Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Mustaqil ish Fan: Davlat va huquq tarixi mavzu: Mustaqil Oʻzbekiston davlati va huquqi Bajardi: S. Xolyorov Tekshirdi: X. Roʻziyev



Download 27,2 Kb.
Sana04.03.2022
Hajmi27,2 Kb.
#482024
Bog'liq
Samandar dht refarat


Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti


Mustaqil ish




Fan:Davlat va huquq tarixi
MAVZU: Mustaqil Oʻzbekiston davlati va huquqi
Bajardi:S.Xolyorov Tekshirdi:X.Roʻziyev.

XX asr oxirlariga kelib jahon xaritasida yana bir mustaqil, suveren


davlat – O‘zbekiston Respublikasi paydo bo‘ldi. O‘zbekiston tinch yo‘l
bilan o‘zining mustaqil davlatchiligiga ega bo‘ldi. Mustaqillik o‘zbek
xalqiga o‘z tarixini va milliy-ma’naviy hamda huquqiy qadriyatlarini
qayta tiklash imkonini berdi. Davlatimiz rahbari Islom Karimov
ta’kidlaganidek: «Mustaqillik biz uchun muqaddas ma’naviy qadriyatlar
va milliy an’analarga tayangan holda va tarzda yashash, ana shu bebaho
merosni asrab-avaylash, kelgusi avlodlarga yanada boyitgan holda
yetkazish demakdir».
Mustaqillik bois ijtimoiy-siyosiy jabhada tub burilish sodir bo‘ldi.
O‘zbekiston xalqi o‘z davlatini tashkil etish va rivojlantirish imkoniyatiga
ega bo‘ldi. Mustaqillikning qadri, xalqimiz uchun ahamiyati va uni asrash
mas’uliyati xususida gapirib, yurtboshimiz «O‘zbekiston mustaqillikka
erishish ostonasida» nomli asarida quyidagi fikrlarni bayon etdi:
«Mustaqillik bizga nima berishini bilardik. O‘z taqdirimiz, farzandlarimiz
kelajagini o‘zimiz hal etish imkoniyatiga ega bo‘ldik. O‘z yerimiz,
boyliklarimizga sohiblik qila boshladik… Mustaqillik tufayli dunyoga,
jahonga chiqdik… Dunyo xaritasida endi katta harflar bilan
«O‘ZBEKISTON» deb yozib qo‘yiladigan bo‘ldi»
Mustaqillik sharofati bilan ma’naviy hayotimizda uyg‘onish yuz
berdi. Tariximizni tikladik. Ona tilimizni angladik… Udumlarimiz,
qadriyatlarimizga qaytdik. Bir so‘z bilan aytganda, o‘zligimizni angla-
dik… Siyosiy yo‘lda burilish bo‘ldi. Mustaqillikni e’lon qilib, uni qonun
bilan rasmiylashtirdik. O‘zbekiston Respublikasi uchun mustaqillik
yillari qad rostlash, o‘zlikni anglash, istiqbol rejalarini belgilash hamda
ulug‘vor maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan islohotlar davri bo‘ldi. Boshqa mamlakatlar va davlatlar singari O‘zbekiston ham o‘zining
bir necha ming yillik qadimiy hamda mustaqillik bilan bog‘liq zamonaviy
tarixiga ega. Har bir davlatning o‘z tarixi bo‘lgani singari O‘zbekistonning ham o‘z tarixi, qaror topish ibtidosi hamda shakllanish bosqichlari bor. Respublikamizning mustaqillik davridan boshlanuvchi tarixini o‘rganishga oid ikki xil yondashuv mavjud. Birinchi holda uni 1989-yildan boshlab o‘rganish kerakligi ta’kidlansa, ikkinchi yondashuvda – 1991-yil sentabrdan boshlab o‘rganish lozimligi to‘g‘risidagi fikr ilgari suriladi. Har ikki yondashuv ham o‘sha davrdagi istiqlolga intilish va erishish bilan bog‘liq islohotlar, qabul qilingan siyosiy va konstitutsiyaviy qarorlar mohiyatiga tayanadi. Ayni vaqtda, har ikki holda ham O‘zbekiston davlati va huquqi bir-biriga uzviy bog‘liq tarzda bir
tarixiy sharoitda hamda davrda shakllanishi e’tirof etiladi.
Mustaqil taraqqiyot yillarida – tarixan qisqa bir davrda – O‘zbekiston
yangi demokratik davlatchilikni barpo etish va insonparvar huquqiy
tizimni qaror toptirish borasida ulkan marralarni qo‘lga kiritdi. Buning
natijasida mamlakatimiz qiyofasi butunlay o‘zgarib, jahon
hamjamiyatidagi o‘rni va nufuzi yuksalib bormoqda… Erishilgan bunday
marralar – barqaror rivojlanib borayotgan iqtisodiyotga asoslangan, ochiq
demokratik huquqiy davlat qurish, inson, uning manfaatlari, huquq va
erkinliklari amalda oliy qadriyat darajasiga ko‘tarilgan, jahon miqyosida
obro‘-e’tibor qozongan jamiyat barpo etish borasida biz o‘z oldimizga
qo‘ygan yuksak maqsadga qaratilgan uzoq va murakkab yo‘lning bir
qismidir.
O‘zbekiston tarixini o‘rganishning yuqorida ta’kidlangan birinchi
yondashuviga ko‘ra, uni 1989-yildan boshlash lozim degan fikrda ma’lum
ma’no bor. Darhaqiqat, 1980-yillarning oxirlaridan boshlab respublikada
iqtisodiy va siyosiy suverenitetni qo‘lga kiritishga yo‘naltirilgan chora-
tadbirlar ko‘rildi.
O‘zbekiston Oliy Sovetining XI chaqiriq oxirgi sessiyasida «O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti… amalga oshirilayotgan siyosiy sistema islohotini, ishlab chiqarish munosabatlarini takomillashtirishni hisobga olgan holda respublikaning iqtisodiy suverenitetini kengaytirish-
ning asosiy yo‘llarini belgilasin», degan qaror qabul qilindi.
1990-yil 23-martida O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti-
ning Plenumi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonning siyosiy suvereniteti
masalalariga oid muammolarini tahlil etish va tegishli konsepsiya ishlab
chiqishga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, mazkur anjumanda
respublika siyosiy tizimi to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi, unda Islom
Karimov real hokimiyat O‘zbekiston Kompartiyasidan barcha darajadagi
xalq deputatlari kengashlariga, ya’ni davlat hokimiyati idoralariga
berilishi lozimligini ta’kidlab, shunday dedi: «… Bugun yuzaga kelgan
vaziyatda O‘zbekiston SSR Prezidenti lavozimini ta’sis etish muhim
ahamiyat kasb etmoqda». «Binobarin, eng muhimi shundan iboratki,
Prezident institutining joriy etilishi – respublikamiz uchun suverenitet va
davlatchilikda prinsip jihatdan yangi bosqichga o‘tilishini bildiradi.
Chunki bu shunchaki emas, balki haqiqiy davlatchilik hokimiyatining
bunday tuzilmasini qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega».
Mazkur holatdan kelib chiqib, 1990-yil 24-martida XII chaqiriq
O‘zbekiston Oliy Sovetining birinchi sessiyasi mamlakatimiz tarixida ilk
marotaba Prezidentlik lavozimini joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Sessiya yakdillik bilan Islom Abdug‘aniyevich Karimovni O‘zbekiston
SSR Prezidenti etib sayladi. O‘zbekistonda Prezident lavozimining ta’sis
etilishi respublikaning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligi uchun kurash
borasida qo‘yilgan dastlabki qadam edi.
Demokratik davlat barpo etish jarayonida prezidentlik institutining
joriy etilishining ahamiyati xususida fikr yuritib, I.A. Karimov quyidagi
mulohazalarni bildirdi: Prezident zimmasiga yuklatilgan asosiy vazifalar
quyidagilardan iborat: «1. O‘zbekiston SSRning siyosiy mustaqilligini
mustahkamlash va yanada takomillashtirish, uni yangi va hayotiy
mazmun bilan boyitish… 2. Prezident boshqaruvining muhim vazifalari-
dan biri respublikaning iqtisodiy mustaqilligini, o‘zini o‘zi idora qilishga
va o‘zini o‘zi pul bilan ta’minlashga erishish… 3. Mehnatkashlarning,
aholining hamma tabaqalari farovonligini oshirish, odamlarning talab-
ehtiyojlarini qondirish, ijtimoiy sohani tez sur’atlar bilan rivojlantirish –
Respublikaning davlat hokimiyati va boshqaruv organlaridan, O‘zbekis ton SSR Prezidentidan doimiy e’tibor talab qiladigan vazifadir».
Shu bilan birga inson, uning huquq va ehtiyojlari, xalqni ma’naviy
yuksaltirish, insonni axloqiy va jismoniy takomilga erishtirish Prezident
faoliyatining markazida turadi. O‘zbekistonda ilg‘or demokratik tamoyillar asosida qaror toptiriladigan davlatchilikning tamal toshi qo‘yilishidagi tarixiy muhim qadam «Mustaqillik Deklaratsiyasi» bo‘ldi. 1990-yil 20-iyun kuni XII
chaqiriq Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasi mazkur parlament majlisi
arafasida 40 dan ziyod deputat, doimiy komissiyalarning raislari,
huquqshunoslar tayyorlagan deklaratsiya matnini ko‘rib, uni moddama-
modda muhokama qilib, bir ovozdan O‘zbekistonning Mustaqillik
Deklaratsiyasini qabul qildi. Muhim tarixiy ahamiyatga molik mazkur
hujjatning kirish qismida quyidagi olijanob so‘zlar yozilgan:
«O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi o‘zbek
xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy
an’analari, har bir millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini
ta’minlashdan iborat oliy maqsad haqi, O‘zbekistonning kelajagi uchun
tarixiy mas’uliyatni chuqur his etgan holda xalqaro huquq qoidalariga,
umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya prinsiplariga asoslanib,
O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining davlat mustaqilligini
e’lon qiladi».
Shuningdek, uning birinchi moddasida: «O‘zbekiston SSRning
demokratik davlat mustaqilligi respublikaning o‘z hududida barcha
tarkibiy qismlarni belgilashda va barcha tashqi munosabatlarda tanho
hokimligidir», – deb belgilab qo‘yildi. Mustaqillik deklaratsiyasining qabul qilinishi O‘zbekistonning tamomila yangi konstitutsiyasini tayyorlashga turtki bo‘ldi. Aynan Oliy Sovetning ushbu ikkinchi sessiyasida mustaqillik g‘oyalari va tamoyillariga tayangan holda davlatimizning yangi konstitutsiyasi ishlab chiqilishi lozim, degan xulosaga kelindi. Sessiya Prezident Islom Karimov raisligida 64 kishidan iborat konstitutsiyaviy komissiyani tuzish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Biroq O‘zbekistonda konstitutsiyaviy ahamiyatga molik islohotlar Konstitutsiyaviy komissiya tuzilishidan ancha avvalroq boshlangan edi. Ma’lumki, 1990-yil 24-martida O‘zbekiston Prezidenti lavozimi ta’sis etilishi ana shunday islohotlarning dastlabkisi edi. Prezidentlik boshqaruvining ta’sis etilishi «sovetlar» hukmron bo‘lgan davlat boshqaruv shakliga barham berib, amalda davlatimizning prezidentlik respublikasi shakliga o‘tishini anglatardi. Prezidentlik institutining kiritilishi davlat hokimiyati vakolatlarining yangicha taqsimlanishini taqozo etar edi. Shu munosabat bilan ijroiya-boshqaruv hokimiyatining tizimi takomillashtirildi. Jumladan, 1990-yil 1-noyabrda «O‘zbekiston SSRda ijroiya va boshqaruv hokimiyatining tuzilishini takomillashtirish hamda O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy qonuni)ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» qonun qabul qilindi. Mazkur qonunga muvofiq, Prezidentlik hokimiyati bilan Respublika Ministrlar Soveti birlashtirilib, O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga aylantirildi. Ijroiya hokimiyat Prezident qo‘lida mujassamlashdi. U ham hukumat rahbari, ham davlat boshlig‘i bo‘lib qoldi. Navbatdagi konstitutsiyaviy islohot qadami viloyatlar, shaharlar va tumanlarda davlat hokimiyatining vakillik hamda ijroiya idoralariga rahbarlik qiluvchi hokimlar lavozimini ta’sis etishdan iborat bo‘ldi. Ayni vaqtda, 90-yillarning boshlarida Sobiq Markazni saqlab qolish, uning mavqeini kuchaytirish yo‘lidagi harakatlar davom ettirildi. Totalitar tuzum tarafdorlari jon-jahdlari bilan talvasali urinishlar qildilar. Xususan, 1991-yil 19–21-avgustda Moskvada davlat to‘ntarishini amalga oshirishga harakat qilib ko‘rildi. To‘ntarishni uyushtirgan shaxslar mamlakatda boshboshdoqlik va parokandalik avjiga chiqqan paytdan foydalanib qolmoqchi bo‘lishdi. Ular markazda hokimiyatni qo‘lga olib, Favqulodda holat davlat qo‘mitasi (GKCHP)ni tashkil etdilar.
O‘sha davrdagi SSSR hududida g‘ayrikonstitutsiyaviy siyosat yurita boshladilar. O‘zbekiston rahbariyati bunday g‘alamislik niyatlariga yon bermadi.
20 avgustda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosati, O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri rahbarlari ishtirokida qo‘shma majlis bo‘ldi. Unda O‘zbekistonning mustaqillikka erishish yo‘li o‘zgarmasligi haqida Bayonot qabul qilindi. Yuzaga kelgan vaziyatni aniq baholab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 1991-yil 25-avgustda «Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizligi komitetini O‘zbekiston SSR yurisdiksiyasiga olish to‘g‘risida»gi va 1991-yil 29-avgustdagi «KPSSning O‘zbekiston SSR hududidagi mulki to‘g‘risida»gi farmonlarni chiqardi. Shunday sharoitda, ya’ni markaz va respublikalar o‘rtasidagi munosabatlar tobora taranglashib, markaz boshqaruv qobiliyatini yo‘qotgan, har bir mintaqa, har bir jumhuriyat o‘z holiga tashlab qo‘yilgan bir sharoitda tarixiy vaziyatni to‘g‘ri baholay bilish qobiliyatiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov Oliy Kengash sessiyasini chaqirish va unda O‘zbekiston mustaqilligi haqida qonun qabul qilishni talab qildi. Chunki har bir jumhuriyatning chinakam teng huquqliligi va mustaqilligi ta’minlangandagina tanazzuldan chiqish mumkin edi. Buning uchun haqiqiy mustaqillik yo‘lidagi barcha to‘siqlar olib tashlanishi, har bir jumhuriyat so‘zda emas, balki amalda tenglar orasida teng bo‘lishi lozim edi.
Ayni shu maqsadlarni ko‘zlab, respublika Oliy Kengashining XII chaqiriq navbatdan tashqari sessiyasi 1991-yil 31-avgustda o‘z ishini boshladi. O‘zbekistonning mustaqil davlat deb e’lon qilinishida mazkur sessiya katta tarixiy ahamiyat kasb etganini alohida ta’kidlash lozim. Unda «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida»gi hamda «O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi masalalar kun tartibiga qo‘yildi.
1991-yil 31-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari VI sessiyasida «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida Oliy Kengash Bayonoti» e’lon qilindi. «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qilish to‘g‘risida» qaror va «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Bayonot orqali Oliy Kengash O‘zbekistonning davlat mustaqilligini va ozod suveren davlat – O‘zbekiston Respublikasi tashkil etilganligini e’lon qildi. Davlat hokimiyatining birdan-bir sohibi deb O‘zbekiston Respublikasining ozod mustaqil xalqi tan olindi. Davlat hokimiyatini ham bevosita, ham vakillik idoralari tizimi orqali amalga oshirishi mustahkamlandi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi qonun g‘oyat katta siyosiy va tarixiy ahamiyatga ega. Mazkur qonun asosida O‘zbekistonning huquqiy holati tubdan o‘zgardi. U 17 ta moddadan iborat bo‘lib, davlat suverenitetining asosiy belgilari mustahkamlandi. Jumladan, qonunning dastlabki moddasida O‘zbekiston Respublikasi mustaqil demokratik respublika deb e’lon qilindi. Xalq suveren va davlat hokimiyatining birdan bir manbai ekanligi, O‘zbekiston Respublikasi to‘la davlat hokimiyatiga ega ekanligi, o‘z milliy davlat va ma’muriy hududiy tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini mustaqil belgilashi, mustaqil tashqi siyosat olib borishi, respublika fuqaroligi joriy tashkil etilishi, o‘z davlat ramzlariga ega bo‘lishi, o‘z moddiy va tabiiy boyliklarini o‘zi erkin tasarruf etishi, mustaqil pul-kredit tizimiga ega bo‘lishi kabilar qonunlashtirildi. 1991-yil 30-sentabrda parlament qarori bilan ushbu qonunga «Konstitutsiyaviy qonun» maqomi berildi. Mustaqil taraqqiyotimizning dastlabki davrlaridan boshlab davlat boshqaruv organlari tizimi shakllantirildi, shu maqsadda mustaqil davlat organlarini vujudga keltiruvchi farmonlar qabul qilindi. Jumladan, «O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligini tuzish to‘g‘risi-da»gi farmon o‘ta muhim qadam bo‘ldi. 1991-yil 26-sentabrda Prezident farmoni asosida O‘zbekiston SSR Davlat xavfsizligi ittifoq-respublika komiteti tugatilib, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati tuzildi. Bundan tashqari, «O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankini tashkil etish to‘g‘risida», Oltin, olmos va boshqa nodir metallarni chetga chiqarilmasdan respublikaning o‘zida qoldirish va ularning zaxiralarini tashkil etish to‘g‘risida, shuningdek, «O‘zbekiston Respublikasining Bojxona qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida»gi (1991-yil 25-oktabr) farmonlar qabul qilindi. «O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi farmon bilan bu vazirlikning ittifoq-respublika maqomi tugatilib, mustaqil davlatimizning alohida Adliya vazirligiga aylantirildi. Unga mamlakatda huquqiy siyosatni shakllantirish va uni o‘tkazishda davlat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasi yuklatildi. «O‘zbekiston Milliy aviakompaniyasini tashkil qilish to‘g‘risida» (1992-yil 28-yanvar), «O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi organlari to‘g‘risida»gi farmon bilan Prokuratura ham faqat respublikaga bo‘ysunuvchi mustaqil idoraga aylantirildi. 1992-yil 28-fevral farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan chegara qo‘shinlarining bo‘linmalar, harbiy qismlar hamda harbiy o‘quv yurtlari, havo hujumidan mudofaa harbiy qismlari, kimyoviy qo‘shinlarning harbiy qismlari tegishli farmonlar bilan O‘zbekiston yurisdiksiyasiga o‘tkazildi. Ular mamlakatimizning davlat suverenitetini himoya qilish, davlat chegaralarini qo‘riqlash va mudofaani ta’minlash ishlariga safarbar etildilar. «O‘zbekiston paxtani qayta ishlash va paxta mahsulotini sotish davlat aksionerlik assotsiatsiyasini tashkil etish to‘g‘risida»gi (1992-yil 7-noyabr) va boshqa farmonlar fikrimizning yorqin dalilidir.
Golosoriylar:
1.Suveren-fr. Souverain – oliy] Xalqaro huquqda: mustaqil oliy hokimiyat egasi.
2. Demokratiya- [yun. demokratia < demos – xalq + kratos – hokimiyat] - 1 Fuqarolar erkinligi va tengligi konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan, xalq hokimiyatining shakllari amalda o'rnatilgan va yuzaga chiqarilgan siyosiy tuzum; xalq hokimiyati.
3. Sessiya- [lot. sessio – majlis, yig'ilish] 1 Ish, mashg'uloti davriy ravishda amalga oshiriladigan vakolatli organlarning, sud yoki jamiyatlarning ish, yig'ilish o'tkazadigan davri
4. Plenum- [lot. plenum – to'liq, to'la-to'kis narsa] Biror tashkilotning saylab qo'yilgan barcha a'zolari ishtirokidagi yalpi majlisi yoki plenar kengashi.
5. Prezident- [lot. praesidens, praesidentis – oldinda o'tiruvchi] 1 Respublika boshqaruvi shaklidagi ko'pchilik mamlakatlarda ma'lum muddatga saylab qo'yiladigan davlat boshlig'i.
6. Deputat- [lot. deputatus – vakil qilingan, yuborilgan] - 1 Vakolatli davlat organiga saylangan kishi, vakil.
7.Sotsialistik - 1 Sotsializmga oid ( - q. sotsializm 2). Sotsialistik sistema. 2 Sotsializm prinsiplariga asos-langan, shunga javob beradigan. Sotsialistik tuzum. 3 Sotsial-demokratiyaga oid. Sotsialistik partiya
8. Deklaratsiya- [lot. declaratio – ma'lum qilish, bildirish, e'lon qilish] - 1 Xalqaro huquqda va siyosat sohasida tomonlar (bir necha hukumatlar, siyosiy partiyalar, xalqaro tashkilotlar va sh. k.) tarafidan ma'qullangan dasturiy hujjat, muhim xalqaro voqyea, qonun va b. yuzasidan umum e'tiboriga yetkaziladigan bayonot;
9. Komissiya - [lot. commissio – topshirish; topshiriq, yumush] 1 Biror aniq vazifani bajarish yoki alohida maxsus chora-tadbirlar o'tkazish uchun tashkil etilgan organ; shunday ishlarga vakolati bo'lgan shaxslar guruhi.
10. Yurisdiksiya - [lot. jurisdictio – sud qilish, sud jarayoni] 1 Huquqiy masalalarni hal qilish, sudlov ishlarini olib borish huquqi. 2 Muayyan davlat organi vakolatlari doirasidagi huquq sohasi.
Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. H. Odilqoriyev, N. Azizov, X. Madirimov “Davlat va huquq tarixi” Toshkent 2012

  2. Karimov I.A Biz tanlagan yoʻl- demokratik taraqqiyot va maʼrifiy dunyo bilan hamkorlik yoʻli 2003 B-19

  3. Joʻrayev, Fayzullayev Mustaqil Oʻzbekiston tarixi B27

  4. Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining majlislari.Sentabr xisoboti 1998

  5. Karimov.I.A Oʻzbekiston mustaqillikka erishish ostonasida 2011 B-147

  6. Narzulla Joʻrayev, Akbar Zamonov 11-sinf Oʻzbekiston tarixi Toshkent 2018

  7. Shuhrat Ergashev, Jamshid Abdullayev 10-sinf Oʻzbekiston tarixi Toshkent 2017

  8. Q. Rajabov A.Zamonov 10-sinf Jahon tarixi Tosh2017


Download 27,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish