustaqillik, istiqlol sharofati bilan shaxsga oid qarashlar, mulohazalar mohiyati, uning mazmuni va shaklida o’zgarishlar yuz beradikim, buning natijasida erkin fikrlash, ochiq shakldagi ilmiy farazlarni ilgari surish imkoniyati tug’iladi.

Respublikamizda yuz berayotgan tub o’zgarishlar xalqimiz, millatimiz ruhiyatini sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tardi, ona yurt madhi, ajdodlar merosidan g’ururlanish, ma’naviyat durdonalaridan faxrlanish hislari vujudga keladi. Vatan va vatanparvarlik tushunchalari o’zining haqiqiy, chinakam ma’nosini kasb etadi. Kishilardagi o’ta sabr-toqatlilik, itoatkorlik, tashabbuskorlikning etishmasligi o’rnini erkinlik, ijodiyot, mehnat, batamom istiqlolga erishish zaruriyati, oilaning butligi, to’kisligi va ularning istiqboli kabi sifatlar, fazilatlar, yuksak tuyg’ular, xislatlar egallay boshlaydi. Shaxsning yo’naltirilganligida anglangan motivlar asosiy rol o’ynaydi. Kishi ehtiyoj ob’ektini maqsad deb anglagan holda o’zining shaxsiy maqsadlarini o’zi kirgan jamoaning maqsadlari bilan bog’laydi va o’z maqsadlarini tegishli ravishda o’zgartiradi, mazmunga tuzatishlar kiritadi. Kishi faoliyatining natijasini xayolan oldindan belgilab beradigan maqsadning o’zigina emas, balki ushbu maqsad ahamiyatiga molik ob’ektda ro’yobga chiqishining realligi ham anglanilgan bo’lsa, bu hol shaxsning istiqboli deb qaraladi. Istiqboli anglaydigan kishiga xos ta’bi xiralik, kechinmalarga qarama-qarshi o’laroq ruhsizlik holati frustratsiya deb ataladi.Bu kishi maqsadga erishish yo’lida real tarzda bartaraf etib bo’l maydi deb hisoblangan yoki shunday deb idrok etiladigan to’sqinliklarga, g’ovlarga duch kelgan hollarda yuz beradi. Frustratsiyaning yuz berishi shaxsning xulq-atvorida va uning o’zini anglashida turli xil o’zgarishlarga olib keladi

Qiziqish - biron bir sohada to’g’ri mo’ljal olishga, yangi faktlar bilan tanishishga, voqe’likni ancha to’la va chuqur aks ettirishga yordam beradigan motivdir.qiziqishning faoliyat jarayonidagi roli benihoyat kattadir. qiziqishlar shaxsni o’zida bilim olish,va anglab etish borasida hosil bo’lgan ishtiyoqni qondirish yo’llarini va usullarini faol tarzda izlashga majbur etadi. Shaxsning yo’naltirilganligini ifodalaydigan qiziqishning qondirilishi odamda uning so’nishiga olib kelmaydi, aksincha, uni qayta ko’rgan, boyitgan va chuqurlashtirgan holda bilish faoliyatining yanada yuksak darajasiga mos keladigan yangi qiziqishlarni keltirib chiqaradi. qiziqishlar bilishning doimiy qo’zg’atuvchi mexanizmi sifatida namoyon bo’ladi.

Shaxsning ko’ngildagidek rivojlanishi qiziqishlar miqyosining tor emas, keng bo’lishini taqozo etadi.

qiziqishlar barqarorligi darajasiga ko’ra ham har xil bo’lishi mumkin. Shaxsning asosiy ehtiyojlarini eng ko’proq namoyon qiladigan va shu boisdan ham uning psixologik tuzilishiga xos hislatlarga aylanib qoladigan qizi qishlari barqaror hisoblanadi.qiziqishlarning ba’zan barqaror bo’lmasligi katta yoshidagi o’quvchilarning yosh xususiyati hisoblanadi.

Xulk-atvorning muhim motivlaridan biri-e’tiqoddir. E’tiqod-shaxsni o’z qarashlariga, printsiplariga, dunyoqarashiga muvofiq tarzda ish ko’rishga da’vat etadigan motivlar sistemasidir. E’tiqod shaklida namoyon bo’ladigan ehtiyojlarning mazmuni - bu tabiat, tevarak-atrofdagi olam to’g’risidagi bilimlar va ularning muayyan tarzdagi tushunilishi demakdir. Bu bilimlar nuqtai nazarlar (falsafiy,estetik,ahloqiy, va h.k.) ning tartibga solingan va ichki uyushgan sistemasini tashkil etgan taqdirda kishining dunyoqarashi sifatida talqin qilinishi mumkin.

Motivlar, avvalo, anglanilgani bilan xarakterlanadi. Boshqacha qilib aytganda, motiv (sabab) lar paydo bo’ladigan kishi uni faoliyatga nimalar da’vat etayotganini, uning ehtiyojlari qanday ma’no kasb etishini biladi. Lekin barcha motivlar ham bu kategoriyaga kiravermaydi. Inson ishlari va xatti-harakatlari sababiyatining anchagina ahamiyatga molik jabhasi anglanilmagan motivlardan tarkib topadi.


Download 89,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish